Cope xabariga ko'ra, Jud Bellingem ertaga "Real" safiga qaytadi va jamoa bilan birga mashg'ulotlarga kirishadi.
📻 Cope xabariga ko'ra, Jud Bellingem ertaga "Real" safiga qaytadi.
Angliyalik futbolchi "Deportivo"ga qarshi Teresa Errera kubogi doirasidagi o'yinni o'tkazib yuboradigan o'yinchilar bilan birga mashg'ulot olib boradi.
Real Madridning mavsumoldi o'yinlar taqvimi ma'lum bo'ldi. Jamoa Avstriyada o'rtoqlik o'yini o'tkazib, Teresa Herrera kubogida ishtirok etadi.
Real Madrid jamoasining mavsumoldi o'yinlar taqvimi aniq bo'ldi. 1-avgust kuni jamoa Avstriyaga o'rtoqlik uchrashuviga yo'l oladi. 12-avgust kuni esa Teresa Herrera kubogi doirasida Deportivo jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Bundan tashqari, qirollik klubi yana ikkita o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazishi rejalashtirilgan, ularning sanasi keyinroq tasdiqlanadi.
Vinisius Junior va Endrik 28-iyul kuni «Real Madrid»ning mavsumoldi tayyorgarlik mashg'ulotlariga qo'shilishi kutilmoqda.
El Chiringuito xabariga ko'ra, Vinisius Junior va Endrik 28-iyul kuni «Real Madrid»ning mavsumoldi tayyorgarlik mashg'ulotlariga qo'shilishi kutilmoqda. ⚽️
Marca xabariga ko'ra, "Real Madrid" yozgi transfer oynasida ishlarni davom ettirmoqda va ayrim futbolchilar bilan xayrlashishi mumkin.
📰 Marca xabariga ko'ra, "Real Madrid" joriy yozgi transfer oynasida allaqachon 24 ta bitimga (futbolchilarning kelishi va ketishi) qo'l urdi.
Klub transfer bozoridagi faoliyatini yakunlagani yo'q. Endilikda "Madrid" tarkibdagi ayrim futbolchilar bilan xayrlashish ustida ishlaydi. Shu sababli Asensio, Kamavinga, Pitarch va Endrik transfer oynasi yopilgunga qadar "qaymoqranglilar" safini tark etishi mumkin.
«Real Madrid» mavsumoldi tayyorgarlikni Ispaniyada o'tkazadi. Jamoa mashg'ulotlari 13-iyuldan boshlanadi, Endrik va Vinisius esa 28-iyulda qaytadi.
AS xabariga ko'ra, «Real Madrid» mavsumoldi o'rtoqlik o'yinlarini Ispaniyadan tashqarida o'tkazmaydi. Jamoa tayyorgarlikni to'liq klub bazasi — Valdebebasda olib boradi.
Mavsumoldi mashg'ulotlar boshlanadigan 13-iyul kuni Mourinyu ixtiyorida asosiy tarkibning atigi 8 nafar futbolchisi bo'ladi: Lunin, Trent, Xausen, Asensio, Karreras, Kamavinga, Gonsalo va Mastantuono.
Militao, Mendi va Rodrigo esa jarohatdan tiklanish jarayonini davom ettirishadi. Jamoaning ilk mashg'uloti o'sha kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanadi.
El Chiringuito xabariga ko'ra, Endrik va Vinisius «Real» safiga 28-iyul kuni kelib qo'shilishadi.