PFL Nazorat-taftish komissiyasi tarkibi tasdiqlandi
Liga Umumiy yig‘ilishi Nazorat-taftish komissiyasi tarkibini 100 foiz ovoz bilan tasdiqladi.
Liga Umumiy yig‘ilishi Nazorat-taftish komissiyasi tarkibini 100 foiz ovoz bilan tasdiqladi
Liga Umumiy yig‘ilishi Nazorat-taftish komissiyasi tarkibini 100 foiz ovoz bilan tasdiqladi.
Liga Umumiy yig‘ilishi Nazorat-taftish komissiyasi tarkibini 100 foiz ovoz bilan tasdiqladi
Murabbiy Mirko Yelichich o‘zbek futbolidagi o‘zgarishlar, yosh futbolchilarning o‘sishi va akademiyalarga qaratilayotgan e’tibor haqida fikr bildirdi.
Mirko Yelichich: - Juda qiziqarli o‘yin bo‘ldi, ikkala jamoa ham oxirigacha kurashishga, mehnat qilishga tayyor. Ikkala jamoa futbol o‘ynashga harakat qildi. Ikkala tomonda ham vaziyatlar bo‘ldi. Odatda bunday o‘yinlarni kichik xatolar hal qiladi va bu o‘yinda ham shunday bo‘ldi. Himoyada kichik bir xato va o‘yin natijasi hal bo‘ldi. Bunday o‘yinlarni tomosha qilish juda yoqimli, ayniqsa, o‘zbek futboli uchun yoqimli. Ba’zan bu yerdagi o‘yinlar zerikarli bo‘ladi. Shunday ekan, bunday atmosferada vaziyatlari ko‘p bo‘ladigan, ikkala jamoa himoyada o‘ynamaslikni istashi - bu yoqimli, hamma uchun yoqimli.
- Menda shunday savol bor, so‘nggi paytlarda deyarli barcha murabbiylarga shu savolni beryapman. Futbol juda tez o‘zgaryapti. Men so‘nggi paytlarda maydonga tushayotgan yosh futbolchilarning umuman hech kimdan, katta nomdagi o‘yinchilardan qo‘rqmayotganidan xursand bo‘lyapman. So‘nggi paytlarda futboldagi o‘zgarish nimada? Yoshlar maydonga tushyapti, 16 yoshli futbolchini himoya markaziga qo‘yishyapti va u shunday o‘ynayapti. O‘zingiz ham ko‘rdingiz, “Paxtakor” 20 yoshli futbolchini asosiy tarkibda maydonga tushirmoqda va qo‘rqmasdan oldinga chiqadi. Oldinlari yoshlarga hech qanday imkoniyat qoldirilmasdi.
- Ularda qiziqish bo‘lsa, oxirigacha harakat qilishsa, futbolda ko‘p narsani o‘rganish mumkin. Internet yo‘qligi, televizorda o‘yinlar kam bo‘lgani sababli ilgari bunday bo‘lmasdi. Men barcha yoshlar kerakli darajada shug‘ullanyapti, deb aytmagan bo‘lardim. Bu shunchaki futbolga bo‘lgan muhabbat va ular dunyodagi ko‘plab futbolchilarning qanday o‘ynashini ko‘ra oladi. Albatta, ulardan o‘rganasiz. Bu hozirda bu butun dunyoda umumiy holat. Hozir jahon chempioni bo‘lgan Ispaniya tarkibida 19 yoshli yigit o‘ynayapti. Bu aqlbovar qilmas holat. Bunday turnirda nafaqat o‘ynash, balki o‘zingni asosiy o‘yinchi sifatida ko‘rsatishing mumkin. Akademiyalar hozir ko‘proq e’tibor qarata boshladi. Albatta, mamlakatda moliyaviy ahvol biroz qiyinlashganda, ular akademiyalarga e’tibor qarata boshlaydi. Shu sababli keyin yoshlar ham o‘z o‘rniga ega bo‘ladi. O‘zbekistonda juda ko‘p iqtidorli yigitlar bor. Ular bu imkoniyatdan sharoitlar va murabbiylar orqali qanday foydalanishadi, bu boshqa masala. Yoshlarning kelajakda qanday rivojlanishini ko‘ramiz. Men ko‘p yigitlarni kuzataman. Nafaqat biz shug‘ullanayotganlarni, balki ba’zan U-14, U-16 o‘yinlarini ham borib ko‘raman. Juda ko‘p yaxshi iqtidorlar bor.
Lokomotiv bosh murabbiyi Neftchiga qarshi kechgan bahsdan so'ng jamoaning o'yini, taktik o'zgarishlar va mavsumdagi maqsadlar haqida fikr bildirdi.
- Shuhrat Muhammadiyevning almashtirilishi sababi nima - taktikami yoki unda jarohat bormidi?
- Yo‘q, taktik. Maydon markazida bizga kuch yetishmayotgan edi. Masalan, Shuhrat qanotda harakat qilishi kerak edi, ishlari biroz o‘xshamadi. Dastlabki 25-30 daqiqada yaxshi o‘ynadik, keyin esa markazni boy berishni boshladik. Shunda biz markazni kuchaytirishga qaror qildik. Markazni biroz kuchaytirib, bir himoyachini olib tashladik.
