Omari Xatchinson «Milan» futbolchisiga aylandi
«Milan» klubi Omari Xatchinson transferini rasman e'lon qildi. Futbolchi yangi jamoasida 20-raqam ostida o'ynaydi.
«Milan» Omari Xatchinson transferini rasman e'lon qildi.
Xatchinson — chap oyoqda harakatlanuvchi hujumkor qanot futbolchisi, shuningdek, Angliya o'smirlar terma jamoalarida ham o'ynagan. 2025-yil iyun oyida u Angliya yoshlar terma jamoasi (U-21) tarkibida Slovakiyada o'tkazilgan Yevropa chempionatida g'olib chiqqan.
«Milan» safida Omari Xatchinson 20-raqam ostida to'p suradi.