L’Équipe xabariga ko'ra, 25 million yevro evaziga «Reyms»dan transfer qilingan 20 yoshli Patrik Zabi «Parij» FK tarkibida hali biror marta asosiy tarkibda maydonga tushmadi. Kot-d’Ivuar terma jamoasi a'zosi hozirgacha atigi 42 daqiqa o'ynagan bo'lsa-da, u klub loyihasidagi asosiy umidlaridan biri sanaladi.
L’Équipe ma'lumotiga ko'ra, shu hafta Zabi mashg'ulotlardagi «8 ga 8» formatidagi o'yinda murabbiylar shtabi va jamoadoshlarini hayratda qoldirdi. Ba'zi kuzatuvchilar uning o'yinini «ajoyib» deb ta'riflashdi, hatto mashg'ulotdan keyin ham kiyim almashtirish xonasida u haqida gap-so'zlar tinmagan.
Ivuarlik yarim himoyachi klub ichida katta hurmatga ega. Xususan, uni sport direktori Marko Neppe qo'llab-quvvatlaydi, aynan u Arno oilasini futbolchining iqtidoriga sarmoya kiritishga ko'ndirgan edi. Futbolchining yaqinlari o'yin amaliyoti kamligidan xavotirda emas.
Liam Rosenior hozircha futbolchiga bosim o'tkazmaslikni afzal ko'rmoqda, garchi uning mahoratiga shubha qilmasa ham. Aytish joizki, «Nitssa»ga qarshi bahsda (3:0) Zabi zaxiradan maydonga tushib, qanotda yorqin harakat qildi va Vensan Markettiga golli uzatma berdi.
«Parij» FK kelajakka tikish qilmoqda va nafaqat Patrik Zabi, balki 18 yoshli Rudi Matondoga ham ishonch bildirmoqda. Klub ushbu ikki yosh iqtidorning rivojlanishini har tomonlama qo'llab-quvvatlash niyatida.