Barchasi Transfer Matbuot Natijalar Umumiy ↔ Bog'langan

Al Hilal — yangiliklari Transfer

Al Hilal va bog'liq yangiliklar

Bog'liq yangiliklar

Karim Benzema Al-Hilal bilan shartnomani bekor qildi

Karim Benzema Al-Hilal bilan shartnomani bekor qildi

Karim Benzema Al-Hilal bilan shartnomani o'zaro kelishuv asosida bekor qildi. Futbolchi Yevropaga qaytishni rejalashtirmayapti.

Fabrisio Romano xabariga ko'ra, Karim Benzema Al-Hilal klubini tark etmoqda. Tomonlar shartnomani o'zaro kelishuvga ko'ra bekor qilishdi.

Tez orada Madridning sobiq sardori o'z kelajagi borasida qarorini e'lon qiladi. 38 yoshli hujumchi yo faoliyatini yakunlaydi, yo Saudiya Arabistonining boshqa klublaridan biriga o'tadi. U Yevropaga qaytish imkoniyatini ko'rib chiqmayapti.

OAV ma'lumotlariga ko'ra, Benzema faoliyatini yakunlaganidan so'ng qirollik klubining elchisiga aylanadi.
Fabrisio Romano: Al-Hilol Gabriel Martinelli transferini yakunlashga yaqin

Fabrisio Romano: Al-Hilol Gabriel Martinelli transferini yakunlashga yaqin

Fabrisio Romano xabariga ko'ra, Al-Hilol Gabriel Martinelli transferi bo'yicha Arsenal bilan 65 million yevro evaziga og'zaki kelishuvga erishdi.

📰 Fabrisio Romano xabariga ko'ra:

Al-Hilol Gabriel Martinelli transferini yakunlashga yaqin.
Arsenal bilan barcha to'lovlarni o'z ichiga olgan 65 million yevro miqdoridagi summa bo'yicha og'zaki kelishuvga erishildi.
Al-Hilol hozirda futbolchining roziligini kutmoqda.
Ayni damda Al-Hilol va Martinelli jamoasi o'rtasida shartnoma shartlari bo'yicha muzokaralar olib borilmoqda.
Bitim yakunlanish arafasida.