Pedru Netu transferi atrofidagi vaziyat
Fabrisio Romano Pedru Netu transferi atrofidagi so'nggi yangiliklar bilan o'rtoqlashdi. Futbolchiga "Al-Hilol", "Tottenxem" va "Manchester Siti" qiziqish bildirmoqda.
🚨 Fabrisio Romano xabariga ko'ra, Pedru Netu atrofidagi vaziyatni yaqin vaqt ichida kuzatib borish kerak.
U hamon "Al-Hilol"ning nishonidagi futbolchilar ro'yxatida, klubda yana ikkita nomzod bor.
"Tottenxem" ham portugaliyalik futbolchini ko'rib chiqmoqda, ammo bu faqatgina Savio bilan shartnoma imzolashning iloji bo'lmagan taqdirda amalga oshishi mumkin.
"Manchester Siti" esa Netu bilan bir necha hafta oldin bog'langan, biroq klub futbolchi uchun so'ralayotgan summani juda qimmat deb hisoblamoqda.