Barchasi Transfer Matbuot Natijalar Umumiy ↔ Bog'langan

Neftchi — yangiliklari Matbuot

Neftchi va bog'liq yangiliklar

Alisher Odilov muxlislar va murabbiylardan uzr so'radi

Alisher Odilov muxlislar va murabbiylardan uzr so'radi

«Neftchi» yarim himoyachisi Alisher Odilov yuzaga kelgan holat yuzasidan jamoa muxlislari, bosh murabbiy va jamoadoshlaridan uzr so'radi.

Alisher Odilovdan murojaat!

«Neftchi» jamoasi hujumkor yarim himoyachisi Alisher Odilov yuzaga kelgan holat yuzasidan jamoamiz muxlislari, bosh murabbiy va murabbiylar shtabidan hamda jamoadoshlariga murojaat yo‘llab, o‘z xatti-harakatlari uchun uzr so‘radi.

Futbolchi o‘z murojaatida sodir bo‘lgan voqea yuzasidan munosabat bildirib, muxlislar ishonchi va jamoa sha’nining qadriga yetishini ta’kidladi.

Murabbiy o'yin haqida: «G'oliblar muhokama qilinmaydi»

Murabbiy o'yin haqida: «G'oliblar muhokama qilinmaydi»

Murabbiy jamoaning so'nggi o'yinlari, tarkibdagi o'zgarishlar va «Neftchi»ga qarshi bo'lajak bahs haqida fikr bildirdi.

- O'yin haqidagi fikringiz?

- Turnir jadvalida biz ham, "Mash'al" ham yaxshi holatda emas. Oxirgi o'yinlarni omadsiz o'tkazdik, Superliganing ikkita turida mag'lub bo'ldik. Kubokda yengilib musobaqadan chiqib ketdik. Bugun bizni g'alabadan boshqasi qoniqtirmasdi. Shuningdek, raqibimizga ham yutuq zarur edi.

Bugun meni ko'proq darvozani nolga ushlab qolganimiz xursand qildi. Uchta gol urdik, mayli, lekin ikki xil taym guvohi bo'ldik. Birinchi taymda birdan ortiq gol urishimiz mumkin edi, juda yaxshi vaziyatlarga ega bo'ldik. Raqibimizda ham yuz foiz imkoniyat bo'ldi. Agar raqib gol urganida hammasi o'zgarib ketishi mumkin edi.

Ikkinchi taymda negadir o'yinimiz unchalik qovushmadi. Ammo futbolda g'oliblar muhokama qilinmaydi deyishadi. Iqbol Malikjonov zaxiradan tushib juda chiroyli gol urdi. Ancha payt maydonda ko'rinmagan Silvanus Nimeli ham bugun harakat qildi. U to'pni yo'qotdi, lekin gol urdi, bu esa hujumchining ishi hisoblanadi. Jamoaga ikki kun dam beramiz, dushanba kuni yig'ilib navbatdagi uy o'yiniga hozirlik ko'ramiz.

- Elbek Yo'lchiev bilan Akbar O'ktamovning o'yinini qanday baholaysiz?

- Ijobiy. Elbek bugun ikkita to'p kiritishi mumkin edi. Biz uning darajasini mashg'ulotlar orqali sekin-asta ko'tarib boryapmiz. Nazorat bahsida "Yaypan" darvozasiga to'p kiritdi. Gol urishdan tashqari u to'pni o'zida saqlay olyapti. Akbar haqida ham ijobiy fikrlarni ayta olaman. Har ikki futbolchimiz nihoyatda ko'p ishlashi, vaqtida dam olishi va to'g'ri ovqatlanishi kerak. Bizda boshqa futbolchilarda ham salohiyat katta.

- Tabatadze bilan Giorgadze bugun maydonga tushishmadi.

