Barchasi Transfer Matbuot Natijalar Umumiy ↔ Bog'langan

Nasaf — yangiliklari Umumiy

Nasaf va bog'liq yangiliklar

Nasaf – Al Halidiya uchrashuvi uchun chiptalar sotuvga chiqdi

Nasaf – Al Halidiya uchrashuvi uchun chiptalar sotuvga chiqdi

Osiyo Chempionlar Ligasi 2 doirasidagi Nasaf – Al Halidiya uchrashuvi uchun chiptalar sotuvga chiqdi.

Osiyo Chempionlar Ligasi 2 | 2026/27 | 5-tur

“Nasaf” jamoasi OChL 2 guruh bosqichining 5-turida Bahraynning “Al Halidiya” klubini qabul qiladi.

Mazkur uchrashuv uchun chiptalar sotuvga chiqarildi.

Ro‘ziqul Berdiyev va Sharof Muhitdinov sentyabr oyining eng yaxshilari deb topildi

Ro‘ziqul Berdiyev va Sharof Muhitdinov sentyabr oyining eng yaxshilari deb topildi

Nasaf bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev va futbolchi Sharof Muhitdinov sentyabr oyining eng yaxshilari deb topilib, sovrinlarni qabul qilib olishdi.

Jamoamiz bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev hamda futbolchimiz Sharof Muhitdinov sentyabr oyining eng yaxshi murabbiyi va futbolchisi sovrinlarini qabul qilib olishdi.🏆

Qizilqum 8 yildan so'ng Nasafni mag'lub etdi

Qizilqum 8 yildan so'ng Nasafni mag'lub etdi

Navoiyning Qizilqum jamoasi 8 yillik tanaffusdan so'ng Nasaf ustidan g'alaba qozondi.

Qizilqum jamoasi 8 yildan so'ng, Nasafni yana mag'lub etishni uddaladi.

Navoiy klubi so'nggi bor 2018-yilning 10-noyabrida ajdarlarni mag'lubiyatga uchratgan edi. O'shanda gollarga Nasaf jamoasining sobiq futbolchilari Erkin Boydullayev va Artur Gevorkyan mualliflik qilishgan.

Nazorat uchrashuvi. O‘zbekiston U23 0:1 "Nasaf"

Nazorat uchrashuvi. O‘zbekiston U23 0:1 "Nasaf"

Superliga bahslariga tayyorgarlikni davom ettirayotgan "Nasaf" Toshkent shahrida Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston U23 terma jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.

Superliga bahslariga tayyorgarlikni davom ettirayotgan "Nasaf" Toshkent shahrida Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston U23 terma jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.

Qiziqarli va murosasiz kechgan bahsda "ajdarlar" Bobir Abdixoliqovning 29-daqiqada kiritgan goli evaziga 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Bog'liq yangiliklar

AFC Ayollar Chempionlar ligasi: chorak final ishtirokchilari aniqlandi

AFC Ayollar Chempionlar ligasi: chorak final ishtirokchilari aniqlandi

AFC Ayollar Chempionlar ligasining chorak final bosqichiga yo‘l olgan 8 ta jamoa nomi ma’lum bo‘ldi. Musobaqa 27-mart kuni davom etadi.

AFC Ayollar Chempionlar ligasi | Chorak final ishtirokchilari aniqlandi!

Osiyoning eng kuchli 8 ta ayollar klubi musobaqaning chorak final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Chorak finalga yo‘l olgan jamoalar:

Naegohyang
Kobe Leonessa
April 25
Hwacheon KSPO
East Bengal
Nasaf
Melbourne City
Beijing Jingtan

Ma’lumot uchun, chorak final bosqichiga qur’a tashlash marosimi 2027-yilning yanvar oyida bo‘lib o‘tadi. Chorak final uchrashuvlari esa 27-mart kuni start oladi.

