❤️ «Ayntraxt» minimal hisobda uy uchrashuvida «Xoffenxaym»ni mag'lub etdi.
Yesss! Yonatan Burkardt teng o'tgan bahsda «burgutlar»ga g'alaba keltirdi. Uning jarima maydonchasi ichidan yo'llagan zarbasi - go'zallik 🔥
Va albatta, birinchi bo'limda penaltini qaytargan Noa Atuboluni alohida ta'kidlash kerak! Qizig'i shundaki, bugungi kunga qadar Andrey Kramarich ketma-ket 18 (!) ta penaltini golga aylantirib kelayotgan edi, biroq bugun uning seriyasini bizning seyvlar qirolimiz to'xtatdi 🤘
Biroq, «Ayntraxt»ning o'zi ham hisobni ikki barobarga oshirish imkoniyatini qo'ldan chiqardi - Burkardtning penaltidan yo'llagan zarbasini Baumann qaytardi.
Ikkinchi bo'lim ancha xotirjam o'tdi. Fares Shaybining goli ofsayd sababli hisobga olinmadi. «Xoffenxaym» o'yin oxirida bosimni oshirdi, ammo Atuboluning sa'y-harakatlari va ishonchli o'yini evaziga g'alabani saqlab qolishga muvaffaq bo'ldik.
Adi Xyutterni tabriklaymiz - u «Xoffenxaym»ga qarshi o'yinlarda o'zining 100% lik g'alabali seriyasini davom ettirmoqda!
📊 xG: 2,50-2,40
🟥 Chetlatish: Ozan Kabak (90+3')
♦️«Ayntraxt» tarkibi: Atubolu - Knauff (83' Kollinz), Kox, Brassyye, Kosugi - Doan, Onyedika, Aseko (64' Xoylyunn), Shaybi - Ebnutalib (83' Gyotse), Burkardt (84' Pimpong)
Gollar:
⚽️ Yonatan Burkardt - 25' (1:0).