Superliga 27-turida Nasaf mehmonda Buxoroni mag'lub etdi. O'yindagi yagona gol 90-daqiqada Oybek Rustamov tomonidan kiritildi.
Superliga 27-turidan o'rin olgan bahsda Buxoro o'z maydonida Nasafni qabul qildi. Uchrashuv mehmonlarning minimal hisobdagi g'alabasi bilan yakunlandi.
O'yinning 85-daqiqasida Buxoro futbolchisi Sardor Qulmatov qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Uchrashuv yakunlanishi arafasida, ya'ni 90-daqiqada Oybek Rustamov raqib darvozasini ishg'ol qilib, Nasafga uch ochkoni taqdim etdi.
Superliga 22-turida "Bunyodkor" "Buxoro"ni mag'lub etdi. Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida jamoasining o'yini va mag'lubiyat sabablari haqida gapirdi.
Superliga 22-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" – "Buxoro" (2:1) uchrashuvidan keyin "Buxoro" bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Uchrashuvda Shahzodjon Ne’matjonov (8-daqiqada 1:0), Temur Mamasidiqov (34-daqiqada 1:1) va Abdulhamid Ikromov (45+1-daqiqada 2:1) gol mualliflari bo'lishdi.
Raqib jamoani tabriklaymiz. Ularning so'nggi o'yinlarda borgan sari yaxshilanib borayotgani ko'rinib turgandi, murabbiy kelishi bilan, hissiyotlar... Yosh yigitlar harakat qilishyapti, bor kuchlarini berishyapti, futbol o'ynashni xohlashyapti va bu o'z natijasini beryapti. Biz haqimizda esa nimayam derdim... Agar siz hali g'alaba qozonmagan bo'lsangiz, unda biz siz bilan o'naymiz. Yordam beramiz va g'alaba qozonasiz.
Birinchi bo'limdagi daxshatli o'yin, umuman tushunarsiz o'yin bo'ldi. 45-daqiqadagi ahmoqona gol, bunday gollar bizda allaqachon odatga aylanib qolgan. Birinchi 10 daqiqada albatta gol o'tkazib yuborishimiz kerak o'zi. Odatda o'zimizga o'zimiz urardik, bugun raqib urdi. Shuning uchun ofarin "Bunyodkor". Yigitlar harakat qilishdi, ular bizni haqli ravishda mag'lub etishdi deb hisoblayman, - deya gap boshladi Aleksandr Xomyakov.
Murabbiy o'yin davomida darvozabonning ishi va jamoaning psixologik holati haqida ham to'xtalib o'tdi:
Darvozabon uzoq vaqt o'ynamagani, o'yin amaliyotisiz qolgani ko'rinib turgandi. Epizodlarda uning asabiylashayotgani ham sezildi. Shuning uchun ha, u yaxshiroq o'ynashi mumkin edi. Lekin umuman olganda, uni ayblashdan foyda yo'q, butun jamoa rasvo o'ynadi. Yana bir bor aytaman, ayniqsa birinchi bo'limda. Sabablari tushunarli. Hamma mutaxassislar bizning jamoalarga tayyorgarlik ko'rayotganda sabab nima ekanini ko'rishadi. Biz o'zimizni futbolchi hisoblay boshladik, futbol o'ynay olamiz deb o'ylab qoldik. Muammo mana shunda. Biz jang qilishni to'xtatdik, yakkakurashlarda yutishni to'xtatdik.
Xomyakov jamoaning yetakchilari o'yini va himoyadagi muammolarga ham urg'u berdi:
Ular yosh bolalar, garchi biz bu haqda ogohlantirgan bo'lsak ham. Agar biz ularga o'yin ritmini his qilishlariga va o'yinlari qovushayotganini sezishlariga yo'l qo'yib bersak - ular shunday o'ynashda davom etishadi. Afsuski, ularga shunday o'ynashga o'zimiz yo'l qo'yib berdik. Biz barcha kurashlarni yutqazdik. Bizda markaziy yarim himoyachilar yo'q edi, jamoaga olov beradigan, shu orqali jamoa o'ynab, ochko yig'adigan yigitlar yo'q edi. Himoyadagi qatiy o'yin - biz har o'yinda gol o'tkazyapmiz.
Superliga 26-turidan o'rin olgan So'g'diyona va Buxoro jamoalari o'rtasidagi uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi.
Superliga 26-turidan o'rin olgan So'g'diyona hamda Buxoro jamoalari o'rtasidagi uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
Uchrashuvning 57-daqiqasida Temur Mamasidiqov hisobni ochgan bo'lsa, 90+1-daqiqada Shohruz Kamolov muvozanatni tikladi. Shuningdek, 90+4-daqiqada So'g'diyona futbolchisi Ollabergan Karimov qizil kartochka olib, maydonni tark etdi.
Superliga 25-turidan o'rin olgan Buxoro va Surxon jamoalari o'rtasidagi uchrashuv durang bilan yakunlandi. Kirill Todorov qizil kartochka oldi.
