Bavariya bosh murabbiyi Vensan Kompani jamoasining so'nggi o'yindagi durang natijasi va yo'l qo'yilgan xatolar haqida fikr bildirdi.
Vensan Kompani durang haqida:
«Biz bu natija uchun aybdormiz. Biz o'yinni to'liq nazorat qildik, xuddi dam olish kunidagi o'yinda bo'lgani kabi. Shubhasiz, o'yinimizda ijobiy jihatlar bor edi va umuman olganda, biz unchalik yomon harakat qilmadik. Ammo biz diqqatni yo'qotish tufayli xatolarga yo'l qo'yishda davom etyapmiz va hal qiluvchi pallalarda yetarlicha oqilona qarorlar qabul qilmayapmiz. «Augsburg» bilan o'yinda biz sakkiz soniya o'tib gol o'tkazib yuborgandik, bugun esa bir yarim daqiqa ichida.
Burchak zarbasidan keyingi o'sha vaziyatda bizga darvozamiz oldidan qisqa paslar bilan o'ynash umuman shart emas edi. Balki, shunchaki oldinga tepib yuborish kerakmidi. Biz buni o'zimiz ham tushunib turgandik, ammo qaysidir ma'noda haddan tashqari o'zimizga ishonib yubordik. Hozir shunday tuyg'u kelyaptiki, raqiblarimiz yaratgan har bir vaziyat gol bilan yakunlanyapti. Ammo bu bahona emas, chunki aynan biz o'zimiz bunday vaziyatlar uchun sharoit yaratyapmiz»
Herbert Xayner Manuel Noyer, Yonas Urbig, Maykl Olise va Harri Keynning «Bavariya»dagi kelajagi haqidagi savollarga javob berdi.
✨🎤 Herbert Xayner Manuel Noyerning «Augsburg»ga qarshi o'yindagi xatosi haqida:
«Bu, albatta, omadsiz holat edi. Manuel Noyer dunyodagi eng yaxshi darvozabonlardan biri bo'lib qolmoqda. U bizga ko'plab o'yinlarda ochko keltirgan. Kechagi kabi xatolar har doim yuz berishi mumkin. Men ishonamanki, bu uning yoshiga bog'liq emas, bunday holat u 20 yoshida ham sodir bo'lishi mumkin edi. U buni yengib o'tadi va biz u bizning safimizda ekanligidan xursandmiz»
✨🎤 Xayner Yonas Urbig allaqachon Manuel Noyerning o'rnini egallashi kerak deb hisoblaydiganlar haqida:
«Avvalo, shuni aytishim kerakki, sport direktorligimiz ajoyib ish bajardi. Biz eng yaxshi yosh darvozabonlardan birini — Yonas Urbigni imzoladik. U o'yin amaliyotiga ega bo'lmoqda, Manuel Noyer bilan ajoyib uyg'unlikka ega. Yonas allaqachon Germaniya terma jamoasi safida ilk o'yinlarini o'tkazdi. Ishonchim komilki, u «Bavariya» va Germaniya uchun birinchi raqamli darvozabon bo'ladi. Kelgusi hafta va oylarda nimalar bo'lishini ko'ramiz. Klub har ikki darvozabon bilan ham muzokaralar olib bormoqda. Ishonchingiz komil bo'lishi mumkinki, biz vaziyatni a'lo darajada hal qilamiz. Biz Yonas Urbig o'tgan mavsumdagiga qaraganda ko'proq o'yinlarda maydonga tushishi borasida kelishib olganmiz»
❓ Ba'zi odamlar Maykl Olise «Bavariya»dan keyingi qadamni qo'yishi kerakligini, chunki Bundesliga u kabi o'yinchi uchun «juda kichik» ekanligini aytishmoqda. Bu haqda nima deb o'ylaysiz?
