Aston Villa Chelsi himoyachisi Tosin Adarabioyoni Ezri Konsaga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda. Bu haqda Sky Sports xabar bermoqda.
Sky Sports jurnalisti Layall Tomas xabariga ko'ra, Aston Villa klubi Chelsi himoyachisi Tosin Adarabioyoga qiziqish bildirmoqda. Klub uni Ezri Konsaga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda, chunki Konsa Arsenalga o'tishga yaqin turibdi.
Fabrisio Romano xabariga ko'ra, «Milan» Diyego Moreyra transferi bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. O'yinchi bilan shaxsiy shartlar kelishilgan.
🚨 Fabrisio Romano xabariga ko'ra, «Milan» Diyego Moreyra transferi bo'yicha ilg'or muzokaralarni olib bormoqda. Klublar o'rtasidagi muzokaralar davom etmoqda, o'yinchi bilan esa shaxsiy shartlar allaqachon kelishib olingan.
Matteo Moretto xabariga ko'ra, Rayo Valyekano Pedrosani o'z safiga qo'shib olishni maqsad qilgan. Futbolchi klubning chap qanot himoyasi uchun asosiy variant.
Rayo Valyekano Pedrosani o'z safiga qo'shib olishni maqsad qilgan.
Matteo Moretto xabariga ko'ra, ispaniyalik futbolchi ayni damda Rayoning chap qanot himoyasi uchun asosiy variant hisoblanadi.
"Sevilla" Andres Kastrin bilan 2030-yilga qadar mo'ljallangan yangi shartnoma imzolashni taklif qildi.
✍️ "Sevilla" Andres Kastrin bilan 2030-yilga qadar mo'ljallangan yangi shartnoma imzolashni taklif qildi va uni asosiy jamoa tarkibiga qo'shishni rejalashtirmoqda!
Muzokaralar jarayonida har ikki tomon ham ijobiy kayfiyatda va shartnoma yaqin vaqt ichida imzolanishi mumkin.
Patrik Merkado jarohati sababli «Sevilya»ga o'ta olmaydi. Transfer rasman barbod bo'ldi.
❌ Patrik Merkado «Sevilya» futbolchisiga aylanmaydi — bu rasman tasdiqlandi. Ekvadorlik futbolchi bilan bog'liq vaziyatga nuqta qo'yildi.
Gonsalo Tortosa xabariga ko'ra, klublar o'rtasida dastlabki kelishuvga erishilgan bo'lsa-da, futbolchining tizza old xochsimon bog'lamlari uzilgani sababli u tibbiy ko'rikdan o'ta olmaydi. Shu bois, uning 6 million yevro evaziga «Sevilya»ga o'tishi imkonsiz bo'lib qoldi.
Xuanlu Sanches «Sevilya» bilan xayrlashdi. Futbolchi o'zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali klub muxlislari va xodimlariga minnatdorchilik bildirdi.
📝 Xuanluning «Sevilya» bilan ta'sirli xayrlashuvi:
«Ba'zida orzular haqiqatga aylanishidan ancha oldin ro'yobga chiqa boshlaydi.
Mening orzuim bolaligimda, «Sevilya»ga muxlislik qilib, o'sha paytdayoq faxr bilan kiyib yurgan libosni bir kun kelib professional futbolchi sifatida himoya qilish sharafiga muyassar bo'lishni orzu qilganimda boshlangan.
Men 2015-yilda, 12 yoshimda akademiyaga kelganman. O'shandan beri bu klub mening uyimga aylandi. Bu yerda men ham futbolchi, ham inson sifatida o'sdim. Men asosiy jamoada debyut qildim, hech qachon unutmaydigan tunlarni boshdan kechirdim va bolaligimda qoyil qolgan futbolchilar bilan bir kiyim almashtirish xonasini baham ko'rdim.
«Sevilya» tufayli men Ispaniyani barcha yosh toifalarida himoya qilish va yana bir orzuimni — Olimpiada oltin medalini qo'lga kiritish imkoniyatiga ega bo'ldim.