- Andro Giorgadze shamollab qoldi. Toma Tabatadze haqida nima deyishim mumkin, agar bugun Nimeli gol urmaganida bu mening xatoyim bo'lardi. Toma - professional, u o'z ustida tinmay ishlamoqda. Keyingi o'yinlarda u ham maydonga tushadi. Bizda 3-4 nafar yaxshi hujumchi bor.

- Keyingi tur "Neftchi" Qo'qonga keladi. Jamoa chempionga jiddiy qarshilik ko'rsata oladimi?

- Mavsum boshida "Neftchi"ni yaxshi jamoa deb aytgandim. Lekin mavsumni bir tekis o'tkazish oson emas. Jamoa bu tur durang o'ynadi, safarda "Buxoro"ga yutqazgandi. Ayniqsa ikkinchi davra ular uchun og'ir kechyapti. Bizda ham yaxshi imkoniyat bor. Muhimi, sovuqqonlikni yo'qotmasligimiz kerak. Qizishib ketsak o'zimizga qiyin bo'ladi. "Neftchi"ga Elit OChLda omad tilayman.
Aleksandr Xomyakov: Buxoro – Neftchi uchrashuvi haqida

Aleksandr Xomyakov: Buxoro – Neftchi uchrashuvi haqida

Superliga 18-turidan o'rin olgan "Buxoro" – "Neftchi" uchrashuvidan so’ng "Buxoro" bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida qatnashdi.

Superliga 18-turidan o'rin olgan "Buxoro" – "Neftchi" (4:1) uchrashuvidan so’ng jamoamiz bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Islom Ahmedov: «Qizil kartochka barcha rejalarimizni buzib yubordi»

Islom Ahmedov: «Qizil kartochka barcha rejalarimizni buzib yubordi»

«Andijon» bosh murabbiyi Islom Ahmedov «Neftchi»ga qarshi o'yindan so'ng mag'lubiyat sabablari va jamoadagi transferlar haqida gapirdi.

Vodiy derbisi doirasidagi «Andijon» - «Neftchi» o'yinidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Islom Ahmedov qatnashdi.

Muxlislarimizdan uzr so'raymiz. Juda alamli mag'lubiyatga uchradik. Bizni tinmay qo'llab-quvvatlab kelayotgan ishqibozlarimiz oldida juda uyatdamiz. O'yinga kelsak, qizil kartochkagacha uchrashuv tizgini bizning nazoratimiz ostida o'tayotgandi. Birgina qizil kartochka hamma rejalarimizni buzib yubordi. Uni joyini to'ldirgunimizcha birinchi golni o'tkazib yubordik.

- Mag'lubiyatni asosiy sababchisi kim deb o'ylaysiz?

Mag'lubiyatga uchragandan keyin baribir murabbiy aybdor bo'ladi. Qo'ldan kelgancha tayyorgarlik ko'rdik. Birinchi taymda yomon o'ynamadik. Hujumlarimiz ko'p bo'ldi, to'pni nazorat qildik. Ikkinchi taymni boshidagi kutilmagan qizil kartochka barcha rejalarimizni buzdi. U o'yinchimizni ham atay qildi, deb ayta olmaymiz. Balki emosiyada o'zini to'xtata olmagandir. Futbolchilarimiz ham professional bo'lishi va o'zini boshqarishni ham bilishi kerak. Qizil kartochka xissiyot orqali yuz berdi. Qolgan joyda futbolchilarimiz 100 foiz borini berishdi. Ayblash noto'g'ri.

- O'sha qizil kartochka butun boshli jamoaning o'yinini, tayyorgarligini o'zgartirib yubordi. Oxirgi uchrashuvlarda qizil kartochkalar ko'paymoqda. Buni oldini olish uchun jamoada ruhiy tayyorgarlik ham olib boriladimi?

Baribir futbol hissiyotlarga boy. Tushuntiramiz, gapiramiz. Futbolchilar ham o'zini boshqarishni bilishi kerak. Futbolchilar maydonda o'zini boshqara bilishi kerak. O'yinchilarimiz ham atay qilishyapti, deb o'ylamayman.