- O‘yin oldidan jamoangiz 3-4-3 sxemasida o‘ynaydi deb o‘yladim, chunki bundan oldin doim 4-3-3 yoki 4-2-3-1 sxemasida o‘ynagansizlar. Dastlabki 30 daqiqa teng kurashlar ostida o‘tdi, lekin Sizlarda golli vaziyat bo‘ldi, Tupliyev gol ursa, 1:0. Raqibda vaziyatlar deyarli yo‘q edi. Keyin 30-daqiqadan boshlab, menga shunday tuyuldiki, “Neftchi” ustunlikni qo‘lga oldi va 70-daqiqagacha ular sizlarni shunchaki ezib tashlashdi. Sizlar kuchli bosimga qaramay, to‘rt himoyachili sxemaga o‘tdingiz. Aynan Yo‘ldoshevni o‘ngga o‘tkazdingiz va jamoa nimadir qilishga urindi. Va Shushnyarning xatosi... Aytaylik, u joylashishga ulgurmagani sababli gol yuzaga keldimi?
- Ha, kichik xato. U bir oydan beri o‘ynamayapti. Shuning uchun, o‘tgan o‘yinda 20 daqiqa maydonga tushganini hisobga olmaganda, bu uning uchun birinchi o‘yin. Albatta, bunday paytda sezgirlik hisssi biroz yo‘qoladi. Balki unga to‘pga bunchalik erta sakrash kerak emas edi. Yana bir bor aytaman, bu kichkina vaziyat va o‘yinni hal qildi. Ha. Birinchi taymning so‘nggi 15 daqiqasida biz o‘z rejamizni amalga oshira olmadik, o‘yinni qanday boshlagan bo‘lsak, shunday davom ettira olmadik. Keyin pozision jihatdan ba’zi hududlarni yo‘qota boshladik. Va keyin buni o‘zgartirish kerakligini his qildik.
- Demak, bu taktik emas, individual xato bo‘ldi, shundaymi? Chunki siz to‘rt himoyachiga o‘tdingiz, keyin Abrayev, Bahodirov maydonga tushdi va oxirgi 15 daqiqada hatto Iskandarov ham shunchaki to‘pni tepib yuborganidan hayratdalandim. Jamoangiz hatto oxirida gol urishlari ham mumkin edi.
- Ha. Umuman olganda, Jasur hujumda to‘pni yo‘qotdi. U yotgan edi, biz ular to‘pni chiqarib yuborishadi deb o‘yladik, lekin raqib o‘yinni davom ettirdi. Balki bizning futbolchilarimiz shu vaziyatda biroz to‘xtab qolishdi va konsentratsiyani yo‘qotishdi. Aytishim mumkinki, biz orqa chiziqda biroz ko‘proq to‘pni ushlashimiz kerakligini tushundik. Birga-bir vaziyatlar baribir bo‘ladi, chunki himoyachilar soni hujum qiladiganlardan kamroq. Odatda bunday vaziyatlarni biz osonroq hal qilardik, biroq bu safar o‘xshamadi. Bu tezkor, bir lahzalik qaror. Uni aybdor deb ayta olmaymiz. Gol o‘tkazib yuborilsa, bu vaziyatning oxiridan boshlanmaydi. Bu maydonning yuqori qismidagi birinchi vaziyatdan boshlanadi. Jamoa gol o‘tkazib yuborganda, hamma aybdor bo‘ladi. Men hech qachon bir kishiga yuklashni yoqtirmayman.
- “Lokomotiv” mavsumning ikkinchi qismida “Paxtakor” va “Navbahor” bilan durang o‘ynadi va bugun, afsuski, “Neftchi”ga yutqazdi. Agar medallar uchun kurashayotgan shu uchlikni olsak, jamoangiz o‘yin sifati bo‘yicha shu kuchli uchlikka qanchalik yaqin deb hisoblaysiz? Tarkib bo‘yicha men “Lokomotiv”ni yuqoridagi uch jamoa bilan solishtira olmayman, umuman yaqin ham emassizlar.
- Bu savolga javob berish qiyin. Ayni paytda klublarning sifati, ular qanday jamoa tuza olishi va biz nima qila olishimiz o‘rtasida katta farq bor. Ularning o‘yinchilari sifati yaxshiroq deyishingiz mumkin. Men o‘zim bunday demagan bo‘lardim. Buni qog‘ozda, maoshlar narxida o‘qish mumkin. Bizning o‘yinchilarimiz ular bilan qanchalik kurashishga tayyorligiga kelsak, ha, oradagi farq unchalik uzoq emas. Baribir biroz farq bor. Bu bizning Superligaga qaytganimizdagi birinchi yilimiz. Tarkib yangidan yig‘ilgan. Bu o‘yinchilarning ko‘pchiligi o‘tgan yili jarohatlar yoki quyi ligada o‘ynagani sababli maydonga tushmagan. Shunday ekan, bunday jamoalar bilan kurasha olayotganimiz biz uchun yoqimli. Biz hozir keyingi yilga qanday qilib yaxshiroq bo‘lishimiz mumkinligini izlayapmiz. Biz o‘zimizning darajamizga qaytishni xohlaymiz.
Namangan viloyati futbol maktabining U-13 jamoasi O‘zbekiston kubogi finalida Toshkent viloyati jamoasini mag‘lub etib, bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
Namangan FM — O‘zbekiston kubogi sohibi!
2013-yilda tug‘ilgan futbolchilar (U-13) o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston kubogi bahslari o‘z yakuniga yetdi. Musobaqa davomida yosh futbolchilar yuqori saviyadagi bellashuvlarda o‘z mahoratlarini namoyish etib, muxlislarga qiziqarli va murosasiz uchrashuvlarni taqdim etishdi. Musobaqada munosib ishtirok etgan Namangan viloyati futbol maktabining U-13 jamoasi musobaqaning final o‘yinida Toshkent viloyati futbol maktabi jamoasiga qarshi maydonga tushib, 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, musobaqaning bosh sovrinini qo‘lga kiritishdi.