Bu lahza kelishini hech qachon o'ylamagandim. Har bir sevilyalik doimo shu yerda qolishni orzu qiladi. Ammo futbol doimiy o'zgarishda va biz birgalikda hammasini tahlil qilgach, klub va men yangi sahifa ochish vaqti keldi degan xulosaga keldik. Bu «Sevilya» bilan xayrlashuv emas, balki butun umr yodimda saqlaydigan bosqichning yakunidir.
Barcha murabbiylar, jamoadoshlar, klub xodimlari va eng avvalo, muxlislarga shu yillar davomida yonimda bo'lganliklari uchun rahmat.
Men har doim «Sevilya»ning shunchaki futbolchisi bo'lganimdan emas, balki har doim sevilyalik bo'lib qolishimdan faxrlanaman.
Sevilla klubining yirik aksiyadorlari klubni sotish huquqini Goldman Sachs bankiga topshirdi. Klub 400 million yevroga baholanmoqda.
🥱 Endi esa haqiqiy vaziyatga qaytamiz:
Sevilla klubining yirik aksiyadorlari klubni sotish huquqini Goldman Sachs Amerika bankiga topshirishdi. Ushbu bank 2024-yildan buyon Sevillani kreditlab kelmoqda. Klubni 400 million yevro evaziga sotish rejalashtirilmoqda (klub aksiyalarining 85 foizi).
Umumiy hisobda, klubning bank oldidagi qarzi 170 million yevrodan oshib ketgan. Bu mablag' 2034-yilga qadar to'lanishi kerak, aks holda ushbu qarz evaziga klub aksiyalari Goldman Sachs tasarrufiga o'tadi.
Sevilla Chelsi hujumchisi David Vashingtonni ijaraga olish bo'yicha muzokaralarni boshladi. Futbolchiga Strasbur ham qiziqish bildirmoqda.
Sevilla Chelsi klubiga David Vashingtonni ijaraga olish bo'yicha murojaat qildi.
Hozircha muzokaralar dastlabki bosqichda, ammo klub futbolchiga qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, Strasbur ham hujumchini to'liq transfer qilishni ko'zlamoqda.
21 yoshli hujumchi 2025 yilda Santosga ijaraga qaytgandi va u yerda 17 ta o'yinda atigi 1 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.
«Malyorka» Pedrosani o'z safiga qo'shib olishdan manfaatdor. «Rayo Valyekano» bilan muzokaralar boshi berk ko'chaga kirib qoldi.
«Malyorka» Pedrosani o'z safiga qo'shib olishdan manfaatdor.
«Rayo Valyekano» bilan muzokaralar boshi berk ko'chaga kirib qoldi. Ispaniyalik futbolchi faoliyatini yuqori divizionda davom ettirmoqchi, biroq «Malyorka» variantini ham inkor etmayapti.
Xulio Dias La Ligada ro'yxatdan o'tkazildi. "Sevilya" yozgi transfer oynasidagi barcha yangi futbolchilarini ro'yxatdan o'tkazib bo'ldi.
✅ Xulio Dias La Ligada ro'yxatdan o'tkazildi!
Ayni damda "Sevilya"ning yozgi transfer oynasidagi barcha 7 ta yangi futbolchisi, shuningdek, yosh o'yinchilar Oso va Kastrin ham ro'yxatdan o'tkazildi. Xose Ignasio Navarroning samarali mehnati evaziga jamoa birinchi turga murabbiy ishonch bildirayotgan 19 nafar futbolchi bilan yetib keldi. Shunga qaramay, yarim himoya chizig'ini kuchaytirish hamon dolzarb masala bo'lib qolmoqda.
MARCA xabariga ko'ra, "Sevilya" va "Rayo Valyekano" klublari Adrià Pedrosa transferi bo'yicha muzokaralarda sezilarli darajada oldinga siljishdi.
MARCA xabariga ko'ra, "Sevilya" va "Rayo Valyekano" klublari so'nggi soatlarda Adrià Pedrosa transferi bo'yicha muzokaralarda sezilarli darajada oldinga siljishdi. 📰
Katta ehtimol bilan, futbolchi sotib olish huquqi bilan ijaraga beriladi. ❤️
Sevilya futbolchilarining yangi raqamlari e'lon qilindi. Oso va Kastrin asosiy jamoa raqamlarini olishdi, ro'yxatdan o'tkazish bilan bog'liq vaziyat qanday?
