Tyerri Anri Xarri Keynning mehnatkashligini alohida e'tirof etdi
Tyerri Anri Xarri Keynning mehnatkashligi va o'yin uslubidagi evolyutsiyasi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Tyerri Anri Xarri Keynning g'alabasi haqida:
«Bu Xarri Keyn uchun mutlaqo haqli edi. U mehnatkashlikning mukammal namunasi — siz farzandlaringizga qarab: «Haqiqatan ham ko'p mehnat qilsangiz, nimalar bo'lishini ko'ring», deb ayta olasiz. U ijara asosida o'ynagan barcha jamoalarga qarang — «Lester», «Milluoll», «Norvich». U sof to'purar edi va qanday evolyutsiya qilganini, qanday aqlliroq bo'lganini, qanday qilib yarim himoyaga tushayotganini ko'ring.
U himoyalanadi, hujum qiladi, ortga qaytadi va to'pni ikkita markaziy himoyachi o'rtasida qabul qilib oladi. U burchak zarbasidan so'ng darvozadan o'yinni boshlashda «Bavariya» oldingi chiziqda uch nafar o'yinchini qoldirganini anglagan holda harakat qiladi. U voqealardan oldinroq fikrlaydi. U universal o'yinchi, shuning uchun «Oltin to'p» mutlaqo haqli edi va bu mashaqqatli mehnatga to'la faoliyat uchun mukofotdir. Buning uchun katta hurmat ko'rsatish kerak».