Final
Namangan FM 2:1 Toshkent V FM
Namangan FM — O‘zbekiston kubogi g‘olibi!
3-o‘rin uchun
Qashqadaryo FM 1:1 Farg‘ona FM
Penaltilar seriyasi — 3:5
Farg‘ona FM — 3-o‘rin sohibi!
Musobaqaning yakuniy natijalari:
1-o‘rin — Namangan FM
2-o‘rin — Toshkent V FM
3-o‘rin — Farg‘ona FM
Mazkur g‘alaba bilan sobiq futbolchi Sanjar Asqaraliyev rahbarlik qilayotgan Namangan viloyat futbol maktabi ahil jamoasini tabriklaymiz. Umid qilamizki bu yigitchalar kelajakda Navbahor jamoamiz sharafini munosib himoya qiladigan mahoratli futbolchilar bo‘lib yetishishadi va katta yutuqlar bilan viloyatimiz futbol muxlislarini hursand qilishda davom etishadi.
O'zbekiston kubogi doirasida Navbahor jamoasining raqibi aniqlandi. Jamoa G'azalkent klubiga qarshi bahs olib boradi.
O'zbekiston kubogiga qur'a tashlandi
Raqib G'azalkent jamoasi
Navbahor jamoasida tarkibiy o'zgarishlar ro'y berdi. Bir qator futbolchilar jamoani tark etgan bo'lsa, boshqalari tarkibga kelib qo'shildi.
70 🔵 Navbahorda o'zgarishlar
Vanja Ilich, Ruslanbek Jiyanov, Benjamin Teydi.
Husayn Norchayev, Alex Fernandes, Asadbek Raximjonov.
O‘zbekiston kubogining chorak final bosqichiga yo‘l olgan barcha jamoalar nomi ma'lum bo‘ldi. Ertaga qur'a tashlash marosimi o‘tkaziladi.
O‘zbekiston kubogi. 1/4 finalning barcha ishtirokchilari aniqlandi. Ertaga 11:00 da qur'a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi
Lokomotiv bosh murabbiyi Mirko Yelichich Bunyodkorga qarshi o‘yin va jamoasining o‘yin uslubi haqida fikr bildirdi.
Mirko Yelichich: - Juda jangovar o‘yinni ko‘rdik. "Bunyodkor" yosh futbolchilari va yangi murabbiyi evaziga bu o‘yinga yaxshi kayfiyatda kelishini bilgandik. Klubning akademiyasi juda yaxshi, 21-22 yoshli tayyor futbolchilar chiqmoqda. Ular bilan yaxshi futbol o‘ynasa bo‘ladi. "Bunyodkor" uchun afsusdaman, bunday yigitlarni, bu klubni saqlab qolish kerak. Ularga omad tilayman va chiroyli o‘yin uchun rahmat aytaman. O‘zimizga keladigan bo‘lsak, barchasi o‘rtacha bo‘ldi. Yaxshi tomonlar ham yomonlari ham bor. O‘z golimizni urib olganimiz uchun katta bosimga duch keldik.
- Bittagina gol urilgan bo‘lsa-da, ikkala jamoada ko‘plab imkoniyatlar yuzaga keldi.
- Ochiq o‘yin bo‘ldi. Jamoalar shunday o‘yin ko‘rsatishga tayyor. Tezlik ko‘rsatishyapti, taslim bo‘lishmayapti. Qiziqarli o‘yinlar ko‘paymoqda.
- "Bunyodkor"ga qarshi o‘tgan safargi o‘yin ham deyarli shunday bo‘lgandi: "Lokomotiv"da ko‘p vaziyat bo‘lmagan, lekin realizatsiya yaxshi bo‘ldi. Bugun esa "Bunyodkor"da ham Sizning jamoangizda ham yetarlicha vaziyatlar bo‘ldi. "Lokomotiv" 6-7ta gol urishi ham mumkin edi.
- Futbol shunaqa. Ba’zida to‘rtta vaziyatdan to‘rtta ursa bo‘ladi, ba’zida 12tadan 1ta. Balki bunda hujumchining mahoratini ayblash mumkindir. Lekin kecha "Al Ahli"ga qarshi o‘yinda katta pul olayotgan hujumchining gol ura olmayotganini ham ko‘rishimiz mumkin. Muhimi biz vaziyatlar yaratyapmiz, bu yaxshi. Vaziyatlar yaratmaslik esa juda yomon. Bu esa o‘yin uslubiga bog‘liq. Biz esa bundan mamnunmiz.
Mash'al jamoasi Toshkentda Lokomotivga qarshi bahsda mag'lubiyatga uchradi. Shuningdek, yoshlar jamoasi ham safar o'yinida imkoniyatni boy berdi.
So'nggi yangiliklar
Toshkentda “Lokomotiv”ga mag‘lub bo‘ldik
“Mash’al” U21 safarda mag‘lub bo‘ldi
Navbahor jamoasi navbatdagi uchrashuvda yirik hisobdagi g'alabani qo'lga kiritdi.
Jamoamizdan yirik hisobda g'alaba!
Lokomotiv bosh murabbiyi Mirko Yelichich o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Mirko Yelichich: To‘liq 90 daqiqa yopiq futbol o‘ynab bo‘lmasligini bilardik
Lokomotiv bosh murabbiyi Mirko Yelichich Mash'alga qarshi o'yin, jamoaning maqsadlari hamda o'zining murabbiylik falsafasi haqida gapirdi.