✨🎤 Herbert Xayner:
«Avvalo, shuni aytishim kerakki, biz Maykl Olise bizning safimizda ekanligidan juda xursandmiz. U dunyoning eng yaxshi o'yinchilaridan biriga aylandi. Ishonchim komilki, bir kun kelib u «Oltin to'p»ni yutishi mumkin, balki bu yil ham. U bizda o'zini juda qulay his qilmoqda. U biz bilan sovrinlar yutishi va xalqaro miqyosda eng yuqori darajada futbol o'ynashi mumkin. Biz UEFA Chempionlar ligasi yarim finaliga qadar yetib bordik va Parijga qarshi ajoyib o'yinlar o'tkazdik. Aynan u xohlagan narsa shu. Yozda «Real Madrid»ga o'tishi haqidagi mish-mishlarga kelsak, shuni ayta olamanki: «Bavariya» — bu o'yinchilarni sotishga majbur bo'lmaydigan klub, biz kuchli pozitsiyadan turib qaror qabul qilamiz. Olise bilan 2029-yilgacha mo'ljallangan shartnoma bor va umid qilamanki, u buni uzaytiradi»
✨🎤 Xayner Harri Keynning kelajagi haqida:
«Men juda optimistikman, Yan Dreezen va direktorlar kengashimizdan bilamanki, muzokaralar juda yaxshi ketmoqda. Harri va uning oilasi Myunxenda o'zlarini juda qulay his qilishmoqda. Juda optimistikman, bu ish yaqin vaqt ichida yakunlanadi»
❓ Ishlarning cho'zilishiga sabab u 3 yillik shartnoma xohlayotgani, «Bavariya» esa faqat ikki yil taklif qilayotgani rostmi?
✨🎤 Xayner:
«Yo'q, umuman unday emas. Gap ko'plab tafsilotlar haqida ketmoqda. Tasvir huquqlari, shaxsiy huquqlar va h.k. Biz bu tafsilotlarni aniqlashtirib olamiz. Gap shartnoma muddati yoki shunga o'xshash narsalarda emas»
❓ Agar «Manchester Siti» turnirdan chetlatilsa, Xoland «Bavariya» uchun variant bo'lishi mumkinmi? Siz avvalroq u bilan qiziqqan edingiz...
✨🎤 Xayner:
«Bizda Keyn, Olise, Dias va boshqalar bilan ajoyib hujum chizig'i bor. O'tgan mavsumda 120 tadan ortiq gol urdik. Shuning uchun hujumda juda yaxshi jamlanganmiz deb o'ylayman»
❓ Balki kelajakda, Keyndan keyin?
✨🎤 Xayner:
«Agar bir necha yildan keyingi kelajak haqida gapiradigan bo'lsak, u holda yangi vaziyat yuzaga keladi va biz ko'ramiz»
Manuel Noyer «Augsburg»ga qarshi o'yinda o'tkazib yuborilgan ikkinchi gol va jamoasining himoyadagi xatolari haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Manuel Noyer «Augsburg»ning ikkinchi goli faqat uning xatosi bo'lgan deb hisoblamaydi:
«Bu men qaytara olmagan kuchli zarba edi. Men to'pni yon tomonga qaytardim, ammo keyin biz yana o'yinchini qo'ldan chiqardik va u to'pni bemalol darvozaga yo'lladi».
Sardor asosiy xato avvalroq, pressing yo'qligi sababli sodir bo'lgan deb hisoblaydi:
«Augsburg» markaziy himoyachisi to'p bilan bizga qarshi hech qanday qarshiliksiz o'tib kela oldi».
Bavariya bosh murabbiyi Vensan Kompani o'tgan o'yin va jamoaning yo'l qo'ygan xatolari haqida fikr bildirdi.
Vensan Kompani:
«Oson safar o'yinlari bo'lmaydi. Bizda juda ko'p imkoniyatlar bo'ldi. Aslida bunchalik ko'p vaziyat bo'lishini kutmagandik. 29 ta zarba, ofsayddan urilgan to'rtta gol. Biz ikkita xatoga yo'l qo'ydik va bu ikkita golga aridi. Futbolda shunday bo'lib turadi. Albatta, g'alaba qozonmaganimiz uchun xursandman deb ayta olmayman. O'ylaymanki, biz ko'proq gol urishga loyiq edik.
