Barchasi Transfer Matbuot Natijalar Umumiy ↔ Bog'langan

Neftchi — yangiliklari Natijalar

Neftchi va bog'liq yangiliklar

Neftchi 2:1 Surxon: Farg'onada mezbonlar g'alaba qozondi

Neftchi 2:1 Surxon: Farg'onada mezbonlar g'alaba qozondi

Superliga 21-turidan o'rin olgan "Neftchi" va "Surxon" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvda farg'onaliklar 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi.

Superliga 21-turidan o'rin olgan "Neftchi" va "Surxon" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Istiqlol stadionida bo'lib o'tgan bahsda farg'onaliklar 2:1 hisobida g'alabani tantana qilishdi.

Uchrashuvdan olingan fotolavhalar taqdim etildi.

Bog'liq yangiliklar

Nasaf 6:2 Neftchi: Qarshiliklar yirik hisobda g'alaba qozonishdi

Nasaf 6:2 Neftchi: Qarshiliklar yirik hisobda g'alaba qozonishdi

O'zbekiston Superligasining 20-turida "Nasaf" o'z maydonida "Neftchi"ni 6:2 hisobida mag'lub etdi. Qarshi jamoasini viloyat hokimi Murotjon Azimov tabrikladi.

G’alaba muborak, "Nasaf"!

Bugun futbol bo'yicha O'zbekiston Superligasi joriy mavsumning 20-turida g‘alaba qozongan vohamiz bosh jamoasini o‘zim, keng jamoatchilik va millionlab muxlislar nomidan tabriklayman.

Jamoamizga joriy mavsumda ham mahalliy chempionlik shohsupasi va yutuqlar nasib qilsin.

Murotjon Azimov, viloyat hokimi.

Ma’lumot o‘rnida, bugun jamoamiz Qarshidagi "Markaziy" o'yingohda Farg'onaning "Neftchi" jamoasini qabul qilib, 6:2 hisobida g‘alaba qozondi.

⚽️ Adenis Shala, 40 (4:0)

Al-Quva Al-Javiya Iroq chempionatida navbatdagi durangni qayd etdi

Al-Quva Al-Javiya Iroq chempionatida navbatdagi durangni qayd etdi

Neftchining OCHLdagi raqibi Al-Quva Al-Javiya Iroq chempionatida Naft Maysan bilan durang o'ynadi.

Neftchi jamoasining Osiyo Chempionlar ligasidagi raqibi Al-Quva Al-Javiya Iroq Yulduzlar ligasining 4-turida Naft Maysan bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Mavsumdagi to‘rtta o‘yinning barchasida durang qayd etgan jamoa 4 ochko bilan turnir jadvalida 9-o‘rinda bormoqda.

Uchrashuvning 57-daqiqasida mehmonlar hujumchisi Dauda Diyeme hisobni ochgan bo‘lsa, 74-daqiqada Al-Quva Al-Javiya a’zosi Muhammad Javad penaltini aniq amalga oshirib, muvozanatni tikladi. Shu tariqa, Al-Quva Al-Javiya chempionatdagi dastlabki 4 ta o‘yinning barchasida durang qayd etib, 4 ochko bilan turnir jadvalining 9-pog‘onasini band etib turibdi.

O‘yindan so‘ng jamoa murabbiylar shtabi vakillari ko‘plab golli vaziyatlardan foydalana olishmaganini va omad yetishmaganini ta’kidlashdi. Murabbiylar shtabi jamoa yaxshi holatda ekanini, kelgusi o‘yinlarda kamchiliklar ustida ishlashini va muxlislar qo‘llab-quvvatlashi bilan g‘alabali yo‘lga qaytishga umid qilayotganini bildirdi.

Uchrashuv statistikasi:

Al-Quva Al-Javiya - Naft Maysan

To‘p nazorati — 65% - 35%
Umumiy zarbalar — 8
Darvozaga aniq zarbalar — 12
Burchak to‘plari — 9:0

OKMK-W 5:0 Neftchi-W: OKMK yirik hisobda g'alaba qozondi

OKMK-W 5:0 Neftchi-W: OKMK yirik hisobda g'alaba qozondi

Oliy liganing 17-turidan o'rin olgan OKMK-W va Neftchi-W jamoalari o'rtasidagi bahs OKMKning yirik g'alabasi bilan yakunlandi.

Oliy liga | 17-tur

OKMK-W 5:0 Neftchi-W

Yodgora Yusupova 18', 36'

Nozima Ergasheva 22'

Shaxzoda Alixanova 45+1'

Ziyoda Omonqulova 85'