- «Andijon» yozgi ta'tilgacha yaxshi o'yin ko'rsatayotgandi. Yozgi tanaffusdan so'ng 6 ta o'yin o'tdi va 5 ochko oldi, xolos. Bu natija murabbiylar shtabini o'ylantirmayaptimi?

Albatta. Izlanyapmiz, kamchiliklar ustida ishlayapmiz. Ko'rib chiqamiz. O'yin tomonlama yomon o'ynamayapmiz. Biroq yakuniy hujumlar bo'yicha bizda muammolar bo'layotgandi. Mana, yangi hujumchi oldik. Bugun ham yaxshi o'ynayotgandik, ammo qizil kartochkadan keyin vaziyat o'zgardi.

- Shoxmalik Komilov nega o'yin qaydnomasiga kiritilmadi?

Qaydnomaga 20 ta o'yinchi kiritiladi. Hamma o'yinchilarga imkoniyat beramiz. Mashg'ulotlar jarayonida kuzatib boramiz. Har bir chiziqqa o'yinchilar qoldirishimiz kerak bo'ladi. Bizda raqobat kuchli. Bu uchrashuvda Shoxmalikka dam berishga qaror qildik. U safimizga yig'inimiz yakunlanayotgan paytda qo'shildi. Hali bizning o'yin uslubimizni to'liq tushunib yetgani yo'q. Shu bois futbolchiga dam berib turdik.

- Bu mag'lubiyatni omad bilan bog'laysizmi? Holbuki, jamoangizda gol urish uchun bir nechta yaxshi vaziyatlar bo'ldi, darvozabon, himoyachilar qaytarib qolishdi...

Omaddan ko'ra, taqdir deb o'ylaymiz. Harakat qildik, bugun yutqazish peshonamizga yozilgan ekan.

- Jamoaga qabul qilingan Nodirxon Ne'matxonov ko'p o'tmasdan shartnomani bekor qilib ketdi. Shuningdek, darvozabon Rustamjonovni ketishiga nima sabab bo'ldi?

Nodirxon Ne'matxonovga «Qizilqum»dan o'yin amaliyoti bo'yicha aniq taklif berishgan. Bizda aytganimizdek, raqobat kuchli. Ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'ladigan joyga o'zi tanladi. Rustamjonov bilan 6 oyga kelishilgan ekan va u «Respublika FA» jamoasiga ketdi.

- Yozgi transferlardan ko'nglingiz to'ldimi?

Ochig'i, ro'yxatimizda bir qator o'yinchilar bor edi. Ularni hammasini ham ololmadik. Oxirgi kungacha futbolchilar bilan aloqada bo'ldik. Olishga harakat qildik. YAxshiki, Rustam Turdimurodovni jalb qila oldik.

- «Neftchi» Izzatilla Po'latovni «Andijon»ga qo'yib yuborishga rozi bo'lgan ekan, lekin «Andijon» bu taklifni rad etibdi. SHu holatga to'xtalib o'tsangiz.

Rahbariyat hal qiladi. Ayrim sabablarga ko'ra o'xshamadi.
Islom Ahmedov: Hujum chizig'ini kuchaytirish ustida ishlayapmiz

Islom Ahmedov: Hujum chizig'ini kuchaytirish ustida ishlayapmiz

Andijon bosh murabbiyi Islom Ahmedov So'g'diyona bilan o'yindan so'ng jamoaning hujum chizig'ini kuchaytirish bo'yicha muzokaralar olib borilayotganini aytdi.

"So'g'diyona" - "Andijon" (1:0) o'yinidan keyin "Andijon" ustozi Islom Ahmedov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yinga keladigan bo'lsak, to'pni nazorat qildik, hujumlarga ham o'tdik. Baribir bizda hujumdagi tajovuzkorlik yetishmadi. Futbolchilarimiz borini berib harakat va mehnat qilishdi. Buning uchun ularga hech qanaqa e'tirozimiz yo'q. Hujumni yakunlashda kamchiliklarimiz ko'rinib qoldi.

