Barchasi Transfer Matbuot Natijalar Umumiy ↔ Bog'langan

USA — yangiliklari Umumiy

USA va bog'liq yangiliklar

Yurgen Klopp Trampning Infantinoga qo‘ng‘iroq qilgani haqida keskin gapirdi

Yurgen Klopp Trampning Infantinoga qo‘ng‘iroq qilgani haqida keskin gapirdi

Agar bu rost bo‘lsa, shunchaki aqlsizlik. Futbol — bu bizning o‘yinimiz, ularniki emas. Futboldan mutlaqo xabari yo‘q bo‘lgan bu ikki inson bunday masalalarga umuman aralashmasligi kerak. U yerda qizil kartochka bor edi.

💬Yurgen Klopp Trampning Infantinoga qo‘ng‘iroq qilgani va bekor qilingan qizil kartochka bilan bog‘liq vaziyat haqida keskin gapirdi:«Agar bu rost bo‘lsa, shunchaki aqlsizlik. Futbol — bu bizning o‘yinimiz, ularniki emas. Futboldan mutlaqo xabari yo‘q bo‘lgan bu ikki inson bunday masalalarga umuman aralashmasligi kerak. U yerda qizil kartochka bor edi. Bu borada ikkinchi bir fikr bo‘lishi mumkin emas. Ha, bunday fol ishlatishni xohlamagan Balogunga achinasan kishi. Biroq qoida — baribir qoida».

Bog'liq yangiliklar

AQSH terma jamoasida yangi sardor: Pulisich bog'ichdan mahrum bo'ldi

AQSH terma jamoasida yangi sardor: Pulisich bog'ichdan mahrum bo'ldi

AQSH terma jamoasi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino yangi sardorni e'lon qildi. Kristian Pulisich bog'ichdan mahrum bo'ldi.

AQSH terma jamoasi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Tayler Adams 2030-yilgi jahon chempionatiga tayyorgarlik siklida jamoa sardori bo'lishini e'lon qildi.

Tayler — bizning yetakchimiz va sardorimiz. U bizni oldinda turgan davrda boshlab bora oladigan o'yinchi va inson.

Kristian Pulisich uchun bu qaror ayniqsa qiziqarli. «Milan» yulduzi joriy xalqaro tanaffusga chaqirilmadi va Milanelloda mashg'ulotlarni davom ettirmoqda.

Shu bilan birga, Pulisich AQSH terma jamoasining asosiy yetakchilaridan biri bo'lib qolmoqda. U ilk bor 20 yoshu 63 kunligida, 2018-yilda Italiyaga qarshi o'yinda milliy jamoa sardori bo'lgan edi.

Endilikda sardorlik bog'ichi Adamsga o'tmoqda, Pulisich esa jamoaning asosiy yulduzi va sport yetakchisi sifatidagi rolini saqlab qolishi kutilmoqda.

Qanday fikrdasiz, Pulisich AQSH terma jamoasi sardorlik bog'ichini qaytarib olishi kerakmi?

ESPN jahon chempionatining eng yomon o'yinchilari ramziy terma jamoasini tuzdi

ESPN jahon chempionatining eng yomon o'yinchilari ramziy terma jamoasini tuzdi

ESPN jahon chempionatida o'z muxlislarini ko'proq xafa qilgan futbolchilardan iborat ramziy terma jamoani e'lon qildi.

ESPN nashri jahon chempionatida o'z muxlislarini ko'proq xafa qilgan futbolchilardan iborat ramziy terma jamoani e'lon qildi. Ushbu ro'yxatdan Kristian Pulishich ham o'rin oldi.

Kristian Pulishich jarohati kutilganidan jiddiyroq

Kristian Pulishich jarohati kutilganidan jiddiyroq

Kristian Pulishich Belgiya bilan o'yinda jarohat oldi. Futbolchi 3-6 haftaga safdan chiqdi va A Seriya startini o'tkazib yuborishi mumkin.

Tibbiyot shtabidan olingan yangi ma'lumotlarga ko'ra, Kristian Belgiya bilan o'yinning 60-daqiqasida kichik boldir suyagining yoriqini olgan 😟

Tiklanish muddati: 3-6 hafta.

Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, futbolchining A Seriya doirasidagi Torino bilan mavsum ochilish o'yinida maydonga tushishi so'roq ostida qolmoqda. Vaziyat shundaki, reabilitatsiya davri ta'til vaqtiga to'g'ri keladi, bu esa o'yinchining mashg'ulotlarga tayyorgarliksiz qaytishini anglatadi.

O'tgan mavsumda ham mushaklardagi jarohatlar bilan qiynalgan futbolchining jismoniy holati yana savol ostida qolmoqda. Kristian yangi loyihaning markaziy figurasi ekanligini hisobga olsak, klub uning yuklamalarini boshqarishda ehtiyotkor bo'lishi kerak 🔴⚫

Kristianning tezroq safga qaytishini tilab qolamiz.