Mauritsio Sarri "Atalanta" bosh murabbiyi sifatidagi ilk matbuot anjumanida jamoa taktikasi, transferlar va kelgusi maqsadlari haqida gapirdi.
😎 Mauritsio Sarrining "Atalanta" bosh murabbiyi sifatidagi ilk matbuot anjumanidan asosiy bayonotlar:
🗣 Yangi mavsum haqida:
"Yaxshi mavsumni kutyapman. Yaxshi natijalarga erishish uchun barchamizda imkoniyat bor, ammo hali ko'p ishlashimiz kerak. Sport direktori mening futbol falsafamni biladi va qanday o'yinchilarni ko'rishni istayotganimni tushunadi. Tarkib sifati allaqachon yuqori, transfer bozorida nimalar bo'lishini esa ko'ramiz".
🗣 "Atalanta"ga o'tishi haqida:
"Klubga bildirgan ishonchi uchun minnatdorchilik bildiraman. Stadion, muhit va ish tashkil etilishi meni hayratda qoldirdi. Ha, mening falsafam biroz farq qiladi, lekin eng muhimi — "Atalanta" sifatli futbol o'ynashi kerak. Men har kuni astoydil mehnat qiladigan jamoani ko'rishni istayman".
🗣 Taktika haqida:
"Biz Samardjichni yangi pozitsiyada sinab ko'ryapmiz. Raspadori haqida ham o'ylayapman — u bilan "Latsio"da ishlagan paytlarimdan buyon ishlashni xohlaganman. Shuningdek, tarkibimizda Kristovich va Skamakka kabi juda sifatli hujumchilar bor. Asosiy sxema — 4-3-3, ammo 4-2-3-1 variantlari ham bo'lishi mumkin. Tarkib to'liq shakllangach, vaziyat yanada oydinlashadi".
🗣 Djanluka Gaetano haqida:
"Bu sport direktoridan ajoyib sovg'a".
🗣 Djanluka Skamakka haqida:
"U juda kuchli hujumchi, ammo bundan ham ko'proq narsaga qodir. Bizning vazifamiz — uni eng yuqori darajaga olib chiqish".
🗣 Ederson haqida:
"U biz bilan qoladi. Meni eng ko'p uning ruhiy holati xavotirga solayotgan edi, ammo u "Atalanta"da qolishga bo'lgan katta istagini ko'rsatdi. U jamoaning asosiy o'yinchilaridan biriga aylanadi".
🗣 Kolashinats va himoya haqida:
"Kolashinats, shuningdek, Axanor va Bernaskoni kabi juda muhim o'yinchi bo'ladi. Biz ba'zi o'zgarishlarni amalga oshiramiz, ayniqsa qanot markaziy himoyachisi pozitsiyasida".
🗣 Yoshlar haqida:
"Transfer oynasi yopilgandan so'ng vaziyatni baholaymiz, ammo hozirning o'zida ayta olamanki, U23 jamoasining ayrim o'yinchilari A Seriyada o'ynashga tayyor".
🗣 Maqsadlari haqida:
"Men "Atalanta" bilan sovrin yutmoqchiman. Ammo maqsad sari yo'l ba'zan maqsadning o'zidan ham muhimroq. Umid qilamanki, birgalikdagi safarimiz buyuk bo'ladi".
Manchester United Ederson transferidan voz kechdi. Klub endi Manu Kone va Joao Gomes variantlarini ko'rib chiqmoqda.
ESPN va CNN Portugal xabariga ko'ra, Manchester United klubi Ederson transferi bo'yicha kelishuvni qayta ko'rib chiqdi va boshqa maqsadlarga o'tishga qaror qildi.
Hozirda klub ro'yxatida Manu Kone va Joao Gomes kabi nomzodlar mavjud.
Manchester Yunayted Atalanta yarim himoyachisi Edersonning transferi borasida ikkilanmoqda. Andrey Santos esa uning o'rnini bosuvchi sifatida ko'rilmayapti.
Daily Mail jurnalisti Kris Uilerning xabar berishicha, Andrey Santos Edersonning o'rnini bosuvchi futbolchi sifatida ko'rilmayapti. Bu ma'lumot klub ichidagi manbalardan olingan.
Atalanta yarim himoyachisi tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tsa, har ikki bitim ham amalga oshishi mumkin. Edersonning terma jamoa ixtiyoridagi dastlabki tibbiy ko'rigi klubda ma'lum shubhalarni uyg'otdi. Endi Manchester Yunayted transfer ustida ishlashda davom etish yoki bitimdan voz kechib, boshqa variantga o'tish masalasini hal qilishi kerak.
Yarim himoyachi Angliyada takroriy chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tmoqda, uning natijalari bitim yakunlanishiga ta’sir qilishi mumkin.
💎 Yarim himoyachi Angliyada takroriy chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tmoqda, uning natijalari bitim yakunlanishiga ta’sir qilishi mumkin.
💎 Sababi — braziliyalik futbolchining 2025/26-yilgi mavsumda olgan menisk jarohati. O‘shanda u taxminan bir oy maydondan chetda qolgandi.
