Barchasi Transfer Matbuot Natijalar Umumiy ↔ Bog'langan

FIFA yangiliklari Umumiy

FIFA

Millatlar ligasi: Niderlandiya chorak finalda Portugaliya bilan to'qnash keladi

Millatlar ligasi: Niderlandiya chorak finalda Portugaliya bilan to'qnash keladi

Millatlar ligasi 1/4 final bosqichiga qur'a tashlandi. Niderlandiya terma jamoasi Portugaliya bilan kuch sinashadi.

Millatlar ligasi 1/4 final bosqichiga qur'a tashlandi! Niderlandiya terma jamoasi Portugaliya terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

Dastlabki o'yinlar 25-27 mart kunlari, javob o'yinlari esa 28-30 mart kunlari bo'lib o'tadi.

Germaniya milliy jamoasi Millatlar ligasi chorak finalida Belgiyaga qarshi o'ynaydi

Germaniya milliy jamoasi Millatlar ligasi chorak finalida Belgiyaga qarshi o'ynaydi

Germaniya terma jamoasi UEFA Millatlar ligasi chorak finalida Belgiyaga qarshi maydonga tushadi. O'yinlar mart oyida bo'lib o'tadi.

✔️ RASMAN: Germaniya terma jamoasi UEFA Millatlar ligasi chorak finalida Belgiyaga qarshi bahs olib boradi.

• Birinchi o'yin: 25-mart kuni Belgiyada

• Javob o'yini: 30-mart kuni Germaniyada

FIFA

Ispaniya va Fransiya terma jamoalari o'rtasidagi bahs «Mestalya»da o'tadi

Ispaniya va Fransiya terma jamoalari o'rtasidagi bahs «Mestalya»da o'tadi

Millatlar ligasi chorak finali doirasidagi Ispaniya va Fransiya terma jamoalari o'rtasidagi bahs «Mestalya» stadionida o'tkaziladigan bo'ldi.

Ispaniya va Fransiya terma jamoalari o'rtasidagi Millatlar ligasi chorak final uchrashuvi afsonaviy «Mestalya» stadionida bo'lib o'tadi!

Shu tariqa, ispanlar uzoq yillar davomida «Valensiya» uyi bo'lgan va butun mamlakat futbol tarixining bir qismiga aylangan kult stadion bilan munosib xayrlashmoqchi.

Birinchi uchrashuv — 25 mart, javob o'yini — 30 mart sanasiga belgilangan.

Daichi Kamada Yaponiya terma jamoasi ixtiyorini tark etdi

Daichi Kamada Yaponiya terma jamoasi ixtiyorini tark etdi

Daichi Kamada klub majburiyatlari tufayli Yaponiya terma jamoasi yig'inini muddatidan avval tark etdi.

Daichi Kamada 17-noyabr kuni Paragvayga qarshi o'yin oldidan "klub majburiyatlari" tufayli Yaponiya terma jamoasi ixtiyorini muddatidan avval tark etdi. 👀

Yaponiya milliy terma jamoasi buni tasdiqladi. ✅

O‘FA rahbariyati ayollar milliy terma jamoasi bilan uchrashdi

O‘FA rahbariyati ayollar milliy terma jamoasi bilan uchrashdi

O‘FA rahbariyati Jahon chempionati saralashi oldidan O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi bilan uchrashdi.

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi 2027-yilda Braziliyada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun Marokashda tashkil etiladigan pley-off turnirida ishtirok etadi. Jamoamiz mazkur musobaqada Papua-Yangi Gvineya, Gana va Janubiy Afrika Respublikasi terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Bugun O‘FA rahbariyati terma jamoamiz a’zolari bilan uchrashdi. Suhbat davomida jamoa oldida turgan muhim musobaqa, so‘nggi yillarda mamlakatimizda ayollar futbolini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda terma jamoa oldiga qo‘yilgan asosiy maqsadlar muhokama qilindi.

Shuningdek, terma jamoaning xalqaro maydondagi nufuzini yanada oshirish, tarixiy natijaga erishish va Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritish muhim vazifa ekani ta’kidlandi. Futbolchilarga xalqaro maydonda mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilish yo‘lida omad va muvaffaqiyatlar tilandi.

Jamoamiz turnirdagi ishtirokini 28-noyabr kuni Papua-Yangi Gvineya terma jamoasiga qarshi bahs bilan boshlaydi.