«MYU» 2026/27-yilgi mavsumning birinchi choragi uchun hisobot berdi. Asosiy raqamlar va qiziqarli detallar – ketdik.
Asosiy ko'rsatkichlar (o'tgan mavsumning birinchi choragi bilan solishtirganda):
● Umumiy daromad: £146.1m (+£5.8m yoki 4,1%)
● Tuzatilgan EBITDA: £27.5m (+£0.6m yoki 2,2%)
● Media-daromadlar: £35.2m (+17,7%)
● Tijoriy daromad: £84.1m (-0,1%)
● Matchdey-daromadlar: £26.8m (+2,3%)
● Operatsion zarar: £3m (bir yil avval £13m foyda bo'lgan)
● Sof zarar: £18.1m (bir yil avval – £6.6m)
● O'yinchilarni sotishdan olingan foydani hisobga olmagandagi zarar: £23.7m (bir yil avval – £32m)
Raqamlar ortida nimalar turibdi?
● Chempionlar ligasi – o'sishning asosiy drayveri. Tele-daromadlar 17,7% ga yoki £5.3m ga oshdi. Sababi aniq: o'tgan mavsumda «MYu» yevrokuboklarda ishtirok etmagandi, endi esa ChLga qaytdi. Buni qisman APL taqvimi kompensatsiya qildi: birinchi chorakda bir yil avvalgi oltita o'yinga qarshi beshta chempionat o'yini o'tkazildi.
● Tijorat deyarli o'zgarmadi. Daromad £84.2m o'rniga £84.1m ni tashkil etdi. Homiy-daromadlari JCh-2026 bilan bog'liq qisqaroq mavsumoldi turnesi tufayli £1.4m ga kamaydi. Betway bilan mashg'ulot formasi bo'yicha yangi shartnoma pasayishni qisman qopladi. Merchandayzing esa, aksincha, 3,5% ga o'sib, £38.5m ga yetdi.
● Matchdey biroz o'sdi. APLning bitta uy o'yini kamroq bo'lishiga qaramay, plyus £0.6m. Chempionlar ligasining uy o'yini va ichki kubok bahsi yordam berdi.
● Operatsion xarajatlar £2.5m ga qisqarib, £169.8m gacha tushdi. Ammo xodimlarga ketadigan xarajatlar 8,6% ga (to £79.9m) o'sdi, bunga birinchi jamoaning ChLdagi ishtiroki sabab bo'ldi.
● Nega klub minusga kirdi? Asosiy sabab – o'yinchilarni sotishdan tushgan foydaning qisqarishi: o'tgan yilgi £45m o'rniga £20.7m. Bunda operatsion zarar (transferlarsiz) £32m dan £23.7m gacha qisqardi.
● Sof zarar qariyb uch barobarga – £6.6m dan £18.1m gacha o'sdi. Sabablar qatorida – o'yinchilarni sotishdan kamroq foyda va saqlanib qolayotgan moliyaviy xarajatlar.
Mavsum uchun prognozlar:
● «MYU» avvalgi mo'ljallarni tasdiqladi: daromad: £740–760 mln, tuzatilgan EBITDA: £205–225 mln.
● Bu klub hali ham o'z tarixidagi eng daromadli mavsumlardan biriga umid qilayotganini anglatadi.
👌 Daromad o'smoqda – ChLga qaytish moliyaviy natijalarda allaqachon sezilmoqda. Ammo barqaror operatsion foydagacha hali uzoq: birinchi chorak £3m zarar bilan yakunlandi, sof zarar esa o'tgan yilgidan sezilarli darajada yuqori bo'ldi.