«Komo» «Kalyari»ni 2:0 hisobida mag'lub etdi. Yan Kouto ikkita golli uzatmani amalga oshirdi, Xakobo Ramon va Lukas Da Kunya gol mualliflariga aylanishdi.
«Komo» o'z maydonida «Kalyari»ni ishonchli hisobda mag'lub etdi. Uchrashuv 2:0 hisobida yakunlandi.
Eurosport yozishicha, har ikkala gol ham o'ng qanotdan Yan Kouto tomonidan uzatilgan to'plardan so'ng, bosh bilan urilgan: 24-daqiqada Xakobo Ramon, 56-daqiqada esa Lukas Da Kunya hisobni ochdi va orani kengaytirdi.
Ushbu g'alabadan so'ng «Komo» 26 ochko jamg'arib, vaqtincha turnir jadvalida to'rtinchi o'ringa ko'tarilib oldi.
AS Monaco Konferensiyalar ligasida "Nordshelland"ni mag'lub etib, g'alabali seriyasini davom ettirdi. Takumi Minamino safga qaytdi.
AS Monaco 2:0 hisobida g'alaba qozondi!
Katta qarshiliksiz "Nordshelland"ni mag'lub etdik va Konferensiyalar ligasida ochkolarimizni 9 taga yetkazib oldik!
Raqib butun o'yin davomida darvoza tomon aniq zarba yo'llay olmadi, rostini aytsam, "Nordshelland"dan biroz qiziqarliroq o'yin kutgandim.
Ammo bunday o'yinda ham quvontiradigan jihat - Taki'ning ajoyib qaytishi! Yaponiyalik futbolchi allaqachon sport formasini tiklab olayotgani ko'rinib turibdi, aytgancha, Minamino yaqinlashib kelayotgan o'yinlar uchun o'z terma jamoasiga chaqirildi. Barchani g'alaba bilan tabriklayman! DAGHE MUNEGU!
Strasbourg o'z uyida Auxerre ustidan 5:1 hisobida g'alaba qozondi. Bosh murabbiy Ugo Oliveyra o'yin haqidagi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
Strasbourg o'z uyida Auxerre ustidan 5:1 hisobida yirik g'alabaga erishdi.
Jamoa bosh murabbiyi Ugo Oliveyra g'alabadan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi va jamoani uzoq kutilgan muvaffaqiyatdan so'ng xotirjamlikni saqlashga chaqirdi.
Men muxlislar uchun xursandman — ular bunday lahzaga loyiq edilar. Qiyin haftadan va omadsiz natijalardan so'ng biz yaxshi o'yin o'tkazdik, o'yinni nazorat qildik va hissiy muvozanatni saqlab qoldik.
Shu bilan birga, murabbiy haddan tashqari xursandchilikka berilmaslikka chaqirdi:
Biz g'alaba qozonganimizda, hammasi ham ideal bo'lmaydi. Mag'lub bo'lganimizda esa, hammasi yomon emas. Bu rivojlanish jarayoni — o'zimizga ishonishda davom etish va ko'p ishlash kerak.
Oliveyra alohida ta'kidlashicha, Racing uy uchrashuvlaridagi ishonchni safar o'yinlariga ham ko'chira olishi kerak. Uning so'zlariga ko'ra, jamoa stadiondan qat'i nazar, o'yin davomida bir xil kayfiyat va barqarorlikni saqlab qolishi shart.
Parijliklar «Lion»ni mag'lub etib, turnir jadvalida peshqadamga aylanishdi. Uchrashuv qahramoni Mika Godts bo'ldi, eng yaxshi futbolchi esa Vitinya.
Parijliklar o'z maydonlarida «Lion» ustidan ishonchli g'alabaga erishishdi! Bu g'alaba jamoani turnir jadvalida birinchi o'ringa olib chiqdi.
Uchrashuv qahramoni – Mika Godts! Belgiyalik futbolchi 1+1 natijasini qayd etdi: 72-daqiqada Mayulu uning uzatmasidan so'ng gol urgan bo'lsa, 84-daqiqada Godtsning o'zi Jantu uzatmasidan keyin hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirdi. Shunga qaramay, uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb Vitinya tan olindi.
Ici c'est Paris!
Parijliklar navbatdagi o'yinni 30 oktyabr kuni soat 21:00 da «Gav»ga qarshi o'tkazishadi.
Paris SG va Paris FC o'rtasidagi bahs 2:3 hisobida yakunlandi. Mayulu, Dezire va Torres gol urdi, Dua esa jarohat oldi.
Og'ir o'yin, noaniq his-tuyg'ular... Ammo bu g'alaba emas, mag'lubiyat!
Mayulu penaltidan kattalar darajasidagi ilk golini urdi, Dezire ham o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi, shuningdek, Torresning golsiz seriyasi barham topdi!
94-daqiqada Safonov darvozani qutqarib qoldi, biroq baribir gol o'tkazib yubordik... Zabarniy himoyasidan o'tib ketishdi.
Dua jarohati barchasini soyada qoldirmoqda... Klubning rasmiy bayonotini kutamiz!
Keyingi o'yinni UEFA Chempionlar ligasida «Roma»ga qarshi o'tkazamiz – 25.11 kuni Toshkent vaqti bilan 23:00 da!
Liga 2 doirasidagi bahsda Parij FK mehmonda Oserni mag'lub etdi. Yagona gol muallifi - Lassin Sinayoko.
Oser 0 — 1 Parij FK | 63’ L. Sinayoko
👔 Birinchi bo'limning dastlabki qismi «Oser» nazoratida o'tdi, biroq mezbonlarning goli bekor qilingach, parijliklar tashabbusni o'z qo'llariga olishdi, hujumga o'tib, birinchi bo'lim oxirida zarbalar yo'llashdi.
⚽️ Ikkinchi bo'limda ko'plab urinishlardan so'ng, Sinayoko Pajisning uzatmasidan keyin to'pni o'ng burchakka yo'llab, minimal hisobdagi g'alabani ta'minladi. Garchi Koleosho 2 ga 1 vaziyatni golga aylantira olganida hisob yanada yirikroq bo'lishi mumkin edi. Umuman olganda, himoyadagi deyarli eng yaxshi o'yin: Otavio, Koppola, Traore, Trapp va Matondo (o'zi uchun odatiy bo'lmagan pozitsiyada) ajoyib harakat qilishdi.
Endi terma jamoalar o'yinlari uchun ikki haftalik tanaffus bo'ladi va undan so'ng Stefan Gili (Parij FK sobiq murabbiyi) boshqaruvidagi «Anje»ga qarshi uchrashuv kutib turibdi (22.11).
Yevropa ligasi doirasidagi bahsda «Lion» safarda «Real Sosedad» bilan durang o'ynadi. Xorxe Masiel shogirdlari ikkinchi bo'limda hisobni tenglashtirishdi.
Bugungi o'yinda ochkolarni bo'lishib oldik 🤝
Birinchi bo'limdan so'ng hisobda ortda qolayotgan Xorxe Masiel shogirdlari ikkinchi bo'limda xarakter ko'rsatib, hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'lishdi. Yakunda «Lion» San-Sebastyandan bir ochko bilan qaytmoqda 👊🔴🔵