Benatia Longoriyani yolg'onchilikda aybladi
Mehdi Benatia klubdagi moliyaviy vaziyat va Pablo Longoriya bilan bog'liq kelishmovchiliklar haqida keskin fikrlar bildirdi.
Benatia yana bir intervyusida (bu nechanchisi ekanligini kim sanab o'tiribdi — 4 yoki 5?) o'zining hech qanday aloqasi yo'qligini ta'kidlab, barcha aybni sobiq xo'jayiniga to'nkamoqda:
«Roberto yanvar oyida bizda top-hujumchini sotib olish uchun 30 million yevro bo'ladi deb o'ylagan. O'shanda men unga: «Murabbiy, siz tushunmadingiz, biz 35 million yevro ishlab topishimiz kerak!» deganman. U esa menga: «Nima?! Axir menga bunday deyishmagan-ku!» deb javob berdi. Ha, menga ham bunday deyishmagan! Har holda, Longoriya menga yolg'on gapirdi. Buni televideniye orqali aytyapman: u menga yolg'on gapirdi. Albatta, u menga yolg'on gapirdi.
Yuqori maoshlarmi? «OM»da ular har doim bo'lgan. Agar yaxshi maosh taklif qilinmasa, futbolchi «OM»ga o'tmaydi. U senga xavfsizlik, uylardagi talonchiliklar, yana qandaydir «bilmayman nimalar» haqida gapiradi... Lekin Marselda yashash — bu shunchaki ajoyib. Londonda esa, sen Marseldagidan ko'ra ko'proq xavfsizlikdaman deb o'ylaysanmi?»