Arnau Martines "Valensiya"ga o'tishga yaqin
Arnau Martines "Jirona"ni tark etib, "Valensiya"ga o'tishi mumkin. Klublar o'rtasidagi transfer summasi bo'yicha kelishmovchilik 1 million yevroni tashkil etmoqda.
Nachos Sanchis va Xerman Munyos xabariga ko'ra, Arnau Martinesning transferi bo'yicha yangi tafsilotlar ma'lum bo'ldi:
Futbolchining pozitsiyasi: Arnau "Jirona"ga agar dam olish kunlari o'yin bo'lsa, maydonga tushishga tayyorligini, chunki u professional ekanligini bildirgan. Biroq, u xayolan klubga yuz foiz diqqatini qarata olmayotganini tan olgan.
👍 "Valensiya" reaksiyasi: "Valensiya" rahbariyati futbolchining bu xatti-harakatini ijobiy baholadi.
💰 Narxdagi farq: Klublar o'rtasidagi transfer summasi bo'yicha kelishmovchilik hozirda 1 million yevrodan sal ko'proqni tashkil etmoqda.