Napoli Sebastiano Espositoni o'z safiga qo'shib olmoqchi
«Napoli» Sebastiano Espositoni o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirmoqda. Klub futbolchining agenti bilan muzokaralarni boshlab yuborgan.
«Napoli» Sebastiano Espositoni hujum chizig'i uchun potensial kuchaytirish varianti sifatida ko'rib chiqmoqda.
Taniqli transfer bozori eksperti Nikolo Skira yozishicha, klub hujumchining agenti Mario Djuffredi bilan muzokaralar o'tkazgan.
Espozitolar oilasining to'ng'ichi «Kalyari»ga tegishli, ammo ijara asosida «Sassuolo»da o'ynamoqda. «Neroverdi» hujumchini 11 million yevro evaziga sotib olish huquqiga ega. Kelgusida qayta sotilganda «Kalyari» 15 foiz ulush oladi.