Barchasi Transfer Matbuot Natijalar Umumiy ↔ Bog'langan

OKMK Olmaliq — yangiliklari Umumiy

OKMK Olmaliq va bog'liq yangiliklar

Superliga: Oktyabr oyining eng yaxshi murabbiyi bo'lishga nomzodlar ma'lum

Superliga: Oktyabr oyining eng yaxshi murabbiyi bo'lishga nomzodlar ma'lum

O'zbekiston Superligasida oktyabr oyining eng yaxshi murabbiyi bo'lishga nomzodlar e'lon qilindi.

Superliga. Oktyabr oyining eng yaxshi murabbiyi (nomzodlar)

🔵 Aleksandr Xomyakov (Buxoro) — 4 o‘yin, 2 g‘alaba, 2 durang, to‘plar farqi 6:4

🟡 Mirjalol Qosimov (OKMK) — 4 o‘yin, 3 g‘alaba, 1 durang, to‘plar farqi 7:4

🔵 Timur Kapadze — 4 o‘yin, 2 g‘alaba, 2 durang, to‘plar farqi 6:4

🟢 Islombek Ismoilov — 3 o‘yin, 2 g‘alaba, 1 durang, to‘plar farqi 9:5

O'zbekiston futboli mavsumini kuz-bahor tizimiga o'tkazish taklif qilindi

O'zbekiston futboli mavsumini kuz-bahor tizimiga o'tkazish taklif qilindi

O'zbekiston futboli mavsumini kuz-bahor tizimiga o'tkazish bo'yicha Liga ishchi rejasi taklif qilindi. Yakuniy qaror barcha tomonlar bilan kelishilgan holda qabul qilinadi.

Umumiy yig'ilish vakillariga klublar futboli mavsumini kuz-bahor tizimiga o'tkazish bo'yicha Liga ishchi rejasi taklif qilindi

Bu borada yakuniy qaror bevosita klublar, O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi, futbol jamoatchiligi vakillari va boshqa tegishli tashkilotlar bilan kelishilgan tartibda qabul qilinadi

Superliga: Sentyabr oyining eng yaxshi murabbiyi nomzodlari e'lon qilindi

Superliga: Sentyabr oyining eng yaxshi murabbiyi nomzodlari e'lon qilindi

Superligada sentyabr oyining eng yaxshi murabbiyi bo'lishga nomzodlar ro'yxati e'lon qilindi.

⚽️ Superliga. Sentyabr oyining eng yaxshi murabbiyi (nomzodlar)

🟡 Kamoliddin Tojiyev (Paxtakor) — 3 o‘yin, 3 g‘alaba, to‘plar farqi 8:2

🔵 Ro‘ziqul Berdiyev (Nasaf) — 3 o‘yin, 3 g‘alaba, to‘plar farqi 13:3

🟡 Mirjalol Qosimov (OKMK) — 3 o‘yin, 2 g‘alaba, 1 mag‘lubiyat, to‘plar farqi 4:4

🔵 Timur Kapadze (Navbahor) — 3 o‘yin, 2 g‘alaba, 1 durang, to‘plar farqi 8:4

🟡 Anvar G‘ofurov (Surxon) — 3 o‘yin, 2 g‘alaba, 1 mag‘lubiyat, to‘plar farqi 3:3

Superliga: OKMK Bunyodkor ustidan ishonchli g'alabaga erishdi

Superliga: OKMK Bunyodkor ustidan ishonchli g'alabaga erishdi

Superliga 16-turida OKMK safarda Bunyodkor ustidan 3:1 hisobida g'alaba qozondi.

Superliga 16-turidan o'rin olgan bahsda Bunyodkor va OKMK jamoalari to'qnash kelishdi.

Uchrashuv 1:3 hisobida OKMK foydasiga hal bo'ldi.

Gollar: Dmitri Pletnyov (26) — Siavash Haqnazari (33, pen), Nodirbek Abdurazzoqov (39), Aziz Xolmurodov (42)

Olg'a, konchilar ⛏️

OKMK futzal jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Petrov bilan xayrlashdi

OKMK futzal jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Petrov bilan xayrlashdi

OKMK futzal jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Petrov bilan tuzilgan mehnat shartnomasi o‘zaro kelishuvga ko‘ra bekor qilindi.

OKMK futzal jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Petrov bilan tuzilgan mehnat shartnomasi tomonlarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra bekor qilindi.

Aleksandr Petrov 2014-yildan boshlab to 2026-yilga qadar – salkam 12 yil davomida Olmaliq futzalida samarali faoliyat olib bordi. U jamoamiz rivoji, klub o'yin falsafasining shakllanishi va uning mamlakatning eng yetakchi jamoalaridan biriga aylanishiga munosib hissa qo‘shdi. Tajribali mutaxassis qo‘l ostida jamoamiz ichki arenalarda yuzlab yorqin g‘alabalar va unutilmas tantanalarni taqdim etdi.

