Barchasi Transfer Matbuot Natijalar Umumiy ↔ Bog'langan

Navbahor — yangiliklari Umumiy

Navbahor va bog'liq yangiliklar

Superliga: Sentyabr oyining eng yaxshi murabbiyi nomzodlari e'lon qilindi

Superliga: Sentyabr oyining eng yaxshi murabbiyi nomzodlari e'lon qilindi

Superligada sentyabr oyining eng yaxshi murabbiyi bo'lishga nomzodlar ro'yxati e'lon qilindi.

⚽️ Superliga. Sentyabr oyining eng yaxshi murabbiyi (nomzodlar)

🟡 Kamoliddin Tojiyev (Paxtakor) — 3 o‘yin, 3 g‘alaba, to‘plar farqi 8:2

🔵 Ro‘ziqul Berdiyev (Nasaf) — 3 o‘yin, 3 g‘alaba, to‘plar farqi 13:3

🟡 Mirjalol Qosimov (OKMK) — 3 o‘yin, 2 g‘alaba, 1 mag‘lubiyat, to‘plar farqi 4:4

🔵 Timur Kapadze (Navbahor) — 3 o‘yin, 2 g‘alaba, 1 durang, to‘plar farqi 8:4

🟡 Anvar G‘ofurov (Surxon) — 3 o‘yin, 2 g‘alaba, 1 mag‘lubiyat, to‘plar farqi 3:3

O'zbekiston chempionati: 4-tur voqealari sarhisobi

O'zbekiston chempionati: 4-tur voqealari sarhisobi

Avgust laureatlari taqdirlandi, Qarshida sensatsiya, Buxoro ochko yo‘qotdi, Navbahorning mag‘lubiyatsiz seriyasi davom etdi.

Avgust laureatlari taqdirlandi, Qarshida sensatsiya, Buxoro ochko yo‘qotdi, Navbahorning mag‘lubiyatsiz seriyasi davom etdi — eng sermahsul turdagi voqeliklar Liga rakursida

Navbahor futbolchilari bugungi bahsni o'tkazib yuboradi

Navbahor futbolchilari bugungi bahsni o'tkazib yuboradi

Navbahor jamoasining to'rt nafar futbolchisi jarohati sababli bugungi uchrashuvda maydonga tusha olmaydi.

🔐 Bugungi uchrashuvda Yovan Djokich, Abdulla Abdullayev, Jamshid Iskanderov va Alisher Odilovlarda jarohat borligi jamoamizga yordam bera olmaydi!

Muhammadali G'iyosov klub qarorgohiga qaytdi

Muhammadali G'iyosov klub qarorgohiga qaytdi

Jarohat olgan "Navbahor" vingeri Muhammadali G'iyosov shifoxonadan chiqib, klub qarorgohiga qaytdi. Futbolchi shifokorlar nazoratida qolmoqda.

"Bunyodkor" jamoasiga qarshi o'yin startini yuqori tempda boshlab, dastlab gol urib, keyin penalti ishlab, eng yaxshi o'yinchi bo'lib turgan, jamoamizning tezkor vingeri Muhammadali G'iyosov o'yinning 35-daqiqasida jarohat olib o'yingohdan tez tibbiy yordam mashinasida olib ketilgan edi.

Shifoxonaga olib ketilgan G'iyosov bir muddat shifoxonada bo'ldi. Unga zaruriy tibbiy yordam va muolajalar qilinib, futbolchining holati nazoratga olindi. Muhammadali bir nechta tibbiy ko'riklardan o'tkazildi. Hozirda futbolchi klub qarorgohiga qaytib keldi. U o'zini yaxshi his qilmoqda. Shunday bo'lsa-da, klub shifokorlari nazoratida turibdi. Umid qilamizki, Muhammadali G'iyosov tez orada jamoa safiga qaytadi. Futbolchi qachondan mashg'ulotlarga qo'shilishi tibbiy ko'riklarning natijasidan keyin ma'lum bo'ladi.

Muhammadaliga salomatlik tilaymiz!
Navbahor klubi muxlisi vafot etdi

Navbahor klubi muxlisi vafot etdi

Superliga 16-turi doirasidagi Surxon — Navbahor uchrashuvi boshlanishi oldidan Navbahor klubining fidoyi muxlisi Abdullo Ahmedov vafot etdi.

Superliga 16-turi doirasidagi Surxon — Navbahor uchrashuvi boshlanishi oldidan Navbahor klubining fidoyi muxlisi Abdullo Ahmedov stadionda vafot etdi.

Marhumning yaqinlari va namanganlik futbol ixlosmandlariga ushbu judolik yuzasidan chuqur hamdardligimizni izhor etamiz!

Husayn Norchayev bir turda ochkolar bo'yicha rekord o'rnatdi

Husayn Norchayev bir turda ochkolar bo'yicha rekord o'rnatdi

Husayn Norchayev joriy mavsumda bir turda jamg'argan ochkolar soni bo'yicha rekord o'rnatdi.

Husayn Norchayev joriy mavsumda bir turda jamg'argan ochkolar soni bo'yicha rekord o'rnatdi.

Husayn Norchayev — 21 ochko
Bilolxon Toshmirzayev — 20 ochko
Asadbek Sobirjonov — 17 ochko
Lyupcho Doriyev — 17 ochko
Bashar Resan — 17 ochko

Bog'liq yangiliklar

Navbahor Superligada ketma-ket beshta g'alabaga erishdi

Navbahor Superligada ketma-ket beshta g'alabaga erishdi

Namanganning "Navbahor" klubi Superligada ketma-ket beshta g'alabaga erishdi. Jamoa oxirgi marta bunday natijani 2018-yilgi mavsumda qayd etgandi.

🔵 Navbahor 8 yildan so‘ng yana Superligada ketma-ket beshta g‘alabaga erishdi.

Lochinlar so‘nggi bor 2018-yilda bu ishni uddalashgan va o‘sha mavsumda Namangan klubi musobaqani 3-o‘rinda tugatgan edi.

Xo‘sh, sizningcha, Navbahor bu mavsumni qaysi pog‘onada yakunlaydi?