Barchasi Transfer Matbuot Natijalar Umumiy ↔ Bog'langan

Inter Miami — yangiliklari Matbuot

Inter Miami va bog'liq yangiliklar

Cristian Romero: "Leo – tarixda eng buyuk futbolchi"

Cristian Romero: "Leo – tarixda eng buyuk futbolchi"

Argentina terma jamoasi himoyachisi Kristian Romero Lionel Messi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

🎙 Kristian Romero terma jamoa sardori sifatidagi ilk o'yini haqida:

Biz Argentina terma jamoasining HAQIQIY sardorini umrimizning oxirigacha sog'inamiz. Bizda HECH QACHON Leo kabi boshqa futbolchi bo'lmaydi. U – tarixda eng buyuk futbolchi. Leo barchamiz uchun namuna bo'lgan.
Joan Laporta: Messi uchun xayrlashuv uchrashuvini o'tkazishga tayyormiz

Joan Laporta: Messi uchun xayrlashuv uchrashuvini o'tkazishga tayyormiz

Joan Laporta Messi uchun stadion to'liq ta'mirlangach, maxsus xayrlashuv uchrashuvini o'tkazishga tayyor ekanliklarini ma'lum qildi.

Joan Laporta: «Biz stadiondagi ishlar yakunlangach, Messi uchun munosib taqdirlash marosimini o'tkazamiz. Albatta, agar u buni o'zi istasa, biz barchasini tashkil qilish uchun uning ixtiyorida bo'lamiz.

Men buni tez orada ko'rishimizga umid qilaman, chunki agar hammasi yaxshi ketsa, stadion to'liq, shu jumladan tomi bilan 2028-yilning boshida tayyor bo'ladi.

Hatto o'ylaymanki, bu marosimni stadion deyarli 105 000 o'ringa mo'ljallangan to'liq sig'imga ega bo'lganda o'tkazish mumkin. O'shanda Leo sharafiga o'yin tashkil etish imkoni bo'ladi va ishonchim komilki, o'sha kuni quyosh charaqlab turadi hamda barchamiz dunyoning eng yaxshi futbolchisi iste'dodi va unga bo'lgan muhabbatdan bahramand bo'lamiz.

Gap shundaki, biz katta quvonch bilan u uchun marosim uyushtiramiz va bu haqda har doim gapirganmiz — buni ommaviy tarzda ham, o'z vaqtida uning otasi Xorxe Messiga ham aytganmiz. Fursatdan foydalanib, chuqur ta'ziyamni izhor etaman va xotirasini yodga olmoqchiman, axir Leoning otasi ajoyib inson bo'lib, hayotida eng muhim rolni — dunyoning eng yaxshi futbolchisining otasi rolini o'ynagan, shunday emasmi? Va bu, shubhasiz, Xorxe uchun katta g'urur manbai edi».

Toni Kroos: "Oltin to'p"ga Xvicha Kvaratsxeliya loyiq"

Toni Kroos: "Oltin to'p"ga Xvicha Kvaratsxeliya loyiq"

Toni Kroos "Oltin to'p" uchun o'z favoritini aytdi. Uning fikricha, sovrinni Xvicha Kvaratsxeliya qo'lga kiritishi kerak.

💭 Toni Kroos:

"Oltin to'p" Xvicha Kvaratsxeliyaga nasib etishi kerak. Balki u yutmas, lekin men uchun u shubhasiz asosiy favorit.
Jahon chempionati yulduzlari bo'lgan Messi, Mbappe va Rodri o'z klublarida unchalik yorqin mavsum o'tkazishmadi.
Xvicha hozirgi vaqtda dunyodagi eng yaxshi jamoa deb hisoblanayotgan klubning eng yaxshi o'yinchisi.

Bog'liq yangiliklar

Lionel Skaloni: Misr va Angliyaga qarshi o'yinlar futbolchilar uchun ajoyib bo'ldi

Lionel Skaloni: Misr va Angliyaga qarshi o'yinlar futbolchilar uchun ajoyib bo'ldi

Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni Misr va Angliyaga qarshi o'yinlar haqida o'z fikrlarini bildirdi.

Lionel Skaloni: Misr va Angliyaga qarshi o’yin ko’pchilik futbolchilar uchun ajoyib o’tdi va hamma bundan zavq oldi. Biz hech qachon taslim bo’lmadik va bu biz qoldira oladigan eng yaxshi xabar edi.

Rafinya Lionel Messining rekordi haqida fikr bildirdi

Rafinya Lionel Messining rekordi haqida fikr bildirdi

Rafinya Lionel Messining rekordini yangilagani haqida gapirdi va argentinalik futbolchini barcha zamonlarning eng yaxshisi deb atadi.

Rafinya Lionel Messining rekordi haqida:

Menga allaqachon uning rekordini yangilaganimni aytishdi. Ammo biz barcha zamonlarning eng yaxshi futbolchisi haqida gapiryapmiz. Bizni solishtirishdan ma'no yo'q — Messi eng yaxshisi.
Diego Simeone: «Osasuna bilan o'yinga tayyormiz»

Diego Simeone: «Osasuna bilan o'yinga tayyormiz»

Atletiko Madrid bosh murabbiyi Diyego Simeone Osasuna bilan o'yin oldidan matbuot anjumanida jamoa holati va tarkibdagi o'zgarishlar haqida gapirdi.

Cholo Simeone «Osasuna»ga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— Daydi itlarning hurishi haqida:

Biz ba'zi odamlarning salbiy munosabatiga o'rganib qolganmiz, ammo bu o'sish jarayonining bir qismi, shuning uchun bu bizga hatto foydali. Biz hali ham jamoani shakllantiryapmiz, chunki besh nafar futbolchi ketdi va besh nafari keldi. Biz raqobatbardosh bo'lish uchun yaxshilandik, ammo bizga vaqt kerak, futbol esa buni kutib o'tirmaydi.

— Oltin to'p haqida:

Messi, shubhasiz. U o'tkazgan jahon chempionatidan keyin va uning yoshida? Hech qanday shubha yo'q.

— Alvares haqida:

Xulian Alvares hali ham tiklanish jarayonida. U ertaga maydonga tusha olmaydi.

— Devid haqida:

Jonatan ertaga asosiy tarkibda chiqadimi yoki ikkinchi bo'limda maydonga tushadimi, buni baholaymiz. U o'tgan safar juda yaxshi o'ynadi. Qarorni ertaga ertalab qabul qilamiz.

— Vargas haqida:

U kamtarin, mehribon va mehnatkash. U o'z imkoniyati kelguniga qadar shu yo'lda davom etishi kerak. U jamoaga kelganidan beri o'sha-o'sha ishtiyoqqa ega.
Gilermo Hoyos qo'l ostidagi jamoaning natijalari pasayib bormoqda

Gilermo Hoyos qo'l ostidagi jamoaning natijalari pasayib bormoqda

Gilermo Hoyos qo'l ostidagi jamoaning o'yin saviyasi pasayib ketdi. Xaver Maskerano ketganidan so'ng jamoada muammolar yuzaga keldi.

Mascheranoning jamoasi eng yomon kunida ham bu raqibga 6 ta gol urgan bo’lardi!

💔 Afsuski, Gilermo Hoyos qo’l ostidagi o’yin saviyasi talab darajasida emas va jamoaning natijalari keskin pasayib ketdi.

Messining omadsizligini qarang: Mascherano endigina jamoada zo’r tizim shakllantira boshlagan paytda shaxsiy sabablarga ko’ra ketishga majbur bo’ldi, mana endi mavsum o’rtasida uning o’rnini bosa oladigan munosib murabbiy topish qiyin 😤