Superliga 25-turidan o'rin olgan Buxoro va Surxon jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Bahsda hisob ochilmadi va tomonlar bir ochkodan bo'lishib olishdi.
Uchrashuvning 51-daqiqasida Buxoro futbolchisi Kirill Todorov qizil kartochka olib, maydonni muddatidan avval tark etdi.
Superliga 23-turida "Buxoro" "Andijon"ni 3:2 hisobida mag'lub etdi. Martin Boake uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Superliga 23-turidan o'rin olgan "Buxoro" hamda "Andijon" jamoalari o'rtasidagi bahs keskin kurashlarga boy bo'ldi. 9-oktabr kuni "Buxoro FA" stadionida bo'lib o'tgan uchrashuvda mezbonlar 3:2 hisobida irodali g'alabani tantana qilishdi.
O'yinning 10-daqiqasida Martin Boake hisobni ochgan bo'lsa, 73-daqiqada Bekzod Sulaymonov oradagi farqni ikkitaga yetkazdi. Biroq, uchrashuv yakuniga yaqin "Buxoro" futbolchilari vaziyatni o'zgartira olishdi. 80-daqiqada Nika Kacharava, 83-daqiqada Asilbek Qayumov hisobni tenglashtirdi. O'yinning so'nggi daqiqalarida esa Sherzod Esanov g'alaba to'pini kiritib, jamoasiga uch ochkoni taqdim etdi.
Uchrashuvda hakamlar Rustam Choriyev, Sardor Hakimov va Ruslan Samandarov ishladi. O'yin davomida Kiril Todorov, Ozod Rajabov, Asilbek Qayumov hamda "Andijon" tahliliy murabbiyi Dmitriy Krayev ogohlantirildi. O'yindan so'ng esa "Andijon" darvozabonlar murabbiyi Bekzod Turg'unov qizil kartochka bilan jazolandi.
Muxlislar o'rtasida o'tkazilgan so'rovnomaga ko'ra, uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb Martin Boake topildi. Unga 482 ta ovozning 37 foizi (178 ta) nasib etdi.
Muxlislar 482 ta ovoz berdi. Ulardan 178 tasi — 37% — senga tegishli.
Superliga 19-turi doirasidagi "Qo’qon-1912" – "Buxoro" uchrashuvidan so'ng "Buxoro" bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida savollarga javob berdi.
Superliga 19-turidan o'rin olgan "Qo’qon-1912" – "Buxoro" (1:1) uchrashuvidan keyin "Buxoro" bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Aleksandr Xomyakov: “Futbolni tushunadiganlar bunday bahsda durang qayd etish omadli natija deb hisoblashadi. Shu sababli yigitlarga rahmat, taslim bo'lishmadi. Natija adolatli deb o'ylayman.
- O'yin davomida hakamning qarorlaridan norozi bo'ldingiz va sariq kartochka bilan jazolandingiz.
- Hammaga sariq berishdi, hatto qizil kartochka ham ko'rsatishdi. Futbolchi markazda o'ynayapti, atrofi to'la o'yinchi. U qaerga qochib keta oladi? Hujumni to'xtatish… Qanaqa hujumni to'xtatish? Balki “traktovka”lar o'zgargandir. Har safar yangi nimadir chiqadi. Hozir hujumchilaga juda oson. Ular shunchaki tirsakni topadi va yiqiladi. Futbol hozir baletga yaqinlashib boryapti.
- “Neftchi” bilan bahsdan so'ng sovrinli o'rinlar uchun kurashamiz degandingiz. Bunday o'yin bilan medallar uchun kurashish mumkinmi?
- Medallar uchun kurashish haqida gapirganimni eslay olmadim. Balki boshqacha tarjima qilishgandir. Bunday o'yin? Qolgan jamoalar bu stadionda yaxshiroq o'ynayaptimi? Bu yerda qandaydir futbol ko'rsatish qiyin. Tepada qolishga harakat qilamiz deganman va bu ishni uddasidan chiqyapmiz.
- “Neftchi” bilan bahs oxirida “Buxoro” futbolchilari to'p bilan raqib ustidan kulishni boshladi. Bu sizning ko'rsatmangizmidi?
- Bitta shunaqa vaziyat bo'ldi. Shu haqida aytayotgan bo'lsangiz kerak. Hammamiz insonmiz, hammamizda hissiyotlar bor. To'g'ri, hunuk vaziyat bo'ldi. Hammamiz hissiyotga berilamiz.
- “Qo'qon-1912”ning maydoni holati “Buxoro” o'yini sifatiga ta’sir qildimi?
- O'zingiz ko'rib turibsizku. Nima deyishimni xohlayapsiz? O'ynashga ruxsat berishyaptimi, demak mumkin. Maydon hamma uchun bir xil edi. Hozir ko'plab maydonlarning sifati buzilgan.