«Surxon» futbol klubining uch nafar yosh futbolchisi Tohir Ashurboyev, Muhammadali Musaxanov va Kamron Yusupov O‘zbekiston U-20 terma jamoasi yig‘iniga chaqirildi.
Uch nafar futbolchimiz O‘zbekiston U-20 terma jamoasi yig‘iniga jalb etildi!
FIFA kunlari doirasida Jamoliddin Rahmatullayev boshchiligidagi O‘zbekiston U-20 terma jamoasi 9–17-noyabr kunlari navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazadi.
Mazkur yig‘in doirasida yoshlar terma jamoamiz Venesuela U-20 terma jamoasiga qarshi ikkita nazorat uchrashuvida maydonga tushadi.
Quvonarlisi, ushbu yig‘inga «Surxon» futbol klubining uch nafar yosh va iqtidorli futbolchisi — Tohir Ashurboyev, Muhammadali Musaxanov va Kamron Yusupov ham jalb etildi.
Futbolchilarimizning mamlakatimiz yoshlar terma jamoasi safiga chaqirilishi klubimiz uchun quvonarli voqea bo‘lib, ularning kelgusi faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi.
Richard Hyuz «Liverpul» sport direktori lavozimini tark etdi. FSG prezidenti Mayk Gordon yangi nomzod izlashni boshladi.
Rasman: Richard Hyuz «Liverpul» sport direktori lavozimini tark etdi.
FSG prezidenti Mayk Gordon yangi sport direktorini tayinlash bilan shug'ullanadi. Jurnalistlarning xabar berishicha, nomzodlar orasida 2012-yildan buyon klub tizimida ishlab kelayotgan va 2022/23-yilgi mavsumda jamoada sport direktori lavozimida ishlagan Julian Uord asosiy favoritlardan biri hisoblanadi.
Nasaf jamoasining uch nafar futbolchisi Abduvohid Ne’matov, Dilshod Murtazayev va Samandar Muratbayev O'zbekiston milliy terma jamoasiga chaqirildi.
Uch nafar futbolchimiz milliy terma jamoaga chaqirildi!
O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro noyabr oyidagi yig'inga jalb etilgan futbolchilar ro'yxatini e’lon qildi.
Mazkur yig'in doirasida milliy terma jamoamiz Rossiya va Saudiya Arabistoni terma jamoalariga qarshi xalqaro o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi.
Quvonarlisi, ushbu yig'inga “Nasaf” jamoasining uch nafar futbolchisi — Abduvohid Ne’matov, Dilshod Murtazayev va Samandar Muratbayev ham taklif etildi.
Futbolchilarimizga milliy terma jamoa safidagi uchrashuvlarda omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Bunyodkor akademiyasi tarbiyalanuvchisi Azizbek To‘lqinbekov milliy terma jamoaning noyabr oyidagi yig‘iniga jalb etildi.
Akademiyamiz tarbiyalanuvchisi, asosiy jamoamizning eng yosh sardorlaridan biri, iqtidorli futbolchi Azizbek To‘lqinbekov milliy terma jamoamizning noyabr oyidagi yig‘inida ishtirok etadi.
Bosh murabbiy Fabio Kannavaro FIFA kunlari munosabati bilan o‘tkaziladigan yig‘inga To‘lqinbekovni ham taklif qildi. Eslatib o‘tamiz, milliy terma jamoamiz yig‘in doirasida 12-noyabr kuni Rossiya, 17-noyabr sanasida Saudiya Arabistoniga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi.
«Surxon» klubi futbolchisi Behruz O‘ktamov O‘zbekiston milliy terma jamoasining noyabr oyidagi yig‘iniga jalb etildi.
Behruz O‘ktamov O‘zbekiston milliy terma jamoasi yig‘iniga jalb etildi!
O‘zbekiston milliy terma jamoasi noyabr oyida navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazadi. Mazkur yig‘in doirasida terma jamoamiz Rossiya va Saudiya Arabistoni terma jamoalariga qarshi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi.
Quvonarlisi, ushbu yig‘inga jamoamizning yosh va iqtidorli futbolchisi Behruz O‘ktamov ham jalb etildi. Futbolchimizning milliy terma jamoa safiga chaqirilishi klubimiz uchun quvonarli voqea hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 12-noyabr kuni Toshkent shahrida Rossiya terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. 17-noyabr kuni esa Qatar davlatida Saudiya Arabistoni terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Saudiya Arabistoni terma jamoasi Fors ko'rfazi kubogi uchun "Al-Hilol" klubining ikki nafar xodimini o'z delegatsiyasiga jalb qildi.
Saudiya Arabistoni milliy terma jamoasi 23-sentabrdan 6-oktabrgacha Jiddada bo'lib o'tadigan Fors ko'rfazi kubogining 27-turnirida ishtirok etadigan delegatsiyasiga "Al-Hilol"ning ikki nafar tibbiyot va ma'muriy xodimini qo'shdi.
"Al-Hilol"da reabilitatsiya va fizioterapiya bo'yicha mutaxassis bo'lgan tunislik Sahbi Brigui payshanba kuni Jiddada "Yashil lochinlar" delegatsiyasiga qo'shildi. U bilan birga Ar-Riyod klubida logistika masalalari, xususan, mashg'ulotlarga borib-kelish transporti bilan shug'ullanadigan jazoirlik Ahmed Abu Ishoq ham bor.
Sahbi Brigui avvalroq 19-iyul kuni Qo'shma Shtatlarda yakunlangan 2026-yilgi jahon chempionatida Saudiya Arabistoni terma jamoasi bilan ishlagan, turnir yakunlangach esa "Al-Hilol"ga qaytgan edi.