Mirko Yelichich: - "Mash’al"ni oxirigacha kurashayotgani bilan tabriklayman. Ular maydonda qo‘rqmay harakat qilishmoqda. O‘yin oson kechmadi. To‘liq 90 daqiqa "yopiq" futbol o‘ynab bo‘lmasligini bilardik. Baribir zonalar ochilib qolardi. To‘xtovsiz bosim qilishimiz kerak muhim edi.
- Jamoa to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Bu siz uchun nimani anglatadi?
- To‘qqizta o‘yin qoldi. Biz musobaqa jadvaliga qaramayapmiz. O‘yinimizni yaxshilashni maqsad qilganmiz. Birinchi navbatda jamoa o‘yini va uni yaxshilash. Shunda ko‘nglim to‘ladi.
- Demak, bugungi o‘yindan qoniqdingizmi?
- Menga nechanchi o‘rinni egallashimiz muhim emas, ochig‘i. Muhimi, ushbu mavsumdan ko‘proq futbolchilarni tarbiyalash. Faqat egallaydigan o‘rnimiz eng muhimi emas.
- Ja’far Bahodirovni maydonga tushirishingizga sabab hisob bo‘ldimi yoki o‘yindan oldin ham shuni reja qilganmidingiz?
- Jamoaga ko‘proq kuch kerak edi. Temurxo‘ja va Sardor charchab qolishdi. Abduholiqov to‘psiz ham ko‘p harakat qilmoqda. Ja’far esa kuchga to‘la bo‘lib maydonga tushdi.
- To‘rt kundan so‘ng Kubokda "Bunyodkor" bilan o‘ynaymiz, keyin esa besh kun o‘tar-o‘tmas "Neftchi" bilan. Tiklanishga vaqt yetyaptimi?
- Yo‘q. Shunchaki qanday tiklanish tizimi o‘zgaradi. Biz hozir e’tiborni o‘yindagi jarayonlarga qaratdik. Shuning uchun, hozir qanday yo‘l tutishni bilamiz. "Bunyodkor"ga qarshi "Mash’al" bilan qilgan o‘yinimizni qilmaymiz.
- Yelichich jamoalari juda barqaror o‘yin namoyish etadi va sekinlik bilan o‘yinni yaxshilab boradi. Qaysi mashhur murabbiylarni kuzatasiz va ulardan nimalarni o‘rganasiz?
- Mening sevimli jamoam - "Liverpul". Klopp davridagi futbol yoqardi. Juda intensiv edi. O‘yinni nazorat qilish bo‘yicha esa "Barselona", o‘z vaqtida Byelsa ham "Lids"da yaxshi ishlagandi. Hozir "Komo"ni misol sifatida keltira olaman. Fabregas ko‘p narsani o‘zgartirdi. Men uchun muhimi pozision o‘yin.
Superliganing 21-turida Lokomotiv Mash'alni 3:0 hisobida mag'lub etdi. Temurxo'ja Abduxoliqov ikki gol kiritdi.
Superliga, 21-tur. Lokomotiv o'z maydonida Mash'alni 3:0 hisobida mag'lub etdi.
Gollar: Temurxo'ja Abduxoliqov, 56 (1:0), Temurxo'ja Abduxoliqov, 85 (2:0), Jafar Bahodirov, 90+1 (3:0).
Superliga 21-turidan o'rin olgan Buxoro va Navbahor jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yakunlandi. O'yin 1:4 hisobida Navbahor foydasiga hal bo'ldi.
Superliga - 2026. 21-tur
Buxoro - Navbahor
1:4
No comment....
Navbahor hamda Lokomotiv jamoalari o'rtasidagi bahsda Husayn Norchayev o'yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Navbahor klubi matbuot va media xizmati talqiniga ko'ra "Navbahor" - "Lokomotiv" (1:1) uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi - Husayn Norchayev ⭐️
Superliganing 20-turidan o'rin olgan Navbahor va Lokomotiv jamoalari o'rtasidagi bahs durang bilan yakunlandi.
Superliga. 20-tur
Navbahor 1:1 Lokomotiv
Gollar: Husayn Norchayev, 40 (1:0).
O‘zbekiston Superligasida avgust oyining eng yaxshi futbolchisi nomi ma’lum bo‘ldi. Bu nomga "So‘g‘diyona" klubi vakili Lyupcho Doriyev loyiq ko‘rildi.
Avgust oyining eng yaxshi futbolchisi — Lyupcho Doriyev (So‘g‘diyona)
O'zbekiston chempionatida avgust oyining eng yaxshi murabbiyi nomi ma'lum bo'ldi. Bu sovrin "Navbahor" ustozi Timur Kapadzega nasib etdi.
⚽ Avgust oyining eng yaxshi murabbiyi — Timur Kapadze (Navbahor)
Superliga avgust oyining eng yaxshi futbolchisi bo'lishga nomzodlar ro'yxati e'lon qilindi.
⚽️ Superliga. Avgust oyining eng yaxshi futbolchisi (nomzodlar)
🔵 Husayn Norchayev (Navbahor) — 5 o‘yin, 6 gol
⚪️ Lyupcho Doriyev (So‘g‘diyona) — 5 o‘yin, 5 gol, 3 assist
🔴 Suhrob Nurulloyev (Lokomotiv) — 5 o‘yin, 2 gol, 2 assist
🔵 Vladimir Rodich (Buxoro) — 5 o‘yin, 3 gol, 1 assist
🟢 Vladimir Yovovich (Neftchi) — 5 o‘yin, 5 assist
O'zbekiston Superligasida avgust oyining eng yaxshi murabbiyi bo'lishga nomzodlar ro'yxati e'lon qilindi.
