Union Berlin Bundesliganing navbatdagi turida Augsburg maydonida durang o'ynadi. Jamoa o'yinning katta qismini kamchilikda o'tkazdi.
Fuh, qutildik; o'yinning katta qismini kamchilik bo'lib o'tkazib, birinchi bo'lib gol o'tkazib yuborgan bo'lsak-da, Augsburgda bir ochkoni sug'urib oldik 😅
Mavsum starti biz uchun juda og'ir kechmoqda, mayli, hechqisi yo'q, endi Kubok doirasida Kyolnga qarshi kurashish uchun yo'l olamiz 🚂
RB Leipzig bosh murabbiyi Marko Roze jamoaning joriy holati, «Ayntraxt»ga qarshi o'yin va Maks Finkgrefning kelajagi haqida gapirdi.
🎙| Marko Roze bugungi matbuot anjumanida...
...uzoq tanaffus haqida:
Men bu vaqtdan imkon qadar unumli foydalanishga harakat qildim. O'ylaymanki, vaziyatni xotirjam tahlil qilishimiz uchun bu ikki hafta bizga juda qo'l keldi. Vaziyatga boshqa tomondan qarash imkoniyati har doim muhim. Masalan, o'rtoqlik o'yini o'tkazish uchun menda futbolchilar yetarli emasdi. Shunga qaramay, biz ajoyib ishladik. Shu yerda qolgan futbolchilar qattiq shug'ullanishdi. Men shaxsan, albatta, birinchi navbatda vaziyatni tahlil qilib chiqdim. Chunki mening fikrimcha, to'p nazorati borasida ko'p narsani to'g'ri bajaryapmiz, ammo to'psiz harakat qilganda ko'p jihatlarni yaxshilashimiz kerak. O'ylaymanki, Leverkuzendagi birinchi bo'limni yaxshi o'tkazdik, ammo keyin bir-ikki vaziyatda noto'g'ri himoyalandik va hisobda ortda qolib ketdik. Shu bois video tahlil bo'limi bilan yaxshi tahlil qildik, chorshanba kuni butun guruh bilan aniq urg'ularga ega bo'lgan yaxshi tahlil o'tkazdik. Va o'ylaymanki, yigitlar oxirgi uch kun davomida a'lo darajada shug'ullanishdi, shuning uchun kayfiyatimiz allaqachon yaxshi. Endi faqat «Ayntraxt» kabi yaxshi jamoaga qarshi yaxshi o'yin ko'rsatib, uch ochkoni qo'lga kiritish qoldi.
...og'ir taqvim haqida:
Rahbariyatimizning maqsadlari bor, ular biz g'alaba qozonganimizda xursand bo'lishadi. Va aniqki, ular tarkibimizdan ko'proq narsani kutishmoqda. Xuddi men kabi, har bir futbolchi va har bir xodim kabi. Shuning uchun shu lahzadan boshlab biz faqat «Ayntraxt» haqida o'ylashimiz kerak, keyin esa har hafta, har bir vaziyatda, har bir o'yinda – shunchaki o'ylashimiz kerak. Ammo ha, men bu bosimni juda kutyapman, chunki oxir-oqibat bu adrenalin, futboldagi eng yaxshi tuyg'u – g'alaba qozonish va katta maqsadlarga erishish uchun bosim ostida o'ynash. Shuning uchun men juda xursandman.
...Finkgref haqida:
Maks kam vaqt oldi, lekin men undan mamnunman. U har doim jangovar kayfiyatda, maydonda juda ijobiy, har kuni borini beradi va u yaxshi mavsumoldi tayyorgarligini o'tkazdi. Keyin, turli kadrlar muammolari tufayli biz turli o'zgarishlar qildik. Ayni damda asosiy tarkibda David o'ynamoqda. Ammo Maks bizga baribir kerak. Takrorlayman, bizga har bir pozitsiyada har bir futbolchi kerak. Biz doimo o'zaro muloqotdamiz. Shuning uchun u o'z o'yinini yoki daqiqalarini oladi, shunchaki tayyor bo'lish va kurashishda davom etish kerak.
Bavariya yarim himoyachisi Jamal Musiala o'zining jismoniy holati va o'yinlar haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Jamal Musiala:
Har bir g'alaba va har bir o'yin ulkan mehnat hamda energiya talab qiladi. O'zimni juda yaxshi his qilyapman, har bir o'yin men uchun oldinga tashlangan qadam.
90 daqiqa o'ynashga muvaffaq bo'ldim, buni ancha vaqtdan beri qilmagandim. Oldinda kutayotgan voqealarni intizorlik bilan kutyapman
«Bavariya» hujumchisi Harri Keyn jamoasining so'nggi o'yindagi g'alabasi va ko'rsatgan o'yini haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Harri Keyn:
Natijadan juda mamnunman. Biz sabrli bo'lishimiz kerak edi, ammo birinchi bo'limda ham yaxshiroq o'ynadik deb hisoblayman, ularning darvozaboni bir nechta ajoyib seyvlarni amalga oshirdi.
