Barchasi Transfer Matbuot Natijalar Umumiy ↔ Bog'langan

Neftchi — yangiliklari Umumiy

Neftchi va bog'liq yangiliklar

Vladimir Jovovich AFC Chempionlar ligasi elit musobaqasi 4-turining eng yaxshi futbolchisi bo'lishga nomzod

Vladimir Jovovich AFC Chempionlar ligasi elit musobaqasi 4-turining eng yaxshi futbolchisi bo'lishga nomzod

«Neftchi» yarim himoyachisi Vladimir Jovovich AFC Chempionlar ligasi elit musobaqasining 4-turida «Turning eng yaxshi futbolchisi» nominatsiyasiga nomzod bo'ldi.

Vladimir Jovovich — AFC Chempionlar ligasi elit 4-turining eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga nomzod!

Farg‘onaning «Neftchi» klubi yarim himoyachisi Vladimir Jovovich Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (AFC) tomonidan tashkil etilgan AFC Champions League Elite musobaqasining 4-turida «Turning eng yaxshi futbolchisi» (Player of the Matchday) nominatsiyasiga nomzodlar qatoridan joy oldi.

Chernogoriyalik futbolchi 2-noyabr kuni Eronda «Traktor» jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda yorqin o‘yin namoyish etdi.

Uchrashuvning 90+4-daqiqasida Vladimir Jovovich uzoq masofadan yo‘llagan ajoyib zarbasi orqali «Neftchi»ni yana hisobda oldinga olib chiqdi. Uning mazkur goli AFC e’tiborini qozondi.

Endilikda futbolchimizning nomzodi bo‘yicha yakuniy qarorni muxlislar ovozi belgilaydi!

Farg‘ona futboli muxlislari, Vladimir Jovovichni qo‘llab-quvvatlaymiz!

“Aral” jamoasi Superligaga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

“Aral” jamoasi Superligaga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

“Neftchi” futbol klubi Proliga chempioni bo‘lgan Nukusning “Aral” jamoasini Superligaga yo‘llanma olgani bilan tabrikladi.

“Aral” — Superligaga xush kelibsan!

“Neftchi” futbol klubi Nukusning “Aral” jamoasini Proliga chempionligini qo‘lga kiritib, O‘zbekiston Superligasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgani bilan samimiy muborakbod etadi!

Ushbu muvaffaqiyat bilan “Aral” jamoasini tabriklaymiz! Kelgusi mavsumda O‘zbekiston Superligasida yorqin o‘yinlar, munosib raqobat va ulkan g‘alabalar tilaymiz.

Bog'liq yangiliklar

Neftchi — Al-Hilol uchrashuvi uchun chiptalar sotuvga chiqarildi

Neftchi — Al-Hilol uchrashuvi uchun chiptalar sotuvga chiqarildi

23-noyabr kuni Farg‘onada bo‘lib o‘tadigan “Neftchi” — “Al-Hilol” uchrashuvi uchun chiptalar sotuvga chiqarildi. Narxlar 50 000 so‘mdan boshlanadi.

23-noyabr kuni Farg‘onadagi “Istiqlol” stadionida bo‘lib o‘tadigan AFC Champions League Elite 5-turi doirasidagi “Neftchi” — “Al-Hilol” uchrashuvi chiptalari sotuvga chiqarildi. Chiptalar narxlari joylashuviga ko‘ra 50 000 so‘m, 100 000 so‘m va 150 000 so‘m qilib belgilangan. Onlayn sotuv tizimi rasmiy sahifada rivojlantirilayotgani sababli chiptalarni stadion kassalaridan xarid qilish tavsiya etiladi.

Neftchi bugungi bahsni bir qator yo'qotishlar bilan o'tkazadi

Neftchi bugungi bahsni bir qator yo'qotishlar bilan o'tkazadi

Neftchi jamoasi bugungi uchrashuvda Stipe Perica, Abrorbek Ismoilov, Ratinho va Nurmuhammad Abdug'aniyev xizmatidan foydalana olmaydi.

🛡 BUGUNGI UCHRASHUVNI O‘TKAZIB YUBORADIGAN FUTBOLCHILAR

Bugungi bahsda bir qator sabablarga ko‘ra jamoamiz quyidagi futbolchilar xizmatidan foydalana olmaydi:

Stipe Perica — jarohati tufayli;

Abrorbek Ismoilov — milliy terma jamoa yig‘inida ekanligi sababli;

Ratinho va Nurmuhammad Abdug‘aniyev — diskvalifikatsiya tufayli.

Abrorbek Ismoilov O‘zbekiston milliy terma jamoasiga chaqirildi

Abrorbek Ismoilov O‘zbekiston milliy terma jamoasiga chaqirildi

Neftchi yarim himoyachisi Abrorbek Ismoilov noyabr oyidagi FIFA kunlari doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi yig‘iniga jalb etildi.

Abrorbek Ismoilov O‘zbekiston milliy terma jamoasi yig‘iniga chaqirildi

Jamoamizning mahoratli va hujumkor yarim himoyachisi Abrorbek Ismoilov noyabr oyidagi FIFA kunlari doirasida bo‘lib o‘tadigan o‘rtoqlik uchrashuvlariga O‘zbekiston milliy terma jamoasi safiga chaqirildi.

