Real Madrid Diomande va Rodri transferlari bo'yicha harakatlarni boshladi. "Qirollik klubi" vinger uchun kurashda PSJga asosiy raqib bo'lib turibdi.
📻 RMC Sport xabariga ko'ra, Leyptsig klubi Diomande uchun 130 million yevro talab qilmoqda.
📻 Cope ma'lumotiga ko'ra, Real Madrid Diomande transferi bo'yicha faol muzokaralar olib bormoqda. PSJ futbolchi uchun kurashda yetakchi bo'lib turgandi, ammo endi madridliklar uni qo'lga kiritishiga to'liq ishonch bildirmoqda. Bundan tashqari, Madrid klubi yozda nafaqat Diomande, balki Rodrini ham sotib olishni istaydi.
📝 Fabrisio Romano xabariga ko'ra: "Arsenal va Manchester Siti Diomande transferi bo'yicha vaziyatni o'rganib ko'rishdi, ammo vinger bu jamoalarda o'ynash niyatida emas. PSJ bilan raqobatlashayotgan yagona klub bu - Real Madrid. Madridliklar Leyptsigga ivuarlik futbolchi uchun yangi taklif bilan chiqishlarini ma'lum qilishdi. Mourinyu jamoa hujumiga tezlik qo'shmoqchi, shu bois Diomande transferi Madrid uchun ustuvor vazifa hisoblanadi".
🖥 The Athletic (Kortegana) xabariga ko'ra, Madrid murabbiylar shtabi Diomandening JChdagi o'yinidan qoyil qolgan.
Brayan Saragosa yangi mavsumda Bavariya safida o'ynamaydi. Futbolchi Ispaniyaga qaytishni istamoqda, unga Espanyol va Alaves da'vogarlik qilmoqda.
🚨 Brayan Saragosaning kelgusi klubi hali aniq emas.
Mundo Deportivo xabariga ko'ra, futbolchi Ispaniyaga qaytishni istamoqda. Unga Espanyol va Alaves klublari qiziqish bildirmoqda, ammo boshqa variantlar ham ko'rib chiqilmoqda. Bir narsa aniq: u yangi mavsumda Bavariya safida to'p tepmaydi.
Adrian Embarba transferi uchun "Sevilya", "Rayo Valyekano" va "Elche" klublari kurash olib bormoqda. Futbolchi hozircha qaror qabul qilmagan.
"Sevilya", "Rayo Valyekano" va "Elche" klublari 34 yoshli Adrian Embarba bilan shartnoma imzolashdan manfaatdor. O'tgan mavsumda futbolchi "Almeriya" safida 17+11 natijasini qayd etgan.
Hozircha futbolchi "Almeriya"dan ketish yoki qolish borasida o'ylamoqda.