Barchasi Transfer Matbuot Natijalar Umumiy ↔ Bog'langan

Strasbourg — yangiliklari Transfer

Strasbourg va bog'liq yangiliklar

Ismael Doukure Strasburgda qoladigan bo'ldi

Ismael Doukure Strasburgda qoladigan bo'ldi

Ismael Doukure Strasburgni tark etmoqchi edi, ammo transfer amalga oshmadi. Himoyachi endilikda jamoa sardoriga aylandi.

📰 Cyril Olivès-Berthet xabariga ko'ra: Ismael Doukure ketma-ket uchinchi yozgi transfer oynasida Strasburgni tark etish istagini bildirgan bo'lsa-da, yakunda jamoada qoldi. Bunga sabab klub futbolchi uchun qoniqarli taklif olmaganidir.

Himoyachiga Renn jamoasi jiddiy qiziqish bildirgandi, ammo ular Strasburg talab qilgan 20 million yevrodan ortiq mablag'ni taklif qilishmadi. Natijada, Doukure Strasburg safida o'ynashda davom etadi va endilikda u jamoa sardori maqomini oldi.

Bog'liq yangiliklar

Milan David Odoguni ijaradan muddatidan oldin qaytarishi mumkin

Milan David Odoguni ijaradan muddatidan oldin qaytarishi mumkin

«Milan» himoyachisi David Odogu «Tuluza»da o'yin amaliyotisiz qolmoqda. Klub futbolchini qishda ijaradan qaytarib, boshqa jamoaga yuborishni rejalashtirmoqda.

🔴⚫ «Milan» David Odoguni ijaradan muddatidan oldin qaytarishi mumkin!

David Odoguning «Tuluza»dagi ijarasi «Milan» kutganidek kechmayapti. Nemis himoyachisi mavsum boshidan buyon birorta daqiqa ham maydonga tushgani yo'q: u yo zaxirada qolmoqda, yo qaydnomaga kiritilmayapti. Oxirgi «Strasbur»ga qarshi bahsni futbolchi tana harorati ko'tarilgani sababli o'tkazib yubordi.

LesViolets.com ma'lumotiga ko'ra, «Milan» allaqachon Fransiya klubi bilan yanvar oyida ijarani muddatidan oldin yakunlash imkoniyatini muhokama qilgan.

«Rossoneri»ning rejasi — Odogu uchun u muntazam o'ynab, tajriba orttirishi mumkin bo'lgan yangi jamoa topish.