Biz xotirjamlikni saqlab qoldik va hujum qilishda davom etdik. Erta urilgan gol bizga yordam berdi. O'tgan mavsumda o'yin davomida kuchayib borishimizni ko'rsatgan edik. Biz yaxshi o'yin ko'rsatib, muxlislarimiz qarshisida 3 ochkoni qo'lga kiritishni istagandik. Buni uddalaganimizdan xursandman.
Palinya va Saragosadan farqli o'laroq, ular mos ravishda «Benfika» va «Espanyol»ga o'tishmoqda, Boey esa hali hamon hech qanday aniq taklif yoki so'rov obyekti emas.
Bild xabariga ko'ra, «Bavariya» jamoaviy suratlar kelgusi oylar uchun dolzarb bo'lib qolishini istaydi. Aynan shu sababli klub rahbariyati Boeyni suratga kiritmaslikka qaror qildi, chunki ular futbolchining jamoadan ketishini tezlashtirmoqchi.
Union Berlin Rani Xedira bilan shartnomani yakunigacha saqlab qoladi va Pizadan Mishel Ebisherni 3,5 million yevro evaziga o'z safiga qo'shib oladi.
Rani Xedira va Mishel Ebisher bilan bog'liq so'nggi yangiliklar:
– Rani Xedira shartnomasi yakuniga qadar, ya'ni joriy mavsum oxirigacha jamoada qoladi.
– Gianluca Di Marzio xabariga ko'ra, «Union» «Piza» bilan Mishel Ebisher transferi bo'yicha 3,5 million yevro va bonuslar evaziga kelishuvga erishdi.
Agar Andras Shefer hujumga yaqinroq pozitsiyada o'ynatilishini inobatga olsak, «Union» tayanch zonasida Xedira, Kemlyayn, Ebisher va Xaberer (uni hozircha sotishning imkoni bo'lmayapti) bilan mavsumni o'tkazadi – bu yomon tarkib emas.
RB Leipzig bosh murabbiyi Micho matbuot anjumanida Bakayoko, Nkunku, Baumgartner va jamoaning kelgusi o'yinlar uchun tayyorgarligi haqida fikr bildirdi.
Micho matbuot anjumanida Bakayoko haqida shunday dedi:
Bakayoko bizdan nima talab qilinishini juda yaxshi biladi. Biz futbolchilar bilan muloqot qilamiz, har bir pozitsiyadan, har bir o'yinchidan nima kutayotganimizni ko'rsatamiz. Agar futbolchi hech qachon asosiy tarkibda maydonga tushmasa, men buning sababini juda yaxshi bilaman, lekin tinimsiz mehnat qilish futbolchining mas'uliyati. Ular buning uchun har oy maosh olishadi. Shuning uchun, bu yerga kelib ishlamaslik uchun hech qanday bahona yo'q. Har doim o'ziga ajratilgan vaqtdan norozi futbolchilar bo'ladi, lekin bizga har bir o'yinchi kerak, ular buni bilishadi. Yil yakunida qandaydir o'zgarishlar bo'ladimi, ko'ramiz.
Nkunku va Baumgartner haqida:
Ularning barchasi har xil sifatlarga ega, ular deyarli o'xshash pozitsiyalarda o'ynashadi. Bunday ikki futbolchidan himoyalanish raqib uchun oson emas. Ammo biz jamoaga barqarorlik ham olib kirishimiz kerak. Baumi bugun maydonda yo'q edi, u tiklanish dasturi bo'yicha shug'ullandi. Shanba kuniga kim yaxshiroq tayyor bo'lishini ko'ramiz.
Ko'p gol urilayotgani haqida:
Gollardan juda xursandman, biz boshidanoq jozibali futbol o'ynashni xohlayotganimizni aytgan edik. Ammo murabbiy sifatida mening vazifam himoyani ham rivojlantirishdir. Kim gol urishi muhim emas, muhimi jamoa uch ochkoni qo'lga kiritishi. Biz har doim keyingi qadam haqida o'ylashimiz kerak. Ulardan biri – gol o'tkazib yubormaslik.
Rotatsiya haqida:
Biz «Union»ga qarshi eng kuchli tarkibimiz bilan boshlaymiz. Kim eng kuchlisi? Buni shanba kuni ertalab hal qilamiz.
Jamal Musiala Germaniya terma jamoasining Niderlandiyaga qarshi o'yinida asosiy tarkibda maydonga tushishga tayyor.
🚨 Jamal Musiala payshanba kuni Germaniya terma jamoasi safida Niderlandiyaga qarshi o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushishga tayyor ekanligini his qilmoqda.
✔️ Musiala o'z organizmi dori-darmon bilan davolash kursiga ijobiy munosabat bildirganidan so'ng ajoyib jismoniy holatda.
👀 Juma kuni «Union»ga qarshi 90 daqiqa o'ynaganidan so'ng, u endi yana ketma-ket o'yinlarni asosiy tarkibda boshlashga qodir.
Vensan Kompani "Elversberg"ga qarshi o'yin, jamoa tarkibidagi holat va futbolchilarning ruhiy holati haqida gapirdi.