⚽️ Superliga. Avgust oyining eng yaxshi murabbiyi (nomzodlar)
🔵 Timur Kapadze (Navbahor) — 5 o‘yin, 5 g‘alaba, to‘plar farqi 13:4
🟢 Islom Ismoilov (Neftchi) — 5 o‘yin, 3 g‘alaba, 1 durang, 1 mag‘lubiyat, to‘plar farqi 12:4
🔵 Aleksandr Xomyakov (Buxoro) — 5 o‘yin, 3 g‘alaba, 2 durang, to‘plar farqi 11:5
⚪️ Ulugʻbek Baqoyev (Soʻgʻdiyona) — 5 o‘yin, 4 g‘alaba, 1 mag‘lubiyat, to‘plar farqi 9:6
Navbahor O'zbekiston Kubogi doirasidagi bahslar natijasiga ko'ra chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Jamoamiz chorak finalda!
Navbahor klubi matbuot xizmati talqiniga ko'ra, Nasafga qarshi o'yinda Ruslanbek Jiyanov eng yaxshi futbolchi deb topildi.
Navbahor klubi matbuot va media xizmati talqiniga ko'ra, Navbahor - Nasaf (1:0) uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi - Ruslanbek Jiyanov ⭐️
Navbahor bosh murabbiyi Timur Kapadze Mash'al ustidan qozonilgan g'alaba va jamoaning ikkinchi davradagi o'yini haqida fikr bildirdi.
"Muxlislarni tabriklayman. Mash'alning hozirgi kundagi holati yaxshi emas, afsuski. O'yinda kerakli vaziyatlardan foydalanib g'alaba qozondik. Oldinda yana bir muhim o'yin bor. Mash'alga keyingi o'yinlarda omad", - deya gap boshladi Timur Kapadze.
- Bir yo'la uchta o'zgarishni amalga oshirdingiz. Ushbu o'zgarishlar o'yinga qanchalik ta'sir qildi deb o'ylaysiz?
- Maydonga tushgan futbolchi gol urdi-ku. Demak, o'zgarish ish berdi. Har bir futbolchimiz asosiy tarkibda o'ynashga munosib. Asosiysi jamoa g'alabasi, kim qancha o'ynashida emas.
- Joel Kojo qaydnomaga kiritilmadi?
- U shamollab qoldi.
- Navbahor ikkinchi davrada "Robin Gud" bo'lishni to'xtatdi degan fikrga qo'shilasizmi?
- Bunday fikrni birinchi marta sizdan eshityapman. Biz har bir o'yinga g'alabani maqsad qilib tushamiz. Hech qaysi bir o'yin oson emas. Har bir o'yinda maksimal ochko to'plashga harakat qilyapmiz. Mavsum yakunidan so'ng bizni "Robin Gud"mi yoki boshqa nom berasiz.
«Lokomotiv» bosh murabbiyi Mirko Yelichich «Bunyodkor»ga qarshi o‘yindan so‘ng jamoasidagi tajribali futbolchilar, Jasur Yaxshiboyev va Temurxo‘ja Abduxoliqov haqida gapirdi.
Mirko Yelichich: «Bu uchrashuvning oson o‘tmasligini oldindan bilardik. Ayrim paytlarda raqiblar bizdan ustunlik qilishdi. Klubdagi bunday qiyin holatda ular o‘z ishlarini yaxshi qilishayotganligi yaxshi holat. Klub bunday sifatli futbolchilarni saqlab qolishayotganligi yoqimli. Biroq ishlarning o‘xshayotgani yoki o‘xshamayotganini baholash juda og‘ir. Hisobning 4:1 bo‘lib ketganligi o‘yinning darajasini ko‘rsata olmaydi. «Bunyodkor»ning bunday qiyin holatda yaxshi kurash taklif qilganidan xursandman».
— O‘tgan 3 o‘yinda Nikita Shevchenko «Lokomotiv» darvozasini qo‘riqladi. Bugungi uchrashuvda ham uni darvozaga qo‘yishni o‘ylab ko‘rdingizmi?
«Nikitada ham o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun vaqt bo‘lgani yaxshi holat. Biroq ayni damda Aleksey Kozlov — jamoaning asosiy darvozaboni. Hudo xohlasa zaxiradagi ikkala darvozabonimizga ham yil oxiriga qadar imkoniyat bermoqchimiz».
— Mavsum boshida «Lokomotiv» yoshi katta futbolchilarni tarkibiga qo‘shib olganini muxlislar tanqid qilishgandi. Lekin hozir natijani shu futbolchilar qilib berishmoqda. Yoshi katta futbolchilarning jamoadagi o‘rni qanday?
«Bu tajribali futbolchilarni, ularning sifatini biz avvaldan bilardik. Agarda jamoaga keladigan futbolchilarning nimalarga qodirligini, qanday xarakterga ega ekanligini bilsangiz, ular bilan nimalar qila olishingizni oldindan tasavvur qila olasiz. Tarkibimizga yaxshi futbolchilar, yaxshi insonlar kelishgan. Futbolchi bilan to‘g‘ri ishlasangiz, hech qanday munozaralar bo‘lmaydi. Siz unga qanday mashg‘ulot bersangiz, o‘yinda shunday mevasini olasiz. Futbolchi o‘zini professional tutib, har tomonlama o‘ziga qarasa, 40 yoshgacha ham futbol o‘ynay olishadi. Bu yigitlar o‘zlarini professional kabi tutishmoqda. Yana bir zo‘r tomoni shundaki, tarkibdagi yosh futbolchilar bu tajribali insonlardan ko‘p narsalarni olishadi».
