Barchasi Transfer Matbuot Natijalar Umumiy ↔ Bog'langan

Morocco — yangiliklari Umumiy

Morocco va bog'liq yangiliklar

Samir El Murabet Marokash terma jamoasiga chaqirildi

Samir El Murabet Marokash terma jamoasiga chaqirildi

«Strasbur» yarim himoyachisi Samir El Murabet Marokash milliy jamoasiga chaqirildi. U jarohat olgan Neyl El-Aynaui o'rnini egallaydi.

Samir El Murabet Marokash terma jamoasiga chaqirildi!

«Strasbur» yarim himoyachisi Samir El Murabet Marokash milliy jamoasidan kutilmaganda taklif oldi.

20 yoshli futbolchi to'pig'idagi muammolar tufayli terma jamoa ixtiyorini tark etgan «RB Leyptsig» vakili Neyl El-Aynauini almashtiradi. Dastlab El Murabet tarkibda yo'q edi.

Samir jamoa bilan allaqachon tanish: o'tgan yozda u 2026-yilgi jahon chempionatida Marokash sharafini himoya qilgan edi.

📅 Marokashning yaqinlashib kelayotgan o'yinlari:

13-noyabr — Kasablankada Nigerga qarshi;

17-noyabr — Rabotda javob uchrashuvi.

Terma jamoada El Murabet o'zining klubdosh jamoadoshi Gessim Yassin bilan ham uchrashadi, u dastlabki tarkibga kiritilgandi.

Samirni ushbu chaqiruv bilan tabriklaymiz! 💙

Fransiya – Marokash terma jamoasining asosiy donori

Fransiya – Marokash terma jamoasining asosiy donori

Marokash terma jamoasining JCH-2026 dagi ilk o‘yini tarixiy voqeaga aylandi: 65-daqiqaga kelib tarkibda Marokashda tug‘ilgan birorta ham futbolchi qolmadi. Jahon chempionatlari tarixidagi ilk shunday holat

Fransiya – Marokash terma jamoasining asosiy donori. Bu qanday yuz berdi?

● Marokash terma jamoasining JCH-2026 dagi ilk o‘yini tarixiy voqeaga aylandi: 65-daqiqaga kelib tarkibda Marokashda tug‘ilgan birorta ham futbolchi qolmadi. Jahon chempionatlari tarixidagi ilk shunday holat

● Marokash qaydnomasidagi yigirma nafar futbolchining ikkinchi pasporti bor, o‘n to‘qqiz nafari esa nafaqat mamlakat, balki hatto Afrika tashqarisida dunyoga kelgan

● Hozirgi tarkibdagi naq olti nafar futbolchini marokashliklar chorak finaldagi raqiblari – fransuzlardan "ilib ketishgan". Umuman olganda, so‘nggi o‘n yil ichida Fransiya Marokashga boshqa barcha davlatlardan ko‘ra ko‘proq – 27 nafar futbolchi "hadya qildi"

Faqat o‘tgan yilning boshidan buyon marokashliklar o‘n sakkiz nafar o‘yinchini "ovlashdi". Bular faqat boshqa mamlakatlar terma jamoalarida, shu jumladan Fransiya safida o‘ynab bo‘lganlar. Quyida qaydnomadagi Fransiyada tug‘ilgan o‘yinchilar:

Ayyub Buaddi (18 yosh, «Lill» markaziy yarim himoyachisi, TM bahosi – €50 mln)

Nel El-Enaui (25 yosh, «Roma» markaziy yarim himoyachisi, €23 mln)

Samir El-Murabet (20 yosh, «Strasbur» markaziy yarim himoyachisi, €22 mln)

Gessim Yassin (20 yosh, «Strasbur» vingeri, €12 mln)

Issa Diop (29 yosh, «Fulxem» markaziy himoyachisi, €8 mln)

Reduan Alyal (23 yosh, «Mexelen» markaziy himoyachisi, €5 mln)

● Bu tasodif yoki omad emas, balki yigirma yillik tizimli ishning natijasidir. Uning o‘z mualliflari, byudjeti va mafkurasi bor

Fransiyadagi marokashliklar – ommaviy mehnat migratsiyasi mevasi

● Fransiyadagi marokashliklar diasporasi 2,2 milliondan oshib ketdi. Mahalliy migratsiya va demografiya observatoriyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 853 ming nafari birinchi avlod migrantlari, 1,06 mln nafari ikkinchi (ota-onalar orqali), 293 ming nafari esa uchinchi (buva va buvilar orqali) avlod vakillaridir

