DiarioVCF resursi Ektor Gomesga tayanib, klubning transfer bozoridagi so'nggi urinishlari yakunlarini sarhisob qildi:
Asosiy tafsilotlar va insaydlar:
Andre Almeyda: Futbolchi ijara to'lovini amalga oshirmasdan, Santanderning Rasing klubiga ijaraga o'tdi.
Pedru Gonsalvesh: Portugaliyalik futbolchi ko'rshapalaklar uchun ustuvor maqsad edi, ammo Fiorentina yanada foydali taklif bilan chiqib, o'yinchini ilib ketdi.
Marvin Duksh: Klub nemis hujumchisini o'tishini rasmiylashtirishga urindi, biroq u bosh murabbiy Karlos Korberanning didiga mos kelmadi.
Karl Etta Eyong: Levante hujumchisi o'z xizmatlarini Valensiyaga taklif qildi, ammo qo'shni klub mutlaqo ko'tarib bo'lmaydigan summa so'radi.
Deadline vaqtidagi vaziyat:
Klubda bozor rasman yopilgani e'lon qilinmadi, ammo yana kimnidir tarkibga qo'shib olish juda qiyin bo'lishini tan olishmoqda.
Menga shunday tuyulyaptiki, biz xotirjam uyquga ketsak bo'ladi, — deya xulosa qildi jurnalist Luko Kortes.
Rahbariyatning transfer oynasining so'nggi kunlaridagi ishiga qanday baho berasiz? Yana so'nggi daqiqalardagi muvaffaqiyatsizlikmi?