Ayni damda asosiy tarkib futbolchilarining raqamlari quyidagicha ko'rinish olgan:
Ilenixena va "Sevilya" o'rtasidagi ijara kelishuvi "Al-Ittihod"ning moliyaviy talablari sababli barbod bo'lishi mumkin.
Ilenixena "Sevilya" bilan bir yillik ijara shartnomasi bo'yicha barcha shartlarni kelishib olgan edi, "Al-Ittihod" esa futbolchiga muzokaralar olib borish uchun ruxsat bergandi.
Biroq, shundan so'ng "Al-Ittihod" moliyaviy qiyinchiliklarga duch keldi va mablag'ga muhtoj bo'lib qoldi. Saudiya klubi endi futbolchini ijaraga berishni istamayapti va hujumchini 25 million yevro evaziga sotib yubormoqchi.
Har ikki tomon uchun ham juda murakkab vaziyat yuzaga keldi, yaqin kunlarda muzokaralar berk ko'chaga kirib qolishi mumkin.
«Sevilya» Patrik Merkado transferidan rasman voz kechdi. Klub bunga futbolchining jismoniy holati sabab bo'lganini ma'lum qildi.
❤️ «Sevilya» Patrik Merkado bilan shartnoma imzolashdan voz kechganini rasman ma'lum qildi.
Yaqinda OAVda ekvadorliklar «Sevilya»dan dastlabki kelishuvni buzgani uchun 3 million jarima talab qilmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgandi. O'z navbatida, klub ushbu kelishuvdagi bandga tayanib, futbolchining jismoniy holati tufayli transferdan voz kechish huquqiga ega ekanini ta'kidladi va aynan shu sababli kelishuv barbod bo'ldi.
Robbi Yur «Sevilya» safiga kelib qo'shildi. Futbolchi bilan 2031-yilga qadar shartnoma imzolandi.
🚨 Rasman!
Robbi Yur — «Sevilya» futbolchisi!
To'liq transfer summasi 6,5 million yevroni tashkil etadi, shuningdek, 2,5 million yevro bonus sifatida ko'zda tutilgan. Tomonlar 2031-yilga qadar mo'ljallangan shartnoma imzolashdi ✍️
Xoan Xordan «Eshtrela» bilan shartnoma imzolash uchun Lissabonga yetib keldi. «Sevilya» yozda eng ko'p maosh oluvchi 4 nafar futbolchisi bilan xayrlashdi.
👏 Bravo Xose Ignasio Navarro!
Xoan Xordan Portugaliyaning «Eshtrela» klubi bilan shartnoma imzolash uchun Lissabonga yetib keldi.
Transfer narxi 0 yevroni tashkil etadi, futbolchi klubning maoshlar fondini sezilarli darajada bo'shatadi.
📰 Zona Mixta
Yozgi transfer oynasi davomida klub jamoaning eng ko'p maosh oluvchi 4 nafar futbolchisi bilan xayrlashdi: Nyanzu, Mir, Xordan va Sou.
Xuanlu "Bornmut" bilan shartnoma imzolash uchun Angliyaga yo'l oldi. Futbolchi "Sevilya" muxlislari bilan xayrlashdi.
✈️ Xuanlu "Bornmut" bilan shartnoma imzolash uchun Angliyaga yo'l oldi!
"Bular "Sevilya"dagi ajoyib yillar edi va biz albatta yaqin orada ko'rishamiz. Men doimo sizlar bilan birga bo'laman va "Sevilya"ga muxlislik qilaman".
Fabrisio Romano xabariga ko'ra, «Bornmut» «Sevilya» himoyachisi Xuanlu transferi bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. O'yinchiga shartnoma taklif qilingan.
🚨 Fabrisio Romano xabariga ko'ra:
«Bornmut» «Sevilya» bilan Xuanlu transferi bo'yicha ilg'or muzokaralar olib bormoqda! O'yinchiga shaxsiy shartnoma taklif qilingan.