#Savino — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Fabrisio Romano: Pedro Netu uchun kurash ketmoqda

Fabrisio Romano: Pedro Netu uchun kurash ketmoqda

Fabrisio Romano Pedro Netu uchun kurash Tottenxem va Al-Hilol o'rtasida kechayotganini ma'lum qildi.

🚨 Fabrisio Romano Pedro Netu atrofidagi vaziyat haqida fikr bildirdi:

«O'ylashimcha, ayni damda Pedro Netu uchun kurash Tottenxem va Al-Hilol o'rtasida kechmoqda. Pedro Netu haqiqatan ham shporlar nishonidagi futbolchilar ro'yxatiga kiradi, ammo klub uchun ustuvor maqsad hamon Savino bo'lib qolmoqda».
Savino "Tottenxem" futbolchisiga aylanadi

Savino "Tottenxem" futbolchisiga aylanadi

Sky Sports xabariga ko'ra, Savino "Tottenxem" bilan 2031-yilgacha shartnoma imzolaydi. Transfer summasi 65 million funt sterlingni tashkil etadi.

🚨 Savino "Tottenxem" futbolchisiga aylanadi! 🤝

"Tottenxem" va Savino 2031-yilga qadar mo'ljallangan shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi. Bitim yana bir mavsumga, ya'ni 2032-yilgacha uzaytirish huquqini ham o'z ichiga oladi. ✍️

"Manchester Siti" va "Tottenxem" bugun barcha zarur hujjatlarni rasmiylashtiradi. Transfer summasi 65 million funt sterlingni tashkil qiladi. 💣

Nihoyat, ushbu transfer sagasi o'z yakuniga yetdi... 😭

📰 Sky Sports xabariga ko'ra.

Manchester City yangi vinger izlamoqda

Manchester City yangi vinger izlamoqda

Daily Mail xabariga ko'ra, Savino Tottenxemga o'tishga yaqin. Shu sababli, Manchester Siti yangi vinger qidirishni boshladi.

Daily Mail xabariga ko'ra, Savino 65 million funt sterling atrofidagi summa evaziga Tottenxemga o'tishga yaqin turibdi. Shu sababli, Manchester Siti yangi vinger qidirishni boshladi.

Tottenxem Rafael Leauga qiziqmayapti

Tottenxem Rafael Leauga qiziqmayapti

Rafael Leau «Tottenxem»ga taklif qilingan, biroq klub futbolchiga qiziqish bildirmayapti. «Tottenxem»ning asosiy maqsadi — Savino.

Rafael Leau «Tottenxem»ga taklif qilingan, biroq hozirgi kunda «shporlar» futbolchiga qiziqish bildirmayapti. Tomonlar o‘rtasida hech qanday muzokaralar olib borilmayapti.

«Tottenxem»ning vinger pozitsiyasi uchun asosiy nomzodlari — Kodi Gakpo va Savino.

Savino — klubning birinchi, ikkinchi va uchinchi raqamli maqsadi.

«Liverpul» esa hozircha Gakpo transferi borasida muzokaralarga tayyor emas.

O'ng ustun yangiliklari

Fabrisio Romano: «Tottenxem» vingerlar uchun nomzodlarni aniqlab oldi

Fabrisio Romano: «Tottenxem» vingerlar uchun nomzodlarni aniqlab oldi

Fabrisio Romano «Tottenxem»ning vinger pozitsiyasi uchun asosiy nomzodlari kimligini ma'lum qildi.

Fabrisio Romano xabariga ko'ra:

«Tottenxem» vinger pozitsiyasi uchun ko'rib chiqayotgan asosiy nomzodlar – Kodi Gakpo va Savino. Biroq hozircha «Liverpul» Gakponing ketishiga ruxsat bermayapti.
Ushbu ikki futbolchi «Tottenxem» uchun vinger pozitsiyasida ustuvor maqsad hisoblanadi. Men ular o'tadi deb aytmayapman, chunki hammasi muzokaralarga bog'liq. Ammo Savino ular uchun birinchi, ikkinchi va uchinchi raqamli nishon, chunki «Tottenxem» uni bir yil oldin ham o'z safiga qo'shib olmoqchi edi.
Kodi Gakpo esa «Tottenxem»ning istagi, lekin bu «Liverpul»ga bog'liq. Shu bois sabr qilib, bu borada nimalar ro'y berishini kutish kerak».