Mateus Nunes: O'ng qanot himoyachisi pozitsiyasini qabul qilishim qiyin kechdi
Manchester Siti yarim himoyachisi Mateus Nunes o'zi uchun noodatiy bo'lgan qanot himoyachisi pozitsiyasida o'ynash haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Mateus Nunes o'ziga notanish bo'lgan qanot himoyachisi pozitsiyasida o'ynash haqida fikr bildirdi:
O'ng qanot himoyachisi men uchun noqulay pozitsiya edi, men u yerda o'ynashni xohlamasdim, chunki buni o'zim qabul qila olmasdim.
Do'stlarimga doim: "Men qanot himoyachisi emasman, men qanot himoyachisi emasman", deb aytardim. Ular esa har doim: "Yo'q, lekin sen u yerda juda yaxshi o'ynayapsan, juda yaxshi o'ynayapsan", deyishardi.
Jamoadoshlarim Bernardu va Ruben ham meni tinmay qiynashardi, ular doim miyamga o'rnashib olishgandi: "Sen u yerda yaxshi eding, sen u yerda yaxshi eding. Buni qabul qilishing kerak".
Men esa: yo'q, yo'q, yo'q, yo'q, yo'q, yo'q, yo'q, yo'q, yo'q, yo'q. Doim shunday. Lekin ha, qaysidir pallada odamlarning gapiga quloq solishing kerak. Buni butun umr inkor qilib bo'lmaydi. Agar shunday qilganimda, balki o'z imkoniyatimni qo'ldan boy bergan bo'lardim.