Barchasi Transfer Matbuot Natijalar Umumiy ↔ Bog'langan

Sevilla — yangiliklari Umumiy

Sevilla va bog'liq yangiliklar

Ispaniya Kubogi: «Sevilya» raqibi aniqlanmoqda

Ispaniya Kubogi: «Sevilya» raqibi aniqlanmoqda

Ispaniya Kubogining birinchi bosqichida «Sevilya» havaskor jamoalar o'rtasidagi bahs g'olibi bilan to'qnash keladi.

Ispaniya Kubogining birinchi bosqichida «Sevilya» deyarli havaskor maqomidagi jamoaga qarshi maydonga tushadi!

27-29-oktyabr kunlari klub «Atletiko Gimar» - «Sporting Ortalesa» juftligi g'olibi bilan to'qnash keladi.

Ulardan birinchisi Kanar orollari mintaqaviy chempionatida, ikkinchisi esa Madrid mintaqaviy chempionatida ishtirok etadi.

«Ortalesa» birinchi o'yinda «Gimar»ni 1:0 hisobida mag'lub etgan. Qizig'i shundaki, bu 1964-yilda tashkil etilgan klub tarixidagi ilk Ispaniya Kubogi ishtiroki hisoblanadi. Hozir ular «Sevilya»ga qarshi o'yin o'tkazishga bir qadam masofada turibdi.

Markao jarohat oldi va bir necha haftaga safdan chiqdi

Markao jarohat oldi va bir necha haftaga safdan chiqdi

Markao kechagi o'yinda jarohat oldi. "Sevilya" himoyachisi uch haftadan sakkiz haftagacha bo'lgan muddatga safdan chiqdi.

❌ Kechagi o'yinda Markao o'ng oyog'ining kvadriceps mushagini jarohatlab oldi va uch haftadan sakkiz haftagacha bo'lgan muddatga safdan chiqdi.

Braziliyalik futbolchi 2025-yilning dekabr oyidan beri jarohatlar sabab maydonga tushmagan edi, so'nggi bir oy davomida esa jarohat qaytalanmasligi uchun individual dastur asosida shug'ullanayotgan edi.

Bog'liq yangiliklar