Ammo shunday ikkita xatoga yo'l qo'yganingda, g'alabaga loyiq edik deb ham ayta olmaysan, buni yigitlarga ham aytdim. Ofsayddan urilgan gollar bilan bu xuddi amerikacha attraksiondek bo'ldi, lekin yigitlar xarakter ko'rsatishdi va kurashishda davom etishdi. Keyingi o'yinga intilishimiz kerak».
Manuel Noyerning birinchi goldagi xatosi haqida:
«Albatta, yaxshiroq boshlashni istagandik. Futbolni yetarlicha o'ynaganman va bunday holatlar bo'lib turishini bilaman, buni o'zgartirib bo'lmaydi. Muhimi, shundan keyin qanday munosabat bildirishingda. Manu yetarlicha tajribali.
U shunchaki davom etishi va qanchalik yaxshi ekanligini ko'rsatishi kerak. U buni qiladi. Lekin biz boshqa tomonda ham ko'plab vaziyatlarni boy berganimizni unutmasligimiz kerak».
Luis Diasning goli bekor qilingani haqida:
«Ofsayd — bu ofsayd. Hamma narsani boridan ham murakkablashtirishimiz shart emas. Ha, o'sha vaziyatda bu holatlar bir-biri bilan bog'liq deb o'ylamagan edim. Bu detallar va millimetrlar hal qiladigan kun edi.
Shuningdek, ayrim vaziyatlarda o'zimiz aybdormiz. Tomoshabinlar uchun ajoyib o'yin bo'ldi. Muxlislarimiz 6 marta golni nishonlashdi, lekin atigi ikkitasi hisobga olindi. Bu hissiyotlarga boy o'yin bo'ldi».
Yonas Urbig seshanba kuni «Viking»ga qarshi o'yinni boshlashi mumkinmi?
Kompani:
«Hozircha bu haqda hech narsa demayman. Endigina o'ynadik. E'tibor faqat «Augsburg»da edi. Keyingi o'yin haqida ko'ramiz».
«Bavariya» boshqaruvchisi Yan-Kristian Dreezen Bundesligadagi raqobat jamoa uchun nima sababdan muhim ekanligini tushuntirdi.
✨ Yan-Kristian Dreezen «Bavariya» o'zini yaxshi holatda saqlab qolish uchun ligada raqobatga muhtoj ekanligini ta'kidladi:
Konkurensiya biz uchun haqiqatan ham foydali va bizga ligada chaqiriq kerak. Pep Gvardiolaning bizdagi davrini yaxshi eslayman, 2015-yilda «Augsburg»ga qarshi o'ynagan edik. Qaysi tur ekanligini aniq eslay olmayman, lekin biz Chempionlar ligasi yarim finaliga chiqib bo'lgandik — va u «Augsburg»ga qarshi zaxira tarkibini maydonga tushirdi. Biz, albatta, yutqazdik — va Chempionlar ligasi yarim finalida ham mag'lub bo'ldik. Menimcha, bu bunday ishlamaydi. Menimcha, buni bu tarzda hisoblab chiqishning iloji yo'q. Shuningdek, o'yinchilar aynan cho'qqi formada bo'lishi va Chempionlar ligasida 100 foiz imkoniyatini ko'rsata olishi uchun yuklamalarni shunchalik aniq sozlab bo'ladi deb o'ylamayman. Shuning uchun raqobat biz uchun foydali. U bizni yanada yaxshiroq o'ynashga undaydi.
✨ Jamol Musialaning kechagi qaytishi haqida:
Jamol juda yaxshi mashg'ulot o'tkazdi. Vensan uni tarkibga kiritgani va hatto o'yin vaqti bergani juda ajoyib deb o'yladim. U o'yin taqdiri hali hal bo'lmagan bir paytda uni zaxiradan maydonga tushirdi, bu esa unga qanchalik ishonishini ko'rsatadi. Klubdagi barchamiz Jamolni qo'llab-quvvatlash uchun qo'limizdan kelganini qilmoqdamiz.
