Rodrigo Mora «Roma»da 86-raqamni tanladi. Shu tariqa, Rim klubi tarixida 1 dan 99 gacha bo'lgan barcha raqamlar futbolchilar tomonidan ishlatib bo'lindi.
Rodrigo Mora «Roma» safida 86-raqamni tanladi. Bu raqam klubning 99 yillik tarixida shu paytgacha hech bir futbolchi tomonidan ishlatilmagan edi.
Yangi futbolchi avval «Portu»da ham aynan shu raqam ostida to'p surgan. Endilikda «Roma»da 1 dan 99 gacha bo'lgan barcha raqamlar kamida bir marta futbolchilarga nasib etgan.
Portu klubi himoyachi Bednarekning jarohati sababli maydon holati yuzasidan kompensatsiya talab qilmoqchi.
⚠️ "Portu" klubi himoyachi Bednarekning jarohati sababli kompensatsiya undirish uchun sudga murojaat qilmoqchi.
O JOGO xabariga ko'ra, "ajdarolar" Portugaliya Superkubogi o'tkazilgan "Eshtadiu Munisipal de Koimbra" maydonining holati yuzasidan Portugaliya futbol federatsiyasiga rasmiy shikoyat kiritishga qaror qildi.
Nashr ma'lumotlariga ko'ra, "Portu" kompensatsiya olishning huquqiy imkoniyatlarini o'rganmoqda. Himoyachi Bednarek aynan maydonning yomon holati tufayli jarohat olib, taxminan ikki haftaga safdan chiqqan. Koimbra munitsipaliteti rahbariyati allaqachon kelgusi oyda maysazorni almashtirish masalasini ko'rib chiqmoqda.
O'yindan bir kun oldin "Portu" vitse-prezidenti Tiagu Madureyra maydonning ayanchli holati tufayli futbolchilar jarohat olish xavfi borligidan ogohlantirib, klubning xavotir va noroziligini bildirgan edi. "Portu" Superkubokni aynan shu stadionda o'tkazish qarori qabul qilinganidan buyon maydon holatidan xavotirda bo'lgan va bu haqda iyul oyi boshida klublar hamda federatsiya o'rtasidagi ilk uchrashuvda rasman xabar bergan.
Portu Portugaliya Superkubogi bahsida Torriense ustidan g'alaba qozonib, o'z tarixidagi 25-sovringa ega chiqdi.
Portu Portugaliya Superkubogi bahsida Torriense ustidan 1:0 hisobida g'alaba qozondi. Shu tariqa, jamoa o'z tarixidagi 31-chempionlik unvoniga 25-Superkubokni qo'shib qo'ydi. 😎
«Roma» moliyaviy feyr-pley shartlari uchun yetakchi futbolchilarini sotmadi. Klub noyabr oyida UEFA qarorini kutmoqda.
31 iyul sanasi ortda qoldi, ammo ko‘pchilik kutgan yirik transferlar amalga oshmadi.
«Roma» klubi UEFA bilan tuzilgan moliyaviy feyr-pley kelishuvi shartlarini bajarish uchun o‘z yulduz futbolchilaridan hech birini sotmaslikka qaror qildi. La Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, Gasperini jamoa raqobatbardoshligini saqlab qolish maqsadida ushbu qarorni qo‘llab-quvvatlagan.
So‘nggi haftalarda «Roma» bir nechta jiddiy takliflarni rad etdi. «Inter»dan Janluka Manchini va Evan Ndika bo‘yicha, «Yuventus»dan Mile Svilar uchun 42 million yevrolik, «Portu»dan esa 22 million yevroga baholangan Nikkolo Pizilli bo‘yicha tushgan takliflar qabul qilinmadi. Endilikda barcha e’tibor noyabr oyida kutilayotgan UEFA qaroriga qaratilgan. Gazeta ma’lumotlariga ko‘ra, «Roma» 10-12 million yevro miqdorida jarimaga tortilishi hamda 2027/28 yilgi mavsum uchun UEFA turnirlariga ro‘yxatdan o‘tkaziladigan futbolchilar soni 25 nafardan 22 nafargacha qisqartirilishi mumkin.
Biroq, bundan ham jiddiyroq ssenariylarni tasavvur qilish qiyin. La Gazzetta dello Sport yozishicha, yangi futbolchilarni Yevropa musobaqalariga ro‘yxatdan o‘tkazishga taqiq qo‘yilishi yoki kubok turnirlaridan chetlatilish ehtimoli kam. Niondan esa «Roma»ning moliyaviy holatini tiklash jarayoni bo‘yicha ijobiy xabarlar kelmoqda.