💎 Bunday jarohatlar xavf omili hisoblanadi, ayniqsa APLdagi yuqori yuklamalarni hisobga olganda. «Yunayted» tibbiy shtabi futbolchining tizzasi holatini sinchkovlik bilan tekshirmoqda, shu bois AQShdagi dastlabki tibbiy ko‘rikdan so‘ng klub Angliyaning o‘zida yana bir bor tekshiruv o‘tkazishni talab qildi.
«Manchester Yunayted» Ederson transferini yakunlashdan oldin barcha tibbiy tasdiqlarni olish niyatida.
🗣️ Fabrizio Romano:
«Manchester Yunayted» Ederson transferini yakunlashdan oldin barcha tibbiy tasdiqlarni olish niyatida.
Ederson tibbiy ko‘rigining ikkinchi qismi shu hafta Angliyada bo‘lib o‘tadi. Klub bitimni rasmiylashtirishdan avval tekshiruvning yakuniy natijalarini kutmoqda».
Tele Radio Stereo xabariga ko'ra, Kone ketgan taqdirda «Roma» «Atalanta» yarim himoyachisi Edersonni o'z safiga qo'shib olishga harakat qiladi.
Tele Radio Stereo xabariga ko'ra, agar Kone sotib yuborilsa, «Roma» «Atalanta» yarim himoyachisi Edersonni o'z safiga qo'shib olishga urinib ko'radi. Braziliyalik futbolchi Kone transfer oynasi vaqtida «Trigoriya»ni tark etgan taqdirda muqobil variant bo'lishi mumkin. Ushbu transferga «Roma»ning amaldagi sport direktori Toni D'Amiko va futbolchi o'rtasidagi aloqalar ham ijobiy ta'sir ko'rsatishi mumkin, chunki aynan D'Amiko o'z vaqtida Edersonning «Atalanta»ga o'tishida asosiy rolni bajargan edi.
Bundan tashqari, Ederson o'zi avval ishlagan murabbiy Jan Pero Gasperini bilan qayta birlashishga qarshi emas. «Atalanta» agar 40-45 million yevro taklif qilinsa, transferni ko'rib chiqishi mumkin. «Roma» taklif berishga tayyor, biroq raqobat yuqori: «Nyukasl» ham yarim himoyachiga qiziqish bildirmoqda. Biroq, barchasi Kone bilan bog'liq vaziyatga bog'liq: faqat fransiyalik futbolchi ketgan taqdirdagina «jallorossi» yangi yarim himoyachini qo'lga kirita oladi.
Fabrisio Romano xabariga ko'ra, «Manchester Yunayted» Ederson transferi bo'yicha muzokaralarni to'xtatdi va kelishuv amalga oshmaydi.
🗣️ Fabrisio Romano xabariga ko'ra:
«Manchester Yunayted»ning Ederson transferiga qaytishini kutish kerak emas – bu yozda kelishuv aniq amalga oshmaydi. Muzokaralar o'tgan juma kuni uzil-kesil to'xtatilgan. Futbolchining o'zi esa «Atalanta»dan yangi shartnoma bo'yicha taklif olib ulgurdi».
Atalanta yarim himoyachi Ederson bilan shartnomani uzaytirmoqchi. Klub futbolchiga yaxshilangan shartlar asosida yangi bitim taklif qilmoqda.
Lucacerchione
💎 Atalanta Edersonga yillik maoshi 4 million yevro bo'lgan 4 yillik shartnoma taklif qilishga tayyor. Hozirda braziliyalik futbolchi yiliga 2,5 million yevro ishlab topmoqda.
"Manchester Yunayted" va "Liverpul" Joao Gomes uchun kurashga kirishdi. Mankunianliklar esa tibbiy ko'rikdan so'ng Ederson transferidan voz kechishdi.
"Manchester Yunayted" va "Liverpul" "Vulverxempton" bilan Joao Gomesning transferi borasida bog'lanishdi. Klublar futbolchining "Atletiko"ga o'tishi barbod bo'lganidan so'ng darhol faollashishdi.
Shu bilan birga, mankunianliklar Edersonni tarkibga qo'shib olishdan voz kechishdi – klub tibbiy ko'rik natijalaridan so'ng ushbu transferni to'xtatdi. (Ge)
Manchester United yarim himoyachi Manu Kone transferi uchun 50 million funt sterlingdan ortiq mablag' sarflashga tayyor.
TeamTalk xabariga ko'ra, Manchester United klubi Manu Kone transferi ustida ishlamoqda. Angliya klubi futbolchi uchun Roma talab qilayotgan 50 million funt sterlingdan ortiq mablag'ni to'lashga tayyor.
Qizil iblislar yarim himoya chizig'ini qayta qurishni maqsad qilgan. Atalantadan Edersonni 45 million yevro evaziga sotib olgan klub, A Seriyadagi navbatdagi iqtidorli futbolchi Koneni ham tarkibiga qo'shib olishni rejalashtirmoqda.