Vensan Kompani Maykl Olisening qizil kartochkasi va jamoaning so'nggi o'yinlardagi xatolari haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
💭⚽️ Kompani Maykl Olise olgan qizil kartochka haqida:
«U xatoga yo'l qo'yganini biladi. U bo'lib o'tgan voqeadan afsusda ekanligi va jamoani uyaltirib qo'yganidan pushaymonligi ko'rinib turibdi. Bu mutlaqo normal holat — bunday narsalar sodir bo'lib turadi. Bugun final yoki yarim final emasdi, lekin aynan shunday lahzalar mavsum uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lishi mumkin.
Men unga raqib uni aldab o'tganini aytdim. Raqibingizdan ancha ustun bo'lganingizda, ba'zida shunchaki o'z o'yiningizni o'ynashingiz va keraksiz vaziyatlarga aralashib qolmay, eng yaxshi jamoa bo'lishga e'tibor qaratishingiz kerak. Endi buni o'zgartirib bo'lmaydi. Umid qilamanki, biz bunga saboq olgan lahza sifatida qaray olamiz».
Maykl — raqiblar doimo provokatsiya qiladigan o'yinchi, ammo bu oqlash uchun sabab emas. Bu 100% uning aybi. U buni o'zi ham biladi. Individual qarorlar qabul qilganingizda, g'alabaga loyiqman deb ayta olmaysiz, garchi mening nazarimda, biz yaxshi o'yin ko'rsatgan bo'lsak ham. Biz g'alabaga loyiq emasdik, chunki bo'lmasligi kerak bo'lgan xatolarga yo'l qo'ydik.
«Murabbiy sifatida siz har doim javobgarsiz. Men ham o'yinchilarim tomonidan yo'l qo'yilgan individual xatolar uchun javobgarlikni o'z zimmamga olaman».
Ushbu ikki o'yinda [«Augsburg» va «Viking»], energiya yaxshi edi, futbolimiz tezkor bo'ldi, biz juda ko'p vaziyatlar yaratdik.
Ammo muammo biz o'tkazib yuborayotgan vaziyatlarda — men uchun bu g'alabaga loyiq ekanligingizni aytish uchun yetarli emas. Biz maydonda reaksiya ko'rsatishimiz kerak va bu eng muhimi.
Herbert Xayner Manuel Noyerning «Augsburg»ga qarshi o'yindagi xatosiga munosabat bildirdi va darvozabonni qo'llab-quvvatladi.
Gerbert Xayner Manuel Noyerdagi «Augsburg»ga qarshi o'yindagi xatosi haqida:
Albatta, bu juda achinarli holat bo'ldi. Manuel Noyer dunyoning eng yaxshi darvozabonlaridan biri bo'lib qolmoqda. U bizga ko'plab o'yinlarda ochkolar keltirgan. Kechagi kabi xatolar har kimning boshiga tushishi mumkin. Men bunga uning yoshi hech qanday aloqasi yo'qligiga ishonchim komil — bunday holat u 20 yoshida ham sodir bo'lishi mumkin edi. U buni yengib o'tadi va biz u bizning safimizda ekanligidan xursandmiz.
Uli Xyeness xalqaro tanaffuslar, Manuel Noyyer va Nataniyel Braunning o'yini haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Uli Xyeness xalqaro tanaffus muddatlarini tanqid qildi:
Biz uzoq davom etgan jahon chempionatidan eng ko'p aziyat chekdik. O'yinchilarimiz kech qaytishdi, keyin esa Bundesliga 25-avgustda boshlandi. UEFA tomonidan mavsum boshlanganidan atigi 4 hafta o'tib ikki haftalik tanaffus tashkil etilganini men falokat deb hisoblayman. Bizning 18 nafar o'yinchimiz terma jamoalarga ketishdi, shuning uchun ritmni yo'qotish mutlaqo tabiiy hol.
