Malik Fofana uchun kurash boshlandi
«Kristal Pelas» va «Sanderlend» «Lion» vingeri Malik Fofanani o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Pete O'Rourke xabariga ko'ra, «Kristal Pelas» hujum chizig'ini kuchaytirish maqsadida «Lion» vingeri Malik Fofanani transfer qilish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
«Sanderlend» ham Fofanaga qiziqish bildirmoqda. Futbolchi bungacha «Xall Siti»ga o'tish taklifini rad etgan.