Barchasi Transfer Matbuot Natijalar Umumiy ↔ Bog'langan

Tottenham — yangiliklari Transfer

Tottenham va bog'liq yangiliklar

Tottenham Yaya Fofanani kuzatmoqda

Tottenham Yaya Fofanani kuzatmoqda

«Tottenxem» «Stad de Reyms» yarim himoyachisi Yaya Fofanaga qiziqish bildirmoqda. Skautlar futbolchini «AS Sent-Eten»ga qarshi o'yinda kuzatishadi.

Fransiyada yozilishicha, «Tottenxem» «Stad de Reyms» futbolchisi Yaya Fofanaga qiziqish bildirmoqda. U ayni damda Yevropaning eng yaxshi to'purarlari ro'yxatida to'rtinchi o'rinda bormoqda.

«Shporlar» skautlari uning «AS Sent-Eten»ga qarshi o'yinini bevosita stadiondan kuzatib borishadi. Qishda uni shunchaki qo'yib yuborishmaydi — «Reyms» futbolchi uchun 25 million yevrodan ko'proq mablag' talab qilmoqda.

Jed Spens transferining rasmiy tafsilotlari ma'lum bo'ldi

Jed Spens transferining rasmiy tafsilotlari ma'lum bo'ldi

Jed Spensning «Inter»ga o'tishi bo'yicha moliyaviy tafsilotlar va bonuslar tizimi ma'lum qilindi.

Jed Spens transferi bo'yicha rasmiy raqamlar:

Transferning umumiy summasi 30,75 million yevroni tashkil etadi va u uch qismda to'lab beriladi:

- 10,25 million yevro — o'yinchi ro'yxatdan o'tkazilgandan keyin 30 kun ichida;

- 10,25 million yevro — 2027-yil 1-avgustgacha;

- 10,25 million yevro — 2028-yil 1-avgustgacha.

Bonuslar umumiy summasi 5,125 million yevrogacha yetishi mumkin:

- «Inter»ning Italiya chempionatidagi har bir g'alabasi uchun 512 500 yevro, bunda Spens tegishli mavsumda jamoa o'yinlarining kamida 50 foizida maydonga tushgan bo'lishi kerak. Bonus ko'pi bilan ikki marta to'lanishi mumkin — jami 1,025 million yevro.

- «Inter» turnir yarim finaliga chiqqan taqdirda 512 500 yevro, bunda Spens tegishli musobaqa doirasidagi o'yinlarning kamida 50 foizida ishtirok etgan bo'lishi kerak. Bu bonus ham ko'pi bilan ikki marta to'lanishi mumkin — jami 1,025 million yevro.

- «Inter»ning Chempionlar ligasi asosiy bosqichiga har bir chiqishi uchun 512 500 yevro. Shart — Spens jamoa yo'llanmani qo'lga kiritgan mavsumda A Seriya o'yinlarining kamida 50 foizida maydonga tushishi kerak. Bonus ko'pi bilan uch marta to'lanishi mumkin — jami 1,537 million yevro.

- «Inter» turnirda g'alaba qozongan taqdirda 1,025 million yevro, bunda Spens tegishli musobaqada jamoa o'yinlarining kamida 50 foizida maydonga tushgan bo'lishi kerak. Bonus faqat bir marta to'lanishi mumkin.

- Spens «Inter»ning asosiy jamoasi safida rasmiy o'yinlarda jami 30 ta samarali harakat (gol va golli uzatma) amalga oshirsa, 512 500 yevro. Bu bonus ham faqat bir marta to'lanishi mumkin.

«O'ynalgan o'yin» deganda maydonda kamida 45 daqiqa harakat qilish tushuniladi.

Bundan tashqari, «Tottenxem» o'yinchining kelajakdagi sotuvidan 10,25 foiz ulushni saqlab qoladi.

Calcio e Finanza xabariga ko'ra.

Richarlison «Kristal Pelas»ga o'tishi mumkin

Richarlison «Kristal Pelas»ga o'tishi mumkin

«Kristal Pelas» «Tottenxem» hujumchisi Risharlisonni qishki transfer oynasida o'z safiga qo'shib olmoqchi.

⚡️ Risharlison APL doirasida klubini o'zgartirishi mumkin! ⚽️

❗️ «Kristal Pelas» «Tottenxem» hujumchisini o'z safiga qo'shib olishdan manfaatdor. London klubi braziliyalik futbolchini qishda 20 million yevro evaziga qo'yib yuborishga tayyor.

«Tottenxem» va «Kristal Pelas» darvozabon Otavio bilan qiziqmoqda

«Tottenxem» va «Kristal Pelas» darvozabon Otavio bilan qiziqmoqda

«Tottenxem» va «Kristal Pelas» «Kruzeyro» darvozaboni Otavioga qiziqish bildirmoqda. Klublar futbolchini kuzatish uchun Braziliyaga vakillarini yubordi.

«Tottenxem Xotspur» va «Kristal Pelas» – so'nggi vaqtlarda darvozabon Otavio bilan qiziqish bildirayotgan Premer-liga klublari hisoblanadi. 👀

Har ikki klub ham futbolchining o'yinini kuzatish uchun Braziliyaga o'z vakillarini yubordi.

Globo Esporte xabariga ko'ra

Bog'liq yangiliklar

Juventus Destini Udoji bilan qiziqmoqda

Juventus Destini Udoji bilan qiziqmoqda

Turin klubi «Tottenxem» himoyachisi Destini Udojini ijaraga olish variantini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda Gazzetta dello Sport xabar berdi.

«Yuventus» Destini Udojini nishonga oldi!

Turin klubi «Tottenxem» himoyachisi Destini Udojining harakatlarini kuzatib bormoqda va uni sotib olish huquqi bilan ijaraga olish variantini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda Gazzetta dello Sport xabar bermoqda.