Unga ko‘ra, Aleksandr Petrov boshqaruvida jamoa 5 karra O‘zbekiston chempioni, 3 karra kumush medali va 1 bor bronza medali sovrindori, shuningdek, 4 karra O‘zbekiston Kubogi sohibi hamda 3 karra O‘zbekiston Superkubogi sohibi bo‘lgan.

Aleksandr Petrov boshqaruvida OKMK futzal jamoasining qo‘lga kiritgan yutuqlari:
2014/15 — Chempion (Ilk tarixiy chempionlik)
2015/16 — Chempion
2016/17 — Chempion
2016/17 — O‘zbekiston Kubogi sohibi
2018 — Chempion
2018 — O‘zbekiston Kubogi sohibi
2019 — Chempion
2019 — O‘zbekiston Kubogi sohibi
2020/21 — Vitse-chempion
2020/21 — O‘zbekiston Kubogi sohibi
2020/21 — O‘zbekiston Superkubogi sohibi
2021/22 — Vitse-chempion
2021/22 — O‘zbekiston Superkubogi sohibi
2022/23 — Vitse-chempion
2022/23 — O‘zbekiston Superkubogi sohibi
2023/24 — Bronza medali sovrindori

OKMK futbol klubi rahbariyati, jamoamiz a’zolari va minglab sodiq muxlislari nomidan Aleksandr Petrovga ko‘p yillik fidokorona mehnati, tarixiy g‘alabalari va klubimiz taraqqiyotiga qo‘shgan beqiyos hissasi uchun chuqur minnatdorchilik bildiramiz. Biz bilan butun boshli oltin davrni yaratgan qadrli murabbiyimizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt va kelgusi professional faoliyatida yangi cho‘qqilarni zabt etishini tilab qolamiz!

ISLOHOTLAR VA KELAJAKKA NIGOH

Ta'kidlash joizki, bugungi kunda O'zbekiston futzal federatsiyasi tomonidan e'lon qilingan keng ko'lamli islohotlar fonida mamlakatimiz futzali mutlaqo yangi tizimga o'tmoqda. Unga ko'ra, Oliy liga klublari endilikda alohida mustaqil yuridik shaxs (MChJ) sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tib, to'liq mustaqil boshqaruv va moliyaviy faoliyat tizimiga o‘tadi. Shuningdek, tarkibni 18 nafardan 25 nafargacha cheklash, futzalchilarni uchta aniq toifaga ajratish hamda 2009-yilda tug'ilgan yosh iqtidorlarga muntazam o'yin amaliyoti berish kabi qat'iy talablar joriy etilmoqda.

Aynan mana shu tub yangilanishlar va islohotlar davrida OKMK futzal jamoasi ham o'z taraqqiyotining mutlaqo yangi bosqichiga qadam qo'ymoqda. Klubimiz ushbu zamonaviy talablarga hamohang ravishda o'z boshqaruv tizimini takomillashtirib, yangicha tarkib toifalari va yangilangan murabbiylar shtabi bilan yangi mavsumga hozirlik ko'rmoqda.

Tez orada jamoamizning kelgusi rejalari hamda yangi mavsum oldidan bo'layotgan qizg'in tayyorgarlik jarayonlari haqida batafsil ma'lumot beramiz.

Bog'liq yangiliklar

«Surxon» – «Andijon» uchrashuvi Zomin shahrida o‘tkaziladi

«Surxon» – «Andijon» uchrashuvi Zomin shahrida o‘tkaziladi

Superliganing 28-turidan o‘rin olgan «Surxon» – «Andijon» uchrashuvi Olmaliqdan Zomin shahriga ko‘chirildi.

🟡«Surxon» – «Andijon»🔵 uchrashuvi Zomin shahrida o‘tkaziladi

Ma’lumki, «Surxon» futbol klubi ayni vaqtda o‘z uy uchrashuvlarini vaqtincha Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida joylashgan OKMK sport majmuasida o‘tkazib kelmoqda.

Biroq Superliga taqvimiga muvofiq, 19-noyabr kuni «Surxon» jamoasi «Andijon»ni qabul qilishi, oradan bir kun o‘tib, ya’ni 20-noyabr sanasida esa OKMK jamoasi o‘z maydonida «Qizilqum»ga qarshi bahs olib borishi belgilangan.

Shu munosabat bilan, bir sport inshootida qisqa vaqt oralig‘ida ketma-ket ikkita yuqori darajadagi rasmiy uchrashuvning o‘tkazilishi maydon qoplamasi holatiga ortiqcha yuklama keltirib chiqarishi mumkinligi inobatga olindi.

