Betis Troy Parrott transferi bo'yicha muzokaralarni jadallashtirmoqda
Betis Troy Parrott transferi bo'yicha AZ bilan muzokaralarni jadallashtirmoqda. Vest Xem esa boshqa futbolchiga e'tibor qaratdi.
SoccerNews xabariga ko'ra, Betis Troy Parrott transferi bo'yicha AZ bilan muzokaralarda oldinga siljidi.
Ispaniyaliklar boshqa klublarning qiziqishi sababli bitimni tezlashtirmoqchi. Avvalroq Vest Xem futbolchi uchun 17,5 million yevro taklif qilgan edi, ammo endilikda klub Joel Piroe variantiga o'tgan.