Nasaf Osiyo Chempionlar ligasining chorak finaliga yo'l oldi

Nasaf Osiyo Chempionlar ligasining chorak finaliga yo'l oldi

O'zbekiston chempioni Nasaf ayollar o'rtasidagi Osiyo Chempionlar ligasining chorak finaliga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

Nasaf Osiyo Chempionlar ligasining guruh bosqichini muvaffaqiyatli yakunladi

O'zbekiston chempioni ayollar o'rtasidagi Osiyo Chempionlar ligasining guruh bosqichida munosib ishtirok etib, musobaqaning chorak finaliga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

Nasaf guruh bosqichida 2 ta g'alabaga erishib, 6 ochko jamg'ardi. Ushbu natija jamoaga uchinchi o'rinni egallagan klublar orasida eng yaxshi ko'rsatkichga ega ikki jamoadan biri sifatida chorak finalga yo'l olish imkonini berdi.

Shu tariqa, Nasaf Osiyoning eng kuchli sakkiz jamoasi qatoridan joy oldi.

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi Nasaf jamoasini ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaydi hamda musobaqaning keyingi bosqichida ham omad va zafarlar tilaydi!

Alisher Yusupov O'zbekiston PFL Ijroiya qo'mitasiga saylandi

Alisher Yusupov O'zbekiston PFL Ijroiya qo'mitasiga saylandi

Janubiy mintaqadan Alisher Yusupov O'zbekiston PFL Ijroiya qo'mitasi a'zoligiga saylandi. Ikkinchi tur yakunlariga ko'ra Nasaf vakili g'alaba qozondi.

Umumiy yig‘ilish Janubiy mintaqadan Alisher Yusupovni Ijroiya qo‘mitasiga sayladi.

Birinchi turda Alisher Yusupov va Shamil Yarulin 50 foizdan kam ovoz olgani tufayli, Liga Ustaviga ko‘ra ikkinchi tur o‘tkazildi va unda Nasaf klubi vakili g‘alaba qozondi.

Superliga: Sentyabr oyining eng yaxshi murabbiyi nomzodlari e'lon qilindi

Superliga: Sentyabr oyining eng yaxshi murabbiyi nomzodlari e'lon qilindi

Superligada sentyabr oyining eng yaxshi murabbiyi bo'lishga nomzodlar ro'yxati e'lon qilindi.

⚽️ Superliga. Sentyabr oyining eng yaxshi murabbiyi (nomzodlar)

🟡 Kamoliddin Tojiyev (Paxtakor) — 3 o‘yin, 3 g‘alaba, to‘plar farqi 8:2

🔵 Ro‘ziqul Berdiyev (Nasaf) — 3 o‘yin, 3 g‘alaba, to‘plar farqi 13:3

🟡 Mirjalol Qosimov (OKMK) — 3 o‘yin, 2 g‘alaba, 1 mag‘lubiyat, to‘plar farqi 4:4

🔵 Timur Kapadze (Navbahor) — 3 o‘yin, 2 g‘alaba, 1 durang, to‘plar farqi 8:4

🟡 Anvar G‘ofurov (Surxon) — 3 o‘yin, 2 g‘alaba, 1 mag‘lubiyat, to‘plar farqi 3:3

Nasaf va Paxtakor jamoalari o'rtasidagi bahsda durang qayd etildi

Nasaf va Paxtakor jamoalari o'rtasidagi bahsda durang qayd etildi

O'zbekiston Superligasining 17-turidan o'rin olgan Nasaf va Paxtakor jamoalari o'rtasidagi uchrashuv durang natija bilan yakunlandi.

O'zbekiston Superligasi, 17-tur.

Nasaf - Paxtakor 1:1

Gol: Alibek Davronov (15, avtogol), Oybek Bozorov (70) - Sharof Muhitdinov (46)

Nasaf: A. Ne'matov, A. Davronov, A. Komilov, S. Bahromov, A. Shala, Z. Abdirahmatov, B. Abduxoliqov, Sh. Muhitdinov, O. Rustamov, M. Rahmatov, U. Eshmurodov.

Paxtakor: S. Quvvatov, Sh. Nasrullayev, Z. Tahsin, A. Mozgovoy, H. Alijonov, S. Sobirxo'jayev, A. Bo'riyev, D. Hamdamov, Flamarion, B. Resan, S. Chinedu.

70' Oybek Bozorov Nasafni jazoladi!