— «Lokomotiv» ayrim o‘yinlarda 4 himoyachi, ba’zilarida esa 5 himoyachi bilan o‘ynamoqda. Sizning o‘yin uslubingiz qanday?
«Menga ikkalasi ham ma’qul. Murabbiylik faoliyatimning katta qismi 4 himoyachili uslub bilan o‘tgan. Agarda faqatgina bir xil sxemada o‘ynayversangiz boshqa murabbiylar sizni o‘qib olishadi. Men buni ushbu mavsumda o‘zgartirishga harakat qildim, biroq bu bizning o‘yin uslubimizga mos emasligini aytishdi. Shu orqali 5 himoyachili uslubni olib tashladim. Biz yaxshi mehnat qilyapmiz va istalgan paytda sxemalarni o‘zgartira olamiz. Umuman olganda bu tarkibdagi futbolchilarning sifatiga bog‘liq. Masalan tarkibingizda Aleksandar Shushnyar kabi himoyachi bo‘lsa, markaziy himoyaga katta kuch qo‘shiladi va 4 himoyachili taktikada o‘ynasa bo‘ladi. Bu raqibning o‘yin uslubiga, ularning qurayotgan jamoasiga, futbolchilarning sifatiga ham borib taqaladi».
— Ketma-ket ikkinchi o‘yinda gol urgan Jasur Yaxshiboyev haqida nima deya olasiz?
«U xavfli futbolchi, o‘zgacha sifatlari bor. Mashg‘ulotlar davomida uni ochib borishga harakat qilyapmiz. Ayrim vaziyatlarda unga hech narsa kerak emasligi, o‘zi holatlardan chiqib ketayotganligini ko‘ryapmiz, ba’zi paytlarda esa muhim sifatlar yetishmayotgani sezilmoqda. Umumiy olib qarasak, u jamoaga katta yordam beryapti».
— Temurxo‘ja Abduxoliqovning jamoa bilan bo‘lishi qanchalik muhim?
«Hozir unga og‘ir. Oilasi bilan ham bu borada gaplashdik. Endi sekinlik bilan bu holatdan chiqib ketish kerak. Biz bundan og‘ir holatni tasavvur ham qila olmaymiz. Temurxo‘jaga rahmat aytaman, u shu holatdan chiqib ketish uchun harakat qilmoqda. O‘z navbatida biz ham unga yordam berish uchun qo‘limizdan kelganini qilyapmiz. Ammo barchasi uning o‘ziga bog‘liq. Umid qilamanki, bundan keyin u oldingidek jamoaga yordam beradi».
O'zbekiston Superligasining 19-turidan o'rin olgan uchrashuvlar yakunlandi. "Lokomotiv" yirik hisobda g'alaba qozondi, "Navbahor" esa safarda zafar quchdi.
⚽ Superliga. 19-tur
QIZILQUM 0:0 NASAF
LOKOMOTIV 4:1 BUNYODKOR
Shodiyor Shodiboyev, 6 (1:0), Sardor Mirzayev, 36 (2:0), Jasur Yaxshiboyev, 43 (3:0), Sardor Rahmonov, 61 penalti (3:1), Suhrob Nurulloyev, 70 (4:1)
MASH'AL 0:2 NAVBAHOR
Jasurbek Jaloliddinov, 20 (0:1), Shohruhbek Abdurahmonov, 68 (0:2)
Superliga 18-tur yakunlariga ko'ra, turning ramziy terma jamoasi tarkibi ma'lum bo'ldi.
Superliga 18-tur yakunlariga ko'ra, turning ramziy terma jamoasi tarkibi ma'lum bo'ldi.
O'zbekiston Superligasining 18-turidan o'rin olgan Navbahor va Nasaf jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yakunlandi.
⚽️ Superliga. 18-tur
Navbahor 1:0 Nasaf
«Buxoro» jamoasining yangi futbolchisi Quvondiq Ro’ziyev debyut o’yini, jamoaga moslashish va mavsumdagi maqsadlar haqida intervyu berdi.
«Buxoro» jamoasi tarkibiga yaqinda kelib qo’shilgan tajribali futbolchi Quvondiq Ro’ziyev kecha debyut uchrashuvini o’tkazib, o’z hisobiga assist yozdirib qo’ydi. Mahoratli futbolchi klub matbuot xizmatiga intervyu berib, dastlabki taassurotlari bilan o’rtoqlashdi.
– Quvondiq aka, avvalambor «Buxoro» tarkibidagi debyut uchrashuvingiz va qo’lga kiritilgan ishonchli g’alaba bilan tabriklaymiz! Birinchi o’yiningizda chiroyli assistni amalga oshirdingiz. Dastlabki taassurotlaringiz qanday?
– Avvalambor Buxoro ahlini muhim g’alaba bilan tabriklayman. Barcha futbolchilar murabbiylarimiz ko’rsatmalarini astoydil bajarishga harakat qildi va o’ylagan rejalarimiz amalga oshdi. O’yin oxirigacha sabr qildik va ijobiy natijani qo’lga kiritdik. Debyut uchrashuvimda jamoam g’alabasiga hissa qo’shganimdan xursandman.
– Jamoamiz tarkibiga kelib qo’shilganingizga hali ko’p bo’lmadi, moslashish jarayonlari qanday kechmoqda?
– Jamoaga asta-sekin moslashyapman. Bu yerda ham oldin bir jamoada harakat qilgan bir nechta do’stlarim bor. Ko’rinib turibdi, jamoamiz juda ahil va yaxshi kollektiv yig’ilgan, shu sababli moslashish jarayoni oson kechmoqda.
