Lion hujumchisi Luis Openda Chempionlar ligasi o'yini oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
🎙️ Luis Openda:
«Biz bu kutishni his qilyapmiz, ammo u juda ijobiy. Hamma Chempionlar ligasining Lionga qaytishini ko'rishni istaydi. Biz tayyormiz va buning uchun astoydil shug'ullanyapmiz.
Bizni ajoyib muhit hukm suradigan to'la stadion kutib turibdi. Biz juda diqqatli bo'lishimiz kerak va o'yinni intizorlik bilan kutyapmiz. Klubda muvaffaqiyatga erishish uchun katta umumiy istak sezilmoqda.
O'yin imkoniyatlari baribir 50 ga 50. Murabbiy Tuluza bilan o'yinda 11 nafar futbolchini almashtirgani hech narsani anglatmaydi.
O'ynamaganlarimiz ham juda qattiq shug'ullandik. Bu yerga kelgan ilk kunimdan o'zimni uydagidek his qildim, chunki meni juda yaxshi kutib olishdi. Yangi jamoaga moslashishim umuman qiyin bo'lmadi. Bu yerda fransuz tilida gaplashishadi, shuning uchun men uchun hamma narsa oson».
Paulo Fonseka LFPning "Tuluza" — "Lion" uchrashuvini ko'chirishdan bosh tortgan qarorini tanqid qildi.
"Fenerbaxche"ga qarshi hal qiluvchi javob o'yini oldidan Paulo Fonseka LFPning "Tuluza" — "Lion" uchrashuvini boshqa muddatga ko'chirishdan bosh tortganidan noroziligini bildirdi.
🎙️ "Afsusdaman. Ko'rinib turibdiki, hamma ham fransuz futbolining rivojini istamaydi. Liga qarorini tushunish qiyin, ayniqsa, o'tmishda boshqa jamoalar uchun o'yinlar ko'chirilishiga ruxsat berilganini hisobga olsak".
Shu tariqa, "Lion" bosh murabbiyi klublarga nisbatan turlicha munosabatda bo'linayotganiga ishora qildi. Chorshanba kuni "Lion" Chempionlar ligasiga chiqish uchun muhim o'yin o'tkazadi, bu esa Fransiya klublari koeffitsiyenti uchun ham katta ahamiyatga ega.
Paulo Fonseka "Fenerbaxche"ga qarshi o'yindan so'ng javob bahsi va muxlislar ko'magi haqida fikr bildirdi.
🎙️ Paulo Fonseka:
Biz kuchli jamoaga qarshi o'ynashimizni va ular tabiiyki favorit ekanini bilar edik. Ammo javob o'yinini o'z uyimizda o'tkazamiz. Biz stadion oxirgi soniyagacha qo'llab-quvvatlaydigan muhitni yarata olamiz, chunki keyingi bosqich masalasi so'nggi daqiqalargacha hal bo'ladi.
Hozir bizga tiklanib olish, "Tuluza"ga qarshi o'yinga tayyorgarlik ko'rish va keyin javob bahsiga eng yaxshi holatda yetib kelish kerak.
Bizga muxlislarimiz kerak bo'ladi — xuddi bugun "Fenerbaxche" o'z muxlislariga tayanganidek. Biz birgalikda klub uchun tarixiy lahzalarni yaratmoqchimiz.
Matye Lui-Jan Chempionlar ligasidan chiqib ketish transfer bozoriga ta'sir qilmasligini va jamoa tezda Yevropa ligasiga e'tibor qaratishi kerakligini aytdi.
Matye Lui-Jan transfer bozori oqibatlari haqida tashvishlanmaslik kerakligini ta'kidladi:
Biz haqiqatan ham juda va juda xafamiz, chunki birinchi o'yindan so'ng bugun kechqurun keyingi bosqichga chiqish uchun yetarlicha tayyorgarlik ko'rgan edik.
Birinchi bo'limni boy berdik. Ikki vaziyatda passiv harakat qildik va o'tkazib yuborilgan ikkita gol tufayli keyingi bosqichga chiqa olmadik. Bu ham yuqori saviyadagi futbolning bir qismi.
Raqibda iqtidorli futbolchilar bor. Biz bor kuchimizni berdik. Ikkinchi bo'limda bosim o'tkazishga urindik. Muxlislar fantastik darajada edi.
Hisobni 2:2 ko'rinishiga keltirdik deb o'ylagan edik. Agar o'sha ikkinchi golni urganimizda, hammasi o'zgarishi mumkin edi, deb hisoblayman.
Yigitlar oxirigacha kurashishdi, ammo bugun kechqurun katta hafsalamiz pir bo'ldi.
Transfer oynasining yakuni bo'yicha oqibatlardan xavotirlanish kerakmi? Yo'q. Bu biz uchun muhim maqsad edi, chunki Chempionlar ligasida ishtirok etishni xohlagan edik. Endi Yevropa ligasida o'ynaymiz. Tuluza ustidan g'alaba qozondik, oldinda esa tez orada "Gavrl" bilan o'yin bor. Chempionatga va tez orada boshlanadigan Yevropa ligasiga tezda moslashishimiz kerak.
Paulo Fonseka "Fenerbaxche"ga qarshi javob o'yini oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Fenerbaxche"ga qarshi birinchi o'yindagi 1:1 hisobidan so'ng bo'lajak javob bahsi oldidan hayajonni qanday his qilyapsiz?
🎙️ Paulo Fonseka:
Jamoa g'alaba qozonib, klub tarixida o'z nomini qoldirishga juda motivatsiyalanganini his qilyapman. Ammo biz raqibning yuqori saviyasini ham tushunib turibmiz, shuning uchun bu o'yinda asosiy prinsip balans bo'lishi kerak. Biz bu ustida ko'p ishladik va bu juda muhim.
Bu ochiq o'yin bo'ladi. "Fenerbaxche" g'alaba qozonishni istaydi va bu yerga himoyalanish uchun kelmaydi. Biz esa to'pni nazorat qilishni va tashabbusni qo'lga olishni istaymiz.
Paulu Fonseka «Tuluza»ga qarshi o'yinda tarkibda rotatsiya bo'lishini ma'lum qildi. Mussa Niakate, Nikolas Tagliafiko va Ruben Klyuyvert o'yinga tayyor.
«Fenerbaxche»ga qarshi bahsda to'pig'idan jarohat olganiga qaramay, Mussa Niakate o'yin uchun to'liq tayyor. Xuddi shuningdek, Nikolas Tagliafiko va Ruben Klyuyvert ham safga qaytishgan.
🎙️ Shu bilan birga, Paulu Fonseka shanba kungi bahsda tarkibda o'zgarishlar bo'lishini tasdiqladi: «Men ikkita o'yin haqida o'ylashim kerak», — dedi murabbiy Chempionlar ligasi pley-off bosqichi javob o'yinini nazarda tutib.
Portugaliyalik mutaxassis, xususan, Mads Bidstrup va Zaxari Atekeme «Tuluza»ga qarshi o'yinda ko'proq o'yin vaqti olishi mumkin bo'lgan futbolchilar qatorida ekanligini ta'kidladi.