#Stuttgart — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Kristofer Olivye «Brondbyu»ga o'tmoqda

Kristofer Olivye «Brondbyu»ga o'tmoqda

Kristofer Olivye «Brondbyu»ga o'tishga yaqin. Transfer summasi 1 mln yevroni tashkil qiladi.

Kristofer Olivye «Brondbyu»ga o'tmoqda.

Bitim deyarli yakunlangan. Transfer summasi 1 million yevroni tashkil qiladi, shuningdek, 5-7 million yevro evaziga qaytarib sotib olish bandi ham mavjud.

Oldinda tibbiy ko'rik va shartnoma imzolash jarayoni kutib turibdi.

Florian Plettenberg xabariga ko'ra.
Roma chap qanot hujumchisi izlamoqda
АS ROMA ↗ Transfer

Roma chap qanot hujumchisi izlamoqda

Roma chap qanot vingeri izlamoqda. Antonio Nusa asosiy maqsad, biroq klub Jeymi Leveling variantini ham ko'rib chiqmoqda.

Oldindagi hafta Roma uchun transfer oynasidagi hal qiluvchi pallaga aylanadi. Klub ayniqsa chap qanot vingeri pozitsiyasini kuchaytirish ustida ishlamoqda.

Corsera xabariga ko'ra, bu hafta Antonio Nusa transferi bo'yicha yakuniy qaror qabul qilinadi. Toni D'Amiko va Jan Pero Gasperini norvegiyalik futbolchini asosiy nishon sifatida ko'rmoqda. Nusa poytaxt klubiga o'tishga moyillik bildirgan bo'lsa-da, Leyptsig o'z futbolchisi uchun 60 million yevro talab qilmoqda. Roma nemis klubi talablarini qondira oladimi yoki yo'q, buni aniqlash uchun bir necha soat vaqt ajratgan.

Shu sababli, Jallorossilar rahbariyati muqobil variantlar ustida ham ishlamoqda. Corriere della Sera ma'lumotiga ko'ra, Shtutgart hujumchisi Jeymi Leveling nomzodi jiddiy ko'rib chiqilmoqda. 25 yoshli futbolchi har ikki qanotda birdek harakat qila oladi va tezligi hamda universalligi bilan ajralib turadi. Biroq, bu transfer ham qimmatga tushishi mumkin: Shtutgart o'z o'yinchisini taxminan 50 million yevroga baholamoqda.

Agar Roma Leyptsig bilan kelishuvga erisha olmasa, Bundesligadagi boshqa variantlarga, xususan Levelingga e'tibor qaratishi mumkin. Brentfordin Kevin Shade ham nomzodlar qatorida, ammo Nusa hanuzgacha asosiy maqsad bo'lib qolmoqda. D'Amiko shu hafta ichida yakuniy qarorga kelishi kutilmoqda.

O'ng ustun yangiliklari

Hull City Tim Iroegbunam transferi bo'yicha muzokaralarni to'xtatdi
Hull City ↗ Umumiy

Hull City Tim Iroegbunam transferi bo'yicha muzokaralarni to'xtatdi

Hull Live xabariga ko'ra, «Hull City» jarohat olgan Tim Iroegbunamni sotib olish bo'yicha muzokaralarni to'xtatdi.

❌ Hull Live xabariga ko'ra, «Hull City» «Everton» yarim himoyachisi Tim Iroegbunam transferi bo'yicha muzokaralardan voz kechdi.

Yaqinda o'tkazilgan «Stuttgart»ga qarshi bahsda futbolchi jiddiy jarohat olgan va taxminlarga ko'ra, kamida bir necha haftaga safdan chiqqan.

Shtutgart Promis Devid uchun taklif bilan chiqdi

Shtutgart Promis Devid uchun taklif bilan chiqdi

Shtutgart Belgiya klubi Union hujumchisi Promis Devidni o'z safiga qo'shib olmoqchi. Tomonlar shaxsiy shartlar bo'yicha kelishuvga erishgan.

Shtutgart Belgiya klubi Unionga hujumchi Promis Devid uchun 14 million yevro taklif qildi.

Shtutgart va Devid allaqachon maosh bo'yicha og'zaki kelishuvga erishgan – yiliga 3 million yevro.

Promis Peychinovichga muqobil variant sifatida ko'rilmoqda.

Andre Oshner ma'lumotiga ko'ra.