Chelsi Aleks Skott uchun yangi taklif tayyorlamoqda
"Chelsi" Aleks Skottni qo'lga kiritish uchun "Bornmut"ga 90 million funtgacha bo'lgan yangi taklif bilan chiqmoqchi.
❗️"Chelsi" Aleks Skottni tarkibiga qo'shib olish uchun navbatdagi urinishni amalga oshirishga tayyorlanmoqda.
80 million funt sterling va bonuslar ko'rinishidagi taklif umumiy summani 90 million funtga yaqinlashtirishi mumkin. Bu esa "Bornmut" klubini o'z qarorini qayta ko'rib chiqishga majbur qilishi mumkin.