✨🎤 Vensan Kompani ertaga Bundesliganing yangi jamoasiga qarshi uchrashuv haqida:
Biz har bir o'yinga jiddiy yondashamiz. "Elversberg"ga qarshi o'ynayotganimizdan va bu jamoa bilan bellashuv kutayotganidan xursandman. Har bir mavsum yangi sinovlarni olib keladi. Men raqib, murabbiy va klub haqida yangi narsalarni o'rganishdan doim mamnunman.
Bu men futbolda yaxshi ko'radigan narsa. Faqat bitta narsa bor: qayerga bormaylik, biz doimo "Bavariya"ni munosib taqdim etishni istaymiz. Bu biz uchun yangi joy, lekin biz baribir o'sha "Bavariya"ni ko'rsatmoqchimiz.
✨🎤 Raqib uslubi haqida:
O'tgan hafta "Shalke"ga qarshi o'ynagan edik, bu hafta esa "Elversberg"ga qarshi o'ynaymiz va har ikki jamoa ham [ikkinchi ligada] turli yo'llar bilan muvaffaqiyatga erishgan.
"Elversberg" ko'proq to'pga egalik qilish va to'p bilan qarorlar qabul qilishga tayangan bo'lsa, "Shalke" ko'proq qarshi hujumdagi pressing va o'tishlarga e'tibor qaratgan. Bu ma'lumotlarda yaqqol ko'rinib turibdi.
✨🎤 Kompani Olisening yaqinda bergan intervyusi haqida:
Maykl bilan intervyu olgan jurnalist uning virusli bo'lib ketganidan xafa deb o'ylaysizmi? Agar hamma mening javoblarim kabi javob bersa, hech narsa virusli bo'lmaydi.
Ishontirib aytamanki, hech bir homiy va hech bir jurnalist Mayklning odobi haqida yomon gapirmaydi. Biz narsalarni aralashtirib yubormasligimiz kerak.
✨🎤 Kompani Serj Gnabrining ertaga maydonga tushishi mumkinligi haqida:
Serj mashg'ulot o'tkazmoqda, lekin biz bugun qaror qabul qilamiz. O'ylaymanki, u ertaga yoki "Union"ga qarshi o'yinda ishtirok etadi, lekin biz hali Serj bilan gaplashib olishimiz kerak.
U bizga zarba berayotganda yoki burilayotganda biror narsa sodir bo'lishi mumkinligini his qilmayotgani haqida signal berishi kerak. Qolganlar safda va tayyor.
✨🎤 Kompani mavsum boshida ko'plab qulay imkoniyatlarni boy bergan Luis Dias haqida:
Unga shunchaki yakuniy nuqtani qo'yish yetishmayapti. Uning energiyasi joyida va u doimiy xavf tug'dirmoqda. Lekin avvalo bu pozitsiyalarga kirib borish, himoyachilar ortiga yugurishni davom ettirish kerak.
Hozirgi vaqtda u shunday vaziyatlarga tushib qolmoqda va balki yakuniy bosqichda biroz omadi kelmayapti — zarba bloklanmoqda yoki boshqa o'yinchi oyog'ini qo'ymoqda. Lekin eng muhimi, u vaziyatlar yaratmoqda va xotirjamlikni saqlashi kerak, shunda u yana gol ura boshlaydi.
✨🎤 Kompani Boening klubda qolganidan keyin u bilan qanday ishlash haqida:
So'nggi ikki yarim yil ichida Maks Eberl va Kristof Froynd bilan ishlagan holda ko'rganim shuki, klub o'z o'yinchilari bilan munosabatlarda aniq va to'g'ri yo'l tutadi. Bu o'yinchi uchun har doim ham yoqimli emas, lekin siz o'yinchilar bilan aniq va halol gaplashganingizda ularning katta hurmatiga sazovor bo'lasiz.
Endi transfer oynasi yopildi va Sasha jamoamizning bir qismi hamda bizning qo'llab-quvvatlashimizga ega. Mening hozirgi vazifam — u o'zini ko'rsatishi. Lekin haqiqat shundaki, bizda bu pozitsiyada Yosip Stanishich va Konrad Laymer bor, raqobat esa allaqachon qattiq. Shuning uchun sizga sabr va og'ir mehnat kerak. Lekin futbolda, agar to'g'ri munosabatda bo'lsangiz, har narsa sodir bo'lishi mumkin. Biz shunchaki unga hurmat bilan munosabatdamiz. U hozir juda yaxshi mashg'ulot o'tkazmoqda va qolgan hamma narsa o'z o'rniga tushadi.
Bild xabariga ko'ra, Ansah Angliyaga yo'l oldi va yaqin orada "Hull City" bilan shartnoma imzolaydi. Transfer summasi 22 million yevroni tashkil etadi.
Bild xabariga ko'ra, Ansah allaqachon Angliyaga yo'l olgan. Tomonlar barcha masalalarda kelishib olishgan va yaqin vaqt ichida u "Hull City" futbolchisi sifatida rasman tanishtiriladi.
Kelishuv 22 million yevroni tashkil etadi (bonuslar bilan birga). Bu "Union" tarixidagi eng qimmat sotuv bo'lishi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Ansah bir yil avval "Paderborn"dan 4 million yevro evaziga transfer qilingan edi.