Mixael Raysiger: Ayub Ufkirning ketishi biz uchun kutilmagan hol bo'ldi
Niderlandiya yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Mixael Raysiger Ayub Ufkirning Marokash terma jamoasini tanlagani haqida fikr bildirdi.
Mixael Raysiger Ayub Ufkirning Niderlandiya yoshlar terma jamoasidan ketishi bilan bog'liq vaziyatga izoh berdi.
Biz uchun bu yoqimsiz kutilmagan hol bo'ldi. Ayniqsa, Ayub bilan gaplashganimizni va u bizga ishonch bildirib, so'z berganini inobatga olsak: "Men Niderlandiya yoshlar terma jamoasi va niderland futboli sharafini himoya qilmoqchiman".
Ayubni yomon ko'rsatish niyatim yo'q, chunki u bu yerda bo'lganida biz juda yaxshi ishlaganmiz. U juda yaxshi yigit, shuning uchun uni qoralashni istamayman. Biroq, hammasi qanday yuz bergani ko'ngildagidek emas.
Ba'zilar bizni qo'l qovushtirib o'tirdi deb o'ylashi mumkin, ammo aslida biz umuman qarab turganimiz yo'q.