- 10 avgust kuni yozgi transfer oynasi yopiladi. Jamoada yana yangi o'yinchilarni ko'rishimiz mumkinmi?

Bu masala bo'yicha rahbariyat bilan birga izlanyapmiz. Ayniqsa, hujum chizig'ini kuchaytirish bo'yicha istayapmiz. Bu borada bir-ikkita futbolchilar bilan muzokaralar olib boryapmiz. Baribir ularni o'z jamoalari bilan amaldagi shartnomalari borligi uchun ushbu jarayon biroz qiyin kechyapti.

- "Andijon"ni keyingi turda o'z uyida "Neftchi"ga qarshi vodiy derbisi kutmoqda. Bugungi mag'lubiyatdan keyin futbolchilarni ruhlantirish va bo'lajak jiddiy uchrashuvga tayyorlash rejasi qanday bo'ladi?

Hozircha yigitlarimizga ikki kunlik dam berdik. Futboldan biroz chalg'ib, oilasi bilan birga bo'lib, ruhiy tomonlama o'zlariga kelib olishlari uchun shunday qildik. 9 avgustdan o'z bazamizda yig'ilib vodiy derbisiga tayyorgarlik ko'ramiz. Bu o'yinni ko'rib chiqib, yo'l qo'yilgan kamchiliklar ustida ko'proq ishlaymiz.

Bog'liq yangiliklar

Neftchi – Al Ittihod: o'yin oldidan matbuot anjumani

Neftchi – Al Ittihod: o'yin oldidan matbuot anjumani

Jamoamiz bosh murabbiyi Islombek Ismoilov va futbolchi Farrux Sayfiyev “Neftchi” – “Al Ittihod” uchrashuvi oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Jamoamiz bosh murabbiyi Islombek Ismoilov va futbolchi Farrux Sayfiyev “Neftchi” – “Al Ittihod” uchrashuvi oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Mirko Yelichich: "Nasaf" bilan o'yin teng darajada o'tdi"

Mirko Yelichich: "Nasaf" bilan o'yin teng darajada o'tdi"

Lokomotiv bosh murabbiyi Mirko Yelichich Nasafga qarshi o'yin (0:0) yakunlari bo'yicha o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Mirko Yelichich: - O‘yin biz kutgandek bo‘ldi. Shunga yarasha yuqori darajada tayyorlandik. Agressiv o‘yin bo‘ldi. "Nasaf" har doim chiroyli o‘yin ko‘rsatadi. Ularning o‘z madaniyati, o‘yin uslubi bor. O‘zbekistonda har doim yuqori darajada bo‘lib turadigan jamoaning borligi, yoqimli. Bugun ham shunday bahs bo‘ldi. Vaziyatlarni hisobga olsak, o‘yin teng o‘tdi. Chunki ikkala jamoa yaxshi vaziyatlar yaratdi. Bunday uchrashuvlarni bitta xato yoki supergol hal qilardi. Biroq bunday bo‘lmadi. Shu sababli o‘yin 0:0ga mos o‘tdi.