Joriy mavsumda «Neftchi» tarkibida o‘zining yorqin va mazmunli o‘yinlari, maydonni ko‘ra olish qobiliyati hamda hujumlarni tashkil etishdagi faolligi bilan ajralib turgan futbolchi bosh murabbiyning e’tiborini qozonishga erishdi. Rossiya va Saudiya Arabistoniga qarshi kechadigan jiddiy bahslar oldidan Ismoilovning terma jamoa lageriga jalb etilishi, vakillarimizning yarim himoya chizig‘idagi raqobatni yanada kuchaytirishi shubhasiz.

Abrorbek Ismoilovga bo‘lajak mas’uliyatli o‘yinlarda omad va zafarlar tilab, milliy terma jamoamiz libosida ham o‘zining eng yaxshi sifatlarini namoyish etishini kutib qolamiz!
Xayrullo Bozorov «Neftchi» jamoasi bilan uchrashdi

Xayrullo Bozorov «Neftchi» jamoasi bilan uchrashdi

Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov «Neftchi» jamoasi futbolchilari va murabbiylar shtabi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov «Neftchi» jamoasi futbolchilari va murabbiylar shtabi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Samimiy va ochiq muloqotda jamoa oldida turgan vazifalar, mavsumning hal qiluvchi uchrashuvlariga tayyorgarlik, hamjihatlik va mas’uliyat masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda «Neftchi» o‘zining shonli nomi va boy tarixi bilan birga, bugun xalqaro maydonlarda o‘zbek futboli sha’ni va obro‘sini ham himoya qilayotgani ta’kidlandi. Bu esa har bir futbolchi va murabbiydan yuksak professionallik, fidoyilik hamda umumiy maqsad yo‘lida birlashishni talab etadi.

«Neftchi» — millionlab muxlislarning mehri, ishonchi va umidini mujassam etgan jamoa. Maydonga tushgan har bir futbolchi klubimiz tarixi, Farg‘ona faxri va yurtimiz sharafi uchun kurashayotganini chuqur his qilishi kerak. Bugun barchamizni birlashtiradigan mezon — jamoa manfaati va g‘alabaga bo‘lgan intilishdir, — dedi viloyat hokimi.

Muloqotda jamoa atrofidagi turli mish-mish va muhokamalarga ham to‘xtalib, bor e’tibor va kuchni mashg‘ulotlarga, o‘yin intizomiga hamda maydonda natija ko‘rsatishga qaratish zarurligi qayd etildi. O‘zaro ishonch, ahillik va bir-birini qo‘llab-quvvatlash hal qiluvchi pallada jamoaning asosiy tayanchi bo‘lishi lozimligi ta’kidlandi.

Bu yil chempionlik uchun qo‘yilgan maqsadga erishish yo‘lida beshta o‘yin qoldi. Endi har bir uchrashuv — final, har bir ochko — oltinga teng.

Neftchi futbol klubi «G'amxo'rlik» markaziga tashrif buyurdi

Neftchi futbol klubi «G'amxo'rlik» markaziga tashrif buyurdi

Farg‘onaning "Neftchi" klubi rahbariyati, murabbiylar shtabi va futbolchilari Farg‘ona shahridagi "G'amxo'rlik" markaziga tashrif buyurib, bolalar holidan xabar olishdi.

Farg‘onaning "Neftchi" futbol klubi nafaqat yashil maydonda, balki undan tashqarida ham o‘zining ijtimoiy mas’uliyatini chuqur his etgan holda ezgu tashabbuslarini davom ettirmoqda. Bugun jamoamiz rahbariyati, murabbiylar shtabi va futbolchilari Farg‘ona shahridagi nogironligi bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan "Gʻamxo‘rlik" markaziga tashrif buyurishdi.

Klub a’zolari markaz tarbiyalanuvchilari hamda ularga mashaqqatli ta’lim-tarbiya berib kelayotgan fidokor ustozlarning holidan xabar oldilar. Bolajonlar bilan yaqindan suhbatlashib, uchrashuv davomida jamoamiz tomonidan ularga esdalik sovg‘alari va shirinliklar topshirildi. Zero, jamoamizning eng katta kuchi — mana shunday samimiy insonlarning duosi va xalqimiz bilan birdamligidadir!
Neftchi va Paju Frontier FC o'rtasida hamkorlik o'rnatildi

Neftchi va Paju Frontier FC o'rtasida hamkorlik o'rnatildi

Farg‘onaning Neftchi va Koreyaning Paju Frontier FC klublari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Neftchi va Koreyaning Paju Frontier FC futbol klubi o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

Paju milliy futbol markazida Farg‘onaning Neftchi hamda Koreyaning Paju Frontier FC futbol klublari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov futbol shunchaki sport turi emas, balki millionlab insonlarni bir maqsad atrofida birlashtiradigan, ularga zavq va ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlaydigan, xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini mustahkamlaydigan muhim vosita ekanini ta’kidladi.

Ayniqsa, Koreya Respublikasida tahsil olayotgan va mehnat qilayotgan farg‘onalik hamda vodiylik yoshlarning birlashib, Neftchi Koreya futbol jamoasini shakllantirgani va mahalliy musobaqalarda munosib ishtirok etayotgani yuqori baholandi.