Senegal terma jamoasi himoyachisi Malang Sarr Saudiya Arabistonining Neom klubiga o'tganidan so'ng agentlar hujumiga uchradi.
Senegal terma jamoasi futbolchisi Saudiya Arabistoni klubiga o'tganidan so'ng agentlar hujumiga uchradi: 27 yoshli markaziy himoyachi Sarr (sobiq Chelsi, Lans) o'zining Neom klubiga o'tishi bo'yicha bevosita klub prezidenti bilan kelishib olgan. Bu esa futbolchining atrofidagilarga umuman yoqmadi.
Malang saudiyaliklardan 3 yilga 15 million yevrolik shartnoma ishlab oldi, uning agentlari esa bitimdan bir tiyin ham olishmadi. Shundan so'ng ikki erkak Neom yig'in o'tkazayotgan Marbel'yadagi mehmonxonaga kelib, Sarrni jamoaviy kechki ovqatdan kuch bilan olib ketishdi.
Senegallik futbolchining agentlaridan biriga yaqin bo'lgan bosqinchilar unga tarsaki tushirib, pul sababli tahdid qilishgan. Sarr politsiyaga murojaat qilmadi, ammo bu haqda klubga xabar berdi va klub futbolchi xavfsizligini kuchaytirdi, — deya xabar bermoqda RMC Sport, L’Equipe.
Ko'rinishidan, bu Saudiya futbolidagi ilk bulling holati. Bunday katta pullar istalgan odamning boshini aylantirib qo'yishi mumkin.
«Komo» sardori Lukas da Kunya Fransiya terma jamoasining Millatlar ligasi uchun kengaytirilgan ro'yxatiga kiritildi.
Lukas da Kunya Fransiya terma jamoasiga dastlabki chaqiruvni oldi!
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan «Komo» sardorini Millatlar ligasining yaqinlashib kelayotgan o'yinlari uchun nomzodlarning kengaytirilgan ro'yxatiga kiritdi.
Fransiyani Turkiya, Belgiya va Italiyaga qarshi uchrashuvlar kutib turibdi. Yakuniy tarkib kelasi juma kuni e'lon qilinadi.
Kevin Trapp "Nitssa"ga qarshi o'yinda o'z faoliyatidagi 150-quruq o'yinni qayd etdi. Bu uning "Parij" safidagi 10-quruq o'yini bo'ldi.
Kevin Trapp uchun "Nitssa"ga qarshi kechgan bahs faoliyatidagi 150-quruq o'yin bo'ldi. Shuningdek, bu darvozabonning "Parij" safidagi 10-quruq o'yini hisoblanadi.
Olimpik Marsel futbolchisi jarohati va maydonni tark etishi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Yolg'on gapirmayman, bu og'riqli. Futbol menga hayotimdagi eng yorqin lahzalarni taqdim etdi va maydonni majburan tark etish hech qachon oson kechmaydi.
Ammo Xudo xato qilmaydi. Hamma narsa qandaydir sababga ko'ra sodir bo'ladi, hatto biz buni hozirgi lahzada tushunmasak ham.
Menga bog'lanib, mehr va qo'llab-quvvatlash ko'rsatgan barchaga rahmat.
Kevin Trapp Yevropaning kuchli beshlik chempionatlarida 150 ta «quruq» o'yin o'tkazgan darvozabonga aylandi.
🧤🤩 Kevin Trapp — bu devor!
🧱 «Nitssa»ga qarshi yana bir ishonchli o'yin muallifi Kevin Trapp endilikda Yevropaning kuchli beshlik chempionatlarida 150 ta «quruq» o'yin o'tkazgan darvozabonga aylandi.