- O‘yin sifatidan mamnunmisiz?
- Ha. Ayni damda "Nasaf" yaxshi holatda. So‘nggi oylarda jamoa buni ko‘rsatmoqda. O‘z navbatida bizda ham shunday. Lekin har doim jamoani yanada yaxshilash kerakligini tushunib yetaverasan. Kamchiliklar ustida ishlaymiz. Mavsum shu bilan yakunlanmaydi. Bugun biz vaziyatni yakunlashda biroz oqsadik. O‘yinni biz nazorat qildik, desak ham bo‘ladi. Lekin ishni hal qila olmadik.
- "Nasaf" uch kun oldin OCHLda o‘yin o‘tkazdi. Raqibda bosim bor edi va shu sababdan biroz yopiqroq o‘yin bo‘ldi, deb hisoblaysizmi? Uch kundan keyin "Lokomotiv"ning "Neftchi"ga qarshi o‘yini bor va jamoa shu uchun kuch asradi, desak ham bo‘ladimi?
- Sen o‘yinga uch kundan keyin ham tayyor emasmisan, desak, nimanidir noto‘g‘ri qilyapsan. Menimcha 3 kun - standart tayyorlanish uchun yetarli. Ushbu mavsumda deyarli 3 kunda o‘yin o‘tkazgan paytlarimiz ko‘p bo‘ldi. O‘yinni yuqori tempda o‘tkazasan va kuch to‘plash uchun uch kun vaqt bo‘ladi. Ko‘p joylarda mavsum davomida har uch kunda o‘yin o‘tkazishadi. Bizda hozircha bunday emas. Aksincha, men uchun bu yaxshi.
- "Lokomotiv" matbuot xizmati asosiy tarkibni e’lon qilganida biz 5 himoyachini ko‘rgandik. Biroq jamoa o‘yinni to‘liq 4 himoyachi bilan o‘tkazdi va ayrim vaziyatlarda, hatto, uch kishi bo‘lib ham o‘ynashdi.
- Aslida bunday narsalar raqibning himoya va hujumda qanday o‘ynashiga qarab belgilanadi. "Nasaf" 5 himoyachi bo‘lib o‘ynamaganidan keyin bizning o‘zimiz tezkorlik bilan o‘zgartirishlar kiritdik. Biz hujumlar orqali kengroq o‘ynamoqchi edik va komissardan tarkibga o‘zgartirish kiritishni so‘raganimizda, endi kechligini aytishdi. Chunki asosiy tarkibdan tushirib qoldirilgan futbolchini zaxiradan maydonga tushirib bo‘lmas ekan. Demak, biz o‘zgarish qilib bo‘lgan bo‘larkanmiz. Biz o‘yinni rejamizdagidek boshlay olmadik, desak ham bo‘ladi.
- Barcha jurnalistlar jamoalardan mavsumdagi vazifalar haqida so‘rashni yaxshi ko‘rishadi. Mavsum boshidagi gap-so‘zlardan keyin ayni damdagi turnir jadvalidagi holatga qarab, balki, kuchli to‘rtlik yoki beshlikka kirish uchun ishtiyoq ham kuchaygandir. Ayrimlar yosh futbolchilarni kashf qilishni istaymiz desa, kimlardir o‘yin sifatini muhim o‘rinda ko‘rsatadi.
- Ha, bu borada ko‘plab jihatlar bor. Ko‘plab jamoalarda hozir iqtidorli futbolchilar ko‘p. Mavsum davomida ishlar ekansan, nimalarni izlayotganingni sekin-sekin bilib borasan. Balki klub sifatida to‘g‘ri ishlayapman, deb o‘ylashing ham mumkin. Lekin eng asosiysi - bu yerda mahsulot bor, iqtidor bor. Osiyoda iqtidorlar juda ko‘p. Biz bu borada ham yaxshilanish borasida ko‘p ishlayapmiz. Jamoaning bugungi kuni, klubning o‘tmishi va hokazolar ham juda muhim va barcha tomondan ishlashni davom ettiraverish kerak. Har doim ham sen o‘ylagandek bo‘lavermaydi va shu boisdan qayerlardadir yaxshilanish bo‘laverishi kerak. Kamchilikning bori yaxshi, chunki sen buning ustida ishlashing kerak bo‘ladi. O‘yinlar bo‘lavergani sari esa shu kamchiliklar yuzaga chiqadi. Agarda buni vaqtida to‘g‘rilamasak, ishlar yomonlashib ketadi. Shunda bazaviy futbol kelib chiqadi. Bu yerda esa futbolchilarning sifati orqali istalgancha tajribalar qilib ko‘rsa bo‘ladi. Murabbiy sifatida bu barchaga ma’qul keladi.
Koffi Koaua: "Neftchi" loyihasi meni o‘ziga mahliyo qildi

