Barchasi Transfer Matbuot Natijalar Umumiy ↔ Bog'langan

Valencia — yangiliklari Matbuot

Valencia va bog'liq yangiliklar

Rodri va Pau Kubarsi «Valensiya» haqida keskin fikr bildirdi

Rodri va Pau Kubarsi «Valensiya» haqida keskin fikr bildirdi

Rodri va Pau Kubarsi «Valensiya»ning o'yiniga keskin baho berishdi. Futbolchilar raqibning o'yin uslubidan norozi ekanliklarini yashirishmadi.

🤬Rodri va Pau Kubarsining «Valensiya» haqidagi fikrlari:

«Ular umuman juda kuchsiz. Juda yomon. Shunchaki dahshatli darajada yomon. Ular o'tgan mavsumni qanday yakunlashdi o'zi? Hatto maydon markazini ham kesib o'tishmadi».

💀 Mana bu endi diplomatiyasiz.

Arnau Martines: «Jirona» safida o'ynashga tayyorman»

Arnau Martines: «Jirona» safida o'ynashga tayyorman»

«Jirona» himoyachisi Arnau Martines mavsumoldi tayyorgarlikdan so'ng o'zini to'liq formada his qilayotganini va klub uchun borini berishga tayyorligini aytdi.

🚨 Arnau Martines:

Men qo'limdan kelgan barcha ishni qildim va mana, men shu yerdaman. Men mavsumoldi tayyorgarligini o'tkazdim va «Jirona» safida ikkita o'yinda maydonga tushdim, shuning uchun o'ynashga tayyorman. Klubga nima kerak bo'lsa, bor kuchimni beraman.

Bog'liq yangiliklar

Rodri «Valensiya» haqidagi so'zlari uchun uzr so'radi

Rodri «Valensiya» haqidagi so'zlari uchun uzr so'radi

Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Rodri «Valensiya» futbolchilari haqida aytgan noo'rin so'zlari uchun uzr so'radi.

❗️ Rodri: «Men so'zlarim bilan kimnidir xafa qilgan bo'lsam, barchadan, ham futbolchilardan, ham «Valensiya» muxlislaridan uzr so'rayman. Shuningdek, «Valensiya» sardori Gayaga ham qo'ng'iroq qildim. Inson xato qilganda, u uzr so'rashi kerak. Bu kutilmagan holatdagi reaksiya edi. Umid qilamanki, «Valensiya» avvalgi darajasiga qaytadi».

🔙 «Valensiya»ga qarshi o'yin vaqtida Rodri Kubarsiga shunday degandi: «Ular haqiqatan ham juda kuchsiz, shunday emasmi? Ular ikkinchi bo'limda hatto maydon markazini ham kesib o'tishmadi».