Barchasi Transfer Matbuot Natijalar Umumiy ↔ Bog'langan

Tottenham — yangiliklari Matbuot

Tottenham va bog'liq yangiliklar

Bog'liq yangiliklar

Sol Kempbell «Tottenxem»dagi davri va «Arsenal»ga o'tishi haqida gapirdi

Sol Kempbell «Tottenxem»dagi davri va «Arsenal»ga o'tishi haqida gapirdi

Sol Kempbell «Tottenxem»dagi faoliyati va 2001-yilda «Arsenal»ga o'tishi bilan bog'liq vaziyat haqida fikr bildirdi.

Sol Kempbell «Tottenxem»ni u atrofida jamoa qurmagani uchun tanqid qildi. U o'zini dunyo futbolidagi eng yaxshi himoyachilardan biri deb biladi:

«Sizda dunyoning eng yaxshi himoyachilaridan biri bor va u sizdan normal jamoa qurishni iltimos qilmoqda... Mening vaqtimni behuda sarflamang!»

Sol Kempbell 2001-yilda «Arsenal»ga o'tgani uchun «Tottenxem» muxlislaridan uzr so'radi.

Pirs Morgan:

«Siz «shporlar» muxlislaridan uzr so'radingizmi?»

Sol Kempbell:

«Albatta, ha, so'radim. Ba'zi odamlar hali ham xafagarchilik yoki shunga o'xshash narsalarni his qilishadi. Ba'zilar o'sha vaqtda tug'ilmagan ham bo'lsa-da, baribir nimadir his qilishadi. Men uchun bu biroz g'alati. O'sha paytda dunyoda bo'lmagan bo'lsangiz ham, bu xafagarchilikni his qilyapsiz. Shuning uchun hozir 35–40 yosh va undan katta bo'lganlarni tushunaman, lekin ha, vaqti-vaqti bilan uzr so'rab turganman».
Pedro Porro: "Barselona" qiziqishi – bu men uchun maqtov"

Pedro Porro: "Barselona" qiziqishi – bu men uchun maqtov"

Pedro Porro "Barselona" va "Real" qiziqishi hamda Laportaning so'zlari haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.

❓Sen "Tottenxem" bilan shartnomangni uzaytirding, ammo senga "Barsa" va "Real" kabi klublar qiziqish bildirishgandi.

🗣 Pedro Porro: "Mening klubim bilan shartnomam bor va men u yerda juda baxtliman. Men uni hurmat qilishim kerak. Albatta, futbolda shunday bo'ladi: turli xabarlar paydo bo'ladi, mish-mishlar tarqaladi, lekin hozir men terma jamoaga e'tibor qaratganman, qolganini esa vaqt ko'rsatadi".

❓O'ylaymanki, "Barselona" senga qiziqish bildirgani – bu maqtov.

🗣 Pedro Porro: "Ha, albatta, bu maqtov. Dunyoning eng yaxshi klublaridan biri senga qiziqish bildirganda – yoki hech bo'lmaganda shunday deyishganda – bu har doim yoqimli, chunki men o'z ishimni yaxshi bajaryapman, shekilli. Shu ruhda davom etish kerak".

❓Laporta hatto sen uning sevimli o'yinchilaridan biri ekanligingni tan olgandi. Bu haqda podkastlardan birida aytishgan.

ℹ️ Laporta bunday gapni ommaviy tarzda aytmagan.

🗣 Pedro Porro: "Men buni eshitmadim. Ammo bu ham uning tomonidan aytilgan maqtov. Yuqorida aytganimdek, boshqa klub prezidenti, mening klubim emas, mening ishimni yuqori baholashi yaxshi. Demak, men hammasini to'g'ri bajaryapman".