Koffi Koaua: "Neftchi" loyihasi meni o‘ziga mahliyo qildi

Ivuarlik himoyachi Koffi Koaua "Neftchi"ga o‘tishi, Yevropa futboli va O‘zbekistondagi ilk taassurotlari haqida gapirib berdi.

Joriy yilning avgust oyida "Neftchi" klubi Fransiya Liga 1 ishtirokchisi "Mes" jamoasidan ivuarlik mashhur himoyachi Koffi Koauani o‘z safiga qo‘shib oldi. O‘zbekiston Superligasining eng shov-shuvli futbolchisiga aylangan Koffi uzoq vaqt moslashib o‘tirmadi.

U jamoa tarkibiga qo‘shilgani hamonoq ketma-ket uchta muhim uchrashuvda maydonga tushib, nafaqat himoyadagi ishonchli o‘yini, balki raqib darvozasiga kiritgan debyut goli bilan ham farg‘onalik ashaddiy muxlislar qalbidan joy olishga ulgurdi. Kuchli jismoniy tayyorgarlik, Yevropa maktabi ko‘rgan taktik saviya va qanotlardagi tinimsiz tezlik — Koffi qisqa fursatda "Neftchi"ning chinakam yetakchilaridan biriga aylanishi mumkinligini isbotlamoqda.

Biz Koffi Koaua bilan uchrashib, uning Kot-d'Ivuardagi bolaligi, afsonaviy "ASEK Mimozas" akademiyasidan boshlangan yo‘li, Yevropa futboli havosi va nima uchun aynan "Neftchi" loyihasini tanlagani haqida batafsil suhbatlashdik. Shuningdek, ivuarlik yulduzning O‘zbekiston, mahalliy futbol va mashhur Farg‘ona palovi haqidagi ilk taassurotlari bilan qiziqdik.

Imeda Ashortia: Xudoga shukr, hozir o'zimni ancha yaxshi his qilyapman

Imeda Ashortia: Xudoga shukr, hozir o'zimni ancha yaxshi his qilyapman

Andijon jamoasi futbolchisi Imeda Ashortia jarohatidan so'ng o'zini qanday his qilayotgani va safga qaytish jarayoni haqida gapirdi.

Jamoamizning gruziyalik tajribali futbolchisi Imeda Ashortia yaqinda jarohat olib, safdan chiqqandi. U davolanish uchun yurtiga borib keldi.

Hozirgi holati borasida Ashortia klub matbuot xizmatiga quyidagilarni aytdi:

Mashg'ulot paytida Toshkentning Lokomotiv jamoasiga qarshi o'yin oldidan jarohat oldim. Xudoga shukr, hozir o'zimni ancha yaxshi his qilyapman. Kerak bo'lgan barcha muolajalarni o'tab bo'ldim. Jarohat oson emasdi, lekin, Xudoga shukr, hozir ahvolim ancha yaxshilandi. Hozirgacha uch-to'rtta individual mashg'ulot o'tkazishga ulgurdim. Yaqin kunlarda jamoa bilan birga mashg'ulotlarni boshlayman. Imkon qadar tezroq safga qaytishga umid qilyapman. Men doim qo'limdan kelgan barcha ishni qilaman va jamoaga imkon qadar tezroq qaytish uchun bor kuch-g'ayratimni sarflayman.

Eslatib o'tamiz, Andijon jamoamiz Superliganing 17-turi doirasida 13 avgust kuni Bobur arenada Neftchini qabul qiladi. Vodiy derbisida barcha muxlislarimizni stadionda kutamiz.