– «Buxoro» jamoasiga transfer oynasining so’nggi kunida kelib qo’shildingiz. Jamoamizga kelish varianti qanday paydo bo’ldi? Qaror qabul qilishda nimalar muhim bo’ldi?
– Jamoaga kelishimga direktorimiz Shavkat Salomovning hissasi katta bo’ldi. Murabbiy meni o’z jamoasida ko’rishni xohlashini tushuntirdi. Shu sababli jamoaning ko’rsatayotgan o’yini va turnir jadvalidagi o’rnidan kelib chiqib, «Buxoro» taklifini o’ylab o’tirmasdan qabul qildim.
– Ayni vaqtda «Buxoro» jamoasi musobaqa jadvalida kuchli uchlikda bormoqda. Jamoaning potensialini qanday baholaysiz?
– Jamoamizning yuqori uchlikda turishi to’satdan bo’lib qolgani yo’q. Buning tagida katta mehnat bor, nafaqat futbolchilar, murabbiylar, butun rahbariyat, hammaning mehnati yotibdi. Shu sababli hozirgi kunda Superligada yuqori o’rinlarda bo’lish men o’ylaymanki, ajoyib natija. Chunki «Navbahor», «OKMK», «Nasaf» kabi kuchli jamoalar bilan qizg’in kurash kechmoqda va bu oxirigacha davom etsa kerak.
– Keyingi turda sobiq jamoangiz «Neftchi» klubiga qarshi maydonga tushamiz. Mazkur bellashuvdan nimalar kutyapsiz?
– Albatta, amaldagi chempionlarga qarshi o’ynash har doim qiziq bo’ladi. Menimcha, o’yin kuni muxlislar stadionni to’ldirishadi. Tabiiyki, biz muxlislar qarshisida har doim g’alaba uchun to’p suramiz. Muxlislar qo’llab-quvvatlashi bizga qo’shimcha kuch bag’ishlaydi. Shu sababli g’alaba qozonish uchun bizda imkoniyat bor deb o’ylayman va buning uchun maydonda bor kuchimizni ishga solamiz.
– Buxorolik muxlislar mavsum davomida sizdan ko’p narsa kutishadi. Boisi jamoamiz tarkibidagi eng tajribali futbolchilardan biri siz…
– Buni juda yaxshi his qilib turibman. Jamoaga yordam berish uchun kelganman. Bu har bir futbolchining vazifasi deb o’ylayman. Jamoa chempionat oxirida kuchli uchlikdan joy olishi uchun bor kuchim bilan harakat qilaman. Muxlislar ishonchi uchun katta rahmat aytib qolaman.
«Navbahor» klubi Muhammadqodir Hamraliyevni oʻz safiga qoʻshib oldi.
«Navbahor» klubi Muhammadqodir Hamraliyevni oʻz safiga qoʻshib oldi. 🔵
Tajribali yarim himoyachi Quvondiq Ro'ziyev transfer oynasining so'nggi kunida “Buxoro” jamoasi bilan shartnoma imzoladi.
“Buxoro” jamoasi transfer oynasining so'nggi kunida tajribali yarim himoyachi Quvondiq Ro'ziyevni o'z safiga qo'shib oldi. ✅
Birinchi davrada “Navbahor” safida to'p surgan futbolchi “Buxoro” bilan shartnoma imzoladi.
Ma'lumot uchun, Quvondiq Ro'ziyev 1994-yilda tavallud topgan. Faoliyati davomida “Lokomotiv”, “Turon”, “Qo'qon-1912”, “Sri Pahang” (Malayziya), “Neftchi” hamda “Navbahor” kabi klublar safida to'p surgan. Ro'ziyev futbolchilik faoliyatida 300 dan ortiq rasmiy bellashuvlarda maydonga tushgan.
Klub rahbariyati va murabbiylar shtabi Quvondiq Ro'ziyevning ulkan tajribasi va mahoratiga, yangi marralarni zabt etishda, hal qiluvchi pallalarda ishonchli o'yin ko'rsatib, jamoaning g'alabalari va yutuqlarini mustahkamlashda muhim rol o'ynashiga ishonch bildiradi.
“Buxoro” ahil oilasiga xush kelibsan, Quvondiq! 🔵
Tajribali yarim himoyachi Quvondiq Ro'ziyev "Navbahor" klubi bilan xayrlashdi. Futbolchi joriy mavsumda Superligada 13 ta o'yinda maydonga tushgandi.
✔️ Quvondiq Ro'ziyev jamoamizni tark etdi
Jamoamiz safini 31 yoshli tajribali yarim himoyachi Quvondiq Ro'ziyev tark etdi. “Lochinlar” tarkibiga 4 yillik tanaffusdan so'ng, bu yil yana qo'shilgan tajribali futbolchi joriy mavsumda jamoamiz tarkibida Superliga doirasidagi 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, 614 daqiqa harakat qilgan.
Biz jamoamiz safida o'tkazgan o'yinlari uchun Quvondiq Ro'ziyevga minnatdorchilik bildirib, uning kelgusi faoliyatida omad va zafarlar tilab qolamiz.
🔵 "Navbahor" PFK matbuot xizmati.
O'zbekiston Professional futbol ligasi Navbahor va BuxDU klublariga nisbatan transfer taqiqi qo'yilganini ma'lum qildi.
Navbahor va BuxDU jamoalariga transfer taqiqi qo'yildi.
O‘zbekiston professional futbol ligasi Ustavining yangi tahriri 100 foiz ovozi bilan tasdiqlandi.
