Real Madrid futbolchilari Xausen va Ryudiger "Fiorentina"ga qarshi o'rtoqlik o'yinida ishtirok etishmaydi.
Cope xabariga ko'ra, Xausenda o'ng oyog'ida kichik mushak zo'riqishi kuzatilgan, shu sababli u «Fiorentina»ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini (1 avgust) o'tkazib yuboradi. Biroq, himoyachidagi noqulaylik jiddiy xarakterga ega emas.
Ryudiger esa «Madrid» bilan bo'lajak uchrashuvga yo'l olmadi, chunki u jamoa bilan mashg'ulotlarni endigina boshladi.
Din Xausen "Real Madrid"da 4-raqamni tanlagani va bu raqamning afsonaviy tarixi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Din Xausen ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida "Real Madrid"dagi 4-raqam haqida fikr bildirdi:
Men doim "Madrid"da 4-raqam egasi bo'lishni orzu qilganman. Bolaligimdan Ramos mening kumirim edi. U ham 4-raqamda o'ynagan, "Madrid" va jahon futboli afsonasi hisoblanadi. Hali ham SR4 yozuvi tushirilgan butsalarda o'ynaganim yodimda, chunki men aynan u kabi bo'lishni xohlardim.
Avvallari "Real Madrid"da 4-raqam ostida Yerro ham to'p surgan, u ham klub va jahon futboli afsonasi. Men uchun bu yanada o'zgacha ahamiyatga ega, chunki u ham men kabi Malagadan.
4-raqamda boshqa bir afsona ham harakat qilgan va u bilan bir kiyim almashtirish xonasini baham ko'rish men uchun sharaf edi. Shubhasiz, Alaba faoliyatim davomida uchratgan eng yaxshi jamoadoshlar va insonlardan biri. U doimo tinmay mehnat qildi hamda o'z tajribasi va yetakchiligi bilan yordam berishga tayyor edi.
"Real Madrid", prezident, murabbiy, futbolchilar va ushbu buyuk klubning barcha muxlislariga minnatdorchilik bildirmoqchiman. 4-raqam afsonalarga boy tarixga ega ekanligini bilaman. Umid qilamanki, o'z tariximni yoza olaman va bir kun kelib meni "Madrid" libosiga hamda ushbu raqamga munosib deb topishadi.
Shu bois, har kuni mashg'ulotda bo'ladimi yoki o'yinda, bor kuchimni berishga va'da beraman. Rahmat. Din Xausen №4. Hala Madrid🤍