Gary Nevill va Jeymi Karrager o'rtasidagi bahs: Haverts va Firmino solishtiruvi
Sky Sports studiyasida Gari Nevill va Jeymi Karrager Kay Haverts hamda Roberto Firminoning o'yin uslubi va darajasi haqida bahslashishdi.
Sky Sports studiyasida "Arsenal" va "Chelsi" o'rtasidagi uchrashuv oldidan muhokama bo'lib o'tdi.
Nevill: "Haverts – yaxshi futbolchi, juda yaxshi, lekin u himoyachilarni o'lim darajasida qo'rqitadiganlardan emas".
Karrager: "Axir Firmino Muhammad Salohga xalaqit bermasdi-ku..."
N: "Yo'q, yo'q, yo'q. Iltimos, iltimos, iltimos, Firminoga va uning qanday futbolchi bo'lganiga nisbatan hurmatsizlik qilmang. U ajoyib edi. U Mane va Salohni to'ldirib turardi. Uning roli juda muhim bo'lgan".
K: "Unda nima uchun Haverts xuddi shunday rolni bajara olmaydi?"
N: "Men Havertsni umuman hech qanday jihatdan Firmino darajasidagi futbolchi deb hisoblamayman".