O‘zbekiston professional futbol ligasi Ustavining yangi tahriri 100 foiz ovozi bilan tasdiqlandi.
O‘zbekiston kubogi doirasidagi 1/8 final uchrashuvlari o‘z yakuniga yetdi.
O‘zbekiston kubogi. 1/8 final bahslari ortda qoldi
Championat.asia va Transfermarkt talqiniga ko'ra, Aleksandr Xomyakov avgust oyining eng yaxshi murabbiyi, Vladimir Rodich va Husayn Norchaev eng yaxshi futbolchi.
Championat.asia hamda Transfermarkt nashri talqiniga ko’ra Superligada avgust oyining eng yaxshilari deb topildi.
Ikki sayt hamkorligi doirasida Superliganing avgust oyidagi eng yaxshi murabbiyi va eng yaxshi futbolchisi aniqlandi. Avgust oyida Superliganing eng yaxshi murabbiyi Aleksandr Xomyakov bo'ldi. Uning boshchiligida Buxoro 5 ta o'yinda 3 ta g'alabaga erishdi (jumladan, O'zbekistonning amaldagi chempioni Neftchi ustidan 4:1 hisobida), shuningdek, safarda Paxtakor bilan durang o'ynadi (o'yin davomida 0:2 hisobida ortda qolib, 2:2). Xomyakov 44% ovoz to'pladi.
⚽ Superligada oyning eng yaxshi futbolchisi deb bir vaqtning o'zida ikki o'yinchi tan olindi: Buxoro vingeri Vladimir Rodich va Navbahor hujumchisi Husayn Norchaev 28 foizdan ovoz yig'ishdi. Rodich hisobida 5 ta o'yinda gol+pas tizimi bo'yicha 3+1 ochko bor, ular orasida Paxtakorga urilgan gol va Neftchiga qarshi g'alabali o'yindagi ikkita samarali harakat (bitta gol va bitta assist) mavjud.
O'zbekiston kubogi 1/8 final bosqichida Navbahor Nasafni mag'lub etib, keyingi bosqichga yo'l oldi. Hal qiluvchi gol Ruslanbek Jiyanov hisobiga yozildi.
O'zbekiston kubogi. 1/8 final
Navbahor 1:0 Nasaf
Gol: Ruslanbek Jiyanov, 90+2 (1:0)
Superliga 19-turidan o'rin olgan "Mash'al" - "Navbahor" (0:2) uchrashuvidan so'ng muborakliklar ustozi Sergey Lushchan o'z fikrlarini bildirdi.
Superliga 19-turidan o'rin olgan "Mash'al" - "Navbahor" (0:2) uchrashuvidan so'ng muborakliklar ustozi Sergey Lushchan o'yindan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Sergey Lushchan: "Keyingi o'yindan oldin parallel ravishda Pro-Ligaga tayyorgarlik ko'ramiz. Boshqa variantimiz ham yo'q"
Superliga 2026 19-turidan o'rin olgan Mash'al va Navbahor bahsida mehmonlar minimal hisobda g'alaba qozonishdi.
Superliga 2026, 19-tur.
Mash'al 0:1 Navbahor
Gol: Jaloliddinov, 20
Superliga 18-tur yakunlariga ko'ra, turning eng yaxshi futbolchilaridan iborat ramziy terma jamoa tarkibi ma'lum bo'ldi.
Superliga 18-tur yakunlariga ko'ra, turning eng yaxshi futbolchilaridan iborat ramziy terma jamoa tarkibi ma'lum bo'ldi.
Navbahor - Nasaf uchrashuvi joriy mavsumdagi eng yuqori tashrifot qayd etilgan o'yin bo'ldi. Stadionga 19 540 nafar muxlis tashrif buyurdi.
Navbahor - Nasaf o'yinini tomosha qilish uchun 19 540 nafar muxlis tashrif buyurdi.
Bu Superliganing joriy mavsumidagi eng yaxshi natija hisoblanadi.
O'zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Muhammadqodir Hamraliyev «Navbahor» bilan shartnoma imzoladi.
✔️ Muhammadqodir Hamraliyev – «Navbahor» futbolchisi!
O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi Muhammadqodir Hamraliyev jamoamiz bilan shartnoma imzoladi.
Ushbu futbolchi 2001-yil 6-iyul kuni Farg'ona shahrida tug‘ilgan. Ampluasi – himoyachi.
Faoliyati davomida «Dinamo» (Samarqand, 2020-2021-yillar), «Olimpik» (Toshkent, 2022-yil) jamoalarida o'ynagan, 2023-yildan buyon «Paxtakor» (Toshkent) safida o'ynayotgandi.
Bundan tashqari, Muhammadqodir Hamraliyev O'zbekiston U-23 (2021-2024) terma jamoasi tarkibida maydonga tushgan va 2023-yildan buyon O'zbekiston milliy terma jamoamiz a'zosi sanaladi.
Muhammadqodir Hamraliyevga «Navbahor» tarkibida yorqin o‘yinlar namoyish etib, «lochinlar»ning zafarlariga o‘zining munosib hissasini qo‘shishiga tilakdoshmiz.
Jamoamizda xush ko'rdik, Muhammadqodir!
🔵 «Navbahor» PFK matbuot xizmati.
Navbahor klubi yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha taqiqdan xalos bo‘ldi.
Navbahor klubidan yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish taqiqi olib tashlandi.
Yarim himoyachi Quvondiq Ro'ziyev Navbahor klubi bilan shartnomasini bekor qildi.
Quvondiq Ro'ziyev Navbahor klubi bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qildi.
Fikr qoldirish va reaksiya uchun tizimga kiring.