● Shimoliy Afrikadan Fransiyaga mehnat migratsiyasi XX asr boshlarida, fransuzlar 1907-yilda Ujda va Kasablankani bosib olganidan keyin boshlangan. 1912-yilgi Fes shartnomasiga ko‘ra, Marokash hududi ikki Yevropa davlati – Fransiya va Ispaniya protektoratlariga bo‘lib tashlangan

● 1938-yilda Marokashda hatto maxsus emigratsiya xizmati tashkil etilgan bo‘lib, u ishchilarni saralab, Fransiyaga jo‘natgan

● Ammo Marokash mustaqillikka erishgach va 1963-yilda ishchi kuchi bo‘yicha hukumatlararo konvensiya imzolangach, oqim yanada kuchaydi. Bu fransuz ko‘mir kompaniyalariga sobiq protektoratdan ommaviy ravishda kadrlar yollash huquqini berdi – asosan ko‘mir konlariga

● 1976-yilda Fransiya oilalarni birlashtirish huquqini qonuniylashtirdi – va erkaklar ortidan ularning ayollari va farzandlari ham ko‘chib o‘tdi. Shunday qilib, fransuz shaharlarining chekkalarida o‘sha ikkinchi avlod – Fransiyada tug‘ilgan konchilar va ishchilarning farzandlari voyaga yetdi

● Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 18 dan 59 yoshgacha bo‘lgan marokashlik migrantlarning 93 foizi tarixiy vatan bilan muntazam aloqada bo‘lib turadi, ammo qizig‘i shundaki, ularning atigi 3 foizi u yerga ko‘chib o‘tishni istaydi

● Aholi joylashuvi geografiyasi – skautlar uchun tayyor xarita. Marokashliklarning eng ko‘pi Il-de-Frans (Parij mintaqasi) va mamlakat shimolida yashaydi, aynan shu yerda Fransiyaning eng samarali futbol akademiyalari joylashgan

● Ammo marokashlik ildizlarga ega futbolchilarni ommaviy jalb qilish unchalik uzoq bo‘lmagan tarixga ega.

Bog'liq yangiliklar

O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Marokashga qarshi bahs olib boradi

O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Marokashga qarshi bahs olib boradi

Bugun O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvida Marokashga qarshi maydonga tushadi. Raqib haqida batafsil ma'lumot.

Bugun O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvida Marokash terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Rabot shahrida o‘tkaziladigan bahs oldidan raqibimiz haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tamiz.

Marokash ayollar terma jamoasi so‘nggi yillarda Afrika qit’asida eng katta o‘sishga erishgan jamoalardan biri hisoblanadi. “Atlas sherlari” laqabi bilan tanilgan jamoa 2022 va 2024-yilgi Afrika millatlar kubogida finalga qadar yetib borib, har ikki safar kumush medallarga sazovor bo‘lgan. 2026-yilgi qit’a chempionatida esa to‘rtinchi o‘rinni egallagan.

Jamoa 2023-yilda o‘z tarixida ilk bor ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etgan. Avstraliya va Yangi Zelandiya mezbonlik qilgan mundialda Marokash Koreya Respublikasi va Kolumbiyani 1:0 hisobida mag‘lub etib, guruhdan chiqishga muvaffaq bo‘lgan. Biroq 1/8 finalda Fransiyaga 0:4 hisobida imkoniyatni boy bergan.

Marokash 2027-yil Braziliyada o‘tkaziladigan Jahon chempionati yo‘llanmasini ham qo‘lga kiritgan. Jamoa ayni paytda FIFAning ayollar terma jamoalari reytingida 64-o‘rinni egallab turibdi.

Marokashning yetakchi futbolchilari qatorida G‘izlan Shebbak, Ibtissam Jraidi va Nuhayla Benzina kabilarni alohida ko‘rsatish mumkin. Xususan, Shebbak 2025-yilda o‘tkazilgan Afrika millatlar kubogida 5 ta gol bilan musobaqaning eng yaxshi to‘purari bo‘lgan.

Jamoani ayni vaqtda fransiyalik mutaxassis Erik Blaik boshqarmoqda. Erik Marokash termasini 7-oktabr kuni qabul qilib oldi. U bungacha Fransiya ayollar terma jamoasining yordamchi murabbiyi, shuningdek, "Nant", PSJ, "Gengam", "Bordo" kabi klublarning bosh murabbiyi lavozimlarida ishlagan.

Bugungi uchrashuv Marokash poytaxti Rabotdagi “Olimpik” stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 01:00 da boshlanadi