Klublar nihoyat o'z manfaatlarini himoya qilishlari kerak, chunki biz o'yinchilarga maosh to'laymiz, ularning milliy terma jamoalari emas. Va bu Millatlar ligasi kabi ahmoqona musobaqa uchun. Bu yilning eng katta hazili!
Manuel Noyyerning «Augsburg»ga qarshi o'yindagi xatosidan keyin uning vaqti o'tib bo'ldimi?
Uli Xyeness:
Yo'q, aslo. Hammaga vaqti-vaqti bilan xato qilishga ruxsat berilgan. Yozua Kimmix atrofidagi bahslarni esa mutlaqo asossiz deb bilaman.
Hozir shunchalik ko'p maqtovga sazovor bo'layotgan o'yinchilar, avvalo, o'z klublarida asosiy tarkib futbolchisiga aylanishlari kerak.
Xyeness Nataniyel Braun haqida:
U ko'plab pozitsiyalarda, hatto hujumchi ortida ham o'ynay olishini ko'rsatdi. Aslida, uni Alfonso Devisga zaxira sifatida chap qanot himoyachisi sifatida olishgan edi, Devis esa tobora yaxshiroq o'ynamoqda.
U [Braun] o'ng qanot himoyachisi pozitsiyasida [«Augsburg»ga qarshi] o'ynadi va hal qiluvchi golni urdi. O'ylaymanki, u bilan hali ko'p quvonchli damlarni boshdan kechiramiz.
Manuel Noyer «Augsburg»ga qarshi o'yindagi xatosi va jamoaning o'yini haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Manuel Noyer o'yindan so'ng:
Bu mening ahmoqona xatoim edi. To'pni chap tomonga qo'yishim kerak edi, chunki o'ng tomonda ikki nafar futbolchi menga bosim o'tkazayotgandi. Keyin yechim topishga urindim. Ammo shunchaki boshqacha qaror qabul qilishim kerak edi.
Gol o'tkazib yuborganimdan keyin avvalo o'zimni qo'lga olishim, chuqur nafas olib, buni unutishim kerak edi. Albatta, umid hali ko'p edi, chunki bu bor-yo'g'i birinchi daqiqa edi. Bizda o'yin borishini o'zgartirish uchun hali imkoniyat bor edi.
Bizda imkoniyatlar bo'ldi, lekin afsuski, ulardan foydalana olmadik. Shuningdek, ofsayd bilan bog'liq ba'zi bahsli qarorlarda omadimiz kelmadi. Bu ko'pchiligimiz avval boshdan kechirmagan o'yin bo'ldi. Bunchalik ko'p gol urib, keyin ularning bekor qilinishini ko'rish juda g'alati edi.
Noyer ikkinchi gol o'tkazib yuborilgan vaziyatda faqat o'zini aybdor deb hisoblamaydi. Xato pressing yo'qligida edi:
Bu men qaytara olmagan kuchli zarba edi. Men uni yon tomonga qaytardim, keyin esa yana kutilmaganda hujumga uchradik va u to'pni darvozaga yo'lladi. Markaziy himoyachi [«Augsburg»] bizga qarshi hech qanday qarshiliksiz yugurib kela oldi.
Augsburg himoyachisi Hennes Berens shanba kungi bahsda Maykl Olisega qarshi qanday o'ynash kerakligi haqida gapirdi.
✨🎤 "Augsburg" va Germaniya terma jamoasi chap qanot himoyachisi Hennes Berens shanba kungi Maykl Olise bilan to'qnashuv haqida fikr bildirdi:
"Men uning o'yinini maksimal darajada qiyinlashtirishga va u uchun haqiqiy boshog'riq bo'lishga harakat qilaman. U bilan juda ehtiyotkor bo'lish kerak, chunki u yakkama-yakka vaziyatlarda juda kuchli va yaxshi zarbaga ega. Ammo uni yolg'iz to'xtatib bo'lmaydi. Biz hammamiz jamoaviy tarzda yaxshi himoyalanishimiz va bir-birimizga yordam berishimiz kerak"