O‘zbekiston professional futbol ligasi tomonidan mamlakatimizdagi futbol maydonlarining sifatini saqlash, tabiiy chim qoplamasini asrab-avaylash, sport inshootlaridan oqilona va samarali foydalanish hamda chempionat uchrashuvlarini munosib sharoitlarda tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Xususan, musobaqa davomida maydonlarning belgilangan talablarga javob berishini ta’minlash, futbolchilar uchun qulay va xavfsiz o‘yin sharoitlarini yaratish, shuningdek, uchrashuvlarning yuqori saviyada o‘tkazilishini ta’minlash ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.

Aynan shu omillarni inobatga olgan holda, O‘zbekiston professional futbol ligasi tomonidan 🟡«Surxon» – «Andijon»🔵 uchrashuvini Jizzax viloyatining Zomin shahrida o‘tkazish belgilandi.

Shu tariqa, «Surxon» jamoasi Superliganing 28-turidagi navbatdagi uy uchrashuvini Zomin shahrida o‘tkazadi. Mazkur o‘zgarish faqat uchrashuv o‘tkaziladigan manzilga taalluqli bo‘lib, bahsning belgilangan sanasi va boshlanish vaqti o‘zgarishsiz qoladi.

Hurmatli muxlislar va ommaviy axborot vositalari vakillari! «Surxon» futbol klubi matbuot xizmati barchangizdan uchrashuv manzili o‘zgarganini inobatga olishingizni hamda o‘yinni stadiondan kuzatishni rejalashtirgan muxlislar va OAV xodimlaridan tashriflarini yangilangan manzil asosida tashkil etishlarini so‘raydi. Klubimiz o‘z navbatida, mazkur tashkiliy o‘zgarish yuzasidan bildirilgan tushunish va qo‘llab-quvvatlov uchun barcha muxlislarga minnatdorlik bildiradi.
Lokomotiv - OKMK uchrashuvini boshqaradigan hakamlar ma'lum bo'ldi

Lokomotiv - OKMK uchrashuvini boshqaradigan hakamlar ma'lum bo'ldi

1-noyabr kuni bo'lib o'tadigan "Lokomotiv" - OKMK uchrashuvini boshqaradigan rasmiy hakamlar ro'yxati e'lon qilindi.

"Lokomotiv" - OKMK uchrashuvini Nayim Qosimov boshqaruvidagi hakamlar boshqaradi ☑️

"Lokomotiv" - OKMK
1-noyabr, 16:00
Bosh hakam: Nayim Qosimov
Qanot hakamlari: Zufar Eliboyev, Akmal G‘iyosov
Zaxira hakami: To‘rabek Suyunov
Nazoratchi: Ma’mur Saidqosimov
VAR hakamlari: Jasur Muxtorov, Shohrux Maqsudov (AVAR)
Komissar: Shahzod Xolboyev

Bahodir Mirzayev O‘zPFL Ijroiya qo‘mitasiga saylandi

Bahodir Mirzayev O‘zPFL Ijroiya qo‘mitasiga saylandi

Bahodir Mirzayev O‘zPFL Ijroiya qo‘mitasiga saylandi. OKMK klubi vakili ikkinchi turda g‘olib chiqdi.

⚽️Umumiy yig‘ilish Markaziy mintaqadan Bahodir Mirzayevni Ijroiya qo‘mitasiga sayladi

Birinchi turda Bahodir Mirzayev va Shavkat Saidov 50 foizdan kam ovoz olgani tufayli, Liga Ustaviga ko‘ra ikkinchi tur o‘tkazildi va unda OKMK klubi vakili g‘alaba qozondi

Surxon uy uchrashuvlarini vaqtincha Olmaliqda o'tkazadi

Surxon uy uchrashuvlarini vaqtincha Olmaliqda o'tkazadi

Surxon klubi Termizdagi stadion maysasi talablarga javob bermagani sababli, uy uchrashuvlarini vaqtincha Olmaliqdagi OKMK stadionida o'tkazadi.

Termiz shahridagi stadion maysasining hozirgi holati qoniqarsiz ekani hamda O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi (PFL) tomonidan belgilangan talab va standartlarga to‘liq javob bermasligi sababli, jamoamiz Superliga doirasidagi uy uchrashuvlarini vaqtincha Olmaliq shahridagi OKMK stadionida o'tkazadi.

Klubimiz tomonidan Termizdagi stadion maysasini belgilangan standartlar darajasiga keltirish bo‘yicha tegishli ishlar olib borilmoqda. Stadion PFL talablariga to‘liq mos holatga keltirilgach, jamoamiz o‘z uy uchrashuvlarini yana Termiz shahrida o'tkazishni rejalashtirmoqda.