Barchasi Transfer Matbuot Natijalar Umumiy ↔ Bog'langan

Leicester City — yangiliklari Transfer

Leicester City va bog'liq yangiliklar

Manchester United Luis Peyj uchun kurashga qo'shildi

Manchester United Luis Peyj uchun kurashga qo'shildi

Manchester Yunayted «Lester» yarim himoyachisi Luis Peyjni o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

🗣️ Sami Mokbel, BBC:

Manchester Yunayted «Lester»ning 18 yoshli yarim himoyachisi Luis Peyj transferi bo'yicha muzokaralar olib bormoqda va futbolchi uchun kurashda «Arsenal» hamda «Aston Villa»ni ortda qoldirmoqchi.

Angliya U20 terma jamoasi a'zosi «Lester»ning asosiy tarkibida allaqachon 20 dan ortiq o'yin o'tkazib ulgurgan.

Patson Daka «Gamburg» futbolchisiga aylandi

Patson Daka «Gamburg» futbolchisiga aylandi

Patson Daka «Gamburg» bilan 1+1 ko'rinishidagi shartnoma imzoladi. Zambiyalik hujumchi yangi jamoasida 27-raqam ostida to'p tepadi.

Patson Daka — «Gamburg» futbolchisi! Zambiyalik hujumchi klub bilan 1+1 ko'rinishidagi shartnoma imzoladi.

💬 Patson Daka:

Bu yerda ekanligimdan juda xursandman va ishni boshlashni intiqlik bilan kutyapman. Men ishtiyoqli va shijoatli futbolchiman, vazifam — gollar urish. O'ylaymanki, jamoaga aynan shu bilan yordam bera olaman. Klubning bir nechta o'yinini tomosha qildim. Bu juda qiziqarli jamoa va uning bir qismi bo'lganimdan baxtliman. Klub rahbariyati meni juda iliq kutib oldi va boshidanoq bu yerda deyarli oilaviy muhit hukm surayotganini his qildirdi. Men uchun hammasi darhol oydinlashdi, shuning uchun uzoq o'ylashimga to'g'ri kelmadi. Ko'plab ijobiy suhbatlar bu qarorni qabul qilishimni juda osonlashtirdi.

💬 Klaus Kosta:

Patson bizning o'yin modelimiz uchun zarur bo'lgan ko'plab sifatlarga ega. U energiya, tezlik va bo'sh zonalarga chiqish qobiliyatini yuqori intensivlikdagi pressing bilan uyg'unlashtiradi. Shu tufayli u bizga ham yuqori pressingda, ham himoyadan hujumga tez o'tishda qo'shimcha imkoniyatlar beradi. Muzokaralarimiz davomida Patson juda mulohazali, kamtar va ambitsiyali inson taassurotini qoldirdi. Uning endilikda oilamizning bir qismi bo'lganidan xursandmiz.

Patson Daka Yevropaga 2017-yilda Avstriyaning «Lifering» klubi orqali kirib kelgan. Yarim yildan so'ng u «Zalsburg»ga o'tdi. Klub safidagi statistikasi: 125 ta o'yin, 68 ta gol va 27 ta golli uzatma.

2021-yil yozida Daka «Lester»ga o'tdi va o'tgan mavsum oxirigacha shu jamoada to'p tepdi: jami 165 ta o'yin, 29 ta gol va 18 ta uzatma. Zambiya terma jamoasida hujumchi 2015-yilda debyut qilgan (48 ta o'yin, 21 ta gol). «Gamburg»da zambiyalik futbolchi 27-raqam ostida harakat qiladi.

Bog'liq yangiliklar

Yunus Emre Konak «Linkoln Siti»ga o'tdi

Yunus Emre Konak «Linkoln Siti»ga o'tdi

Yunus Emre Konak «Brentford»dan «Linkoln Siti»ga ijaraga o'tdi. Futbolchi «Brentford» bilan shartnomasini 2031-yilgacha uzaytirdi.

Rasman: Yunus Emre Konak «Linkoln Siti» futbolchisiga aylandi.

U mavsum oxiriga qadar sotib olish huquqisiz ijaraga berildi. Omad tilaymiz!

Shuningdek, Yunus «Brentford» bilan shartnomasini 2031-yilga qadar uzaytirdi. Kelishuv yana bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan imzolangan.