Pape Matar Sarrga "Al-Ahli" qiziqish bildirmoqda. "Tottenxem" munosib taklif bo'lsa, futbolchini sotishga tayyor.
🚨 Pape Matar Sarrga "Al-Ahli" jamoasi qiziqish bildirmoqda. 👀
"Tottenxem" agar munosib taklif tushsa, senegallik futbolchini qo'yib yuborishga tayyor. Avvalroq Sarrga "Brentford", "Aston Villa" va boshqa Yevropa klublari ham qiziqish bildirgan edi. 💰
Sizningcha, "shporlar" Sarr evaziga qancha mablag' ishlab olishi mumkin? 🤷♂️
Mattias Yayssle Pyer-Emil Xoybyerni o'z jamoasiga qo'shib olmoqchi. Craig Hope xabariga ko'ra, futbolchining transferi bo'yicha muzokaralar davom etmoqda.
🚨 Mattias Yayssle Pyer-Emil Xoybyerni o'z jamoasiga qo'shib olmoqchi.
Craig Hope xabariga ko'ra, daniyalik futbolchining transferi bo'yicha «Marsel» bilan muzokaralar yaqin kunlarda oldinga siljishi kutilmoqda.
Sacha Tavolieri xabariga ko'ra, «Aston Villa» braziliyalik himoyachi Rojer Ibanesni o'z safiga qo'shib olishga urinib ko'rmoqchi.
Sacha Tavolieri xabariga ko'ra, «Aston Villa» braziliyalik himoyachi Rojer Ibanesni o'z safiga qo'shib olishga urinib ko'rmoqchi.
Braziliyalik futbolchi APLning bir qator klublari, jumladan «Aston Villa» qiziqishi sababli «Al-Ahli» bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralarni to'xtatib qo'ydi.
Mattias Yayssle "Nyukasl" bilan to'rt yillik shartnoma imzolash arafasida. Ben Jacobs xabariga ko'ra, transfer qiymati 9 million funtni tashkil qilishi mumkin.
🚨 "Al-Ahli" va "Nyukasl" Mattias Yaysslening transferi bo'yicha hujjatlarni rasmiylashtirishni yakunlamoqda.
Nemis mutaxassisi ingliz klubi bilan to'rt yillik shartnoma imzolaydi.
Ben Jacobs xabariga ko'ra, Yayssle uchun tovon puli taxminan 9 million funt sterlingni tashkil qiladi. Biroq, yakuniy to'lov miqdori yuqoriroq bo'lishi mumkin, chunki murabbiy bilan birga uning shtabidagi bir nechta a'zolar ham "Nyukasl"ga o'tishi kutilmoqda. Ularning "Al-Ahli"dan ketishi hozircha muzokaralar mavzusi bo'lib qolmoqda.
Fabrizio Romano xabariga ko'ra, Nyukasl Matthias Jaissleni bosh murabbiy etib tayinlash uchun Al-Ahli klubiga 11 million yevro tovon puli to'laydi.
Fabrizio Romano xabariga ko'ra, Nyukasl klubi Matthias Jaissleni bosh murabbiy etib tayinlash uchun Al-Ahli klubiga 11 million yevro tovon puli to'laydi.
Nemis mutaxassisi 2030-yilning iyuniga qadar mo'ljallangan shartnomani imzolaydi. U shanba kuni klub qarorgohiga yetib kelishi va Nyukaslning yangi bosh murabbiyi sifatida rasman tanishtirilishi kutilmoqda.
Roma Manu Kone ketishi mumkinligini inobatga olib, o'rniga yangi yarim himoyachilarni qidirmoqda. Lorentso Kanichchio xabariga ko'ra, nomzodlar orasida Atangana bor.
"Roma" klubi "Manchester Yunayted" qiziqishlari doirasida bo'lgan Manu Kone uchun o'rinbosar izlashni boshladi.
Jurnalist Lorentso Kanichchio xabariga ko'ra, "jallorossilar" ayni damda "Al-Ahli" safida to'p surayotgan va Yevropa futboliga qaytishni istayotgan yarim himoyachi Valentin Atanganani kuzatishmoqda. Shuningdek, klub "Sanderlend" futbolchisi Xabib Diarra nomzodini ham o'rganmoqda.
Ben Jeykobsning so'zlariga ko'ra, «Manchester Yunayted» yozgi transfer oynasida chap qanot himoyachisini kuchaytirishni ustuvor vazifa deb bilmoqda.
Ben Jeykobs xabariga ko'ra:
«Manchester Yunayted» chap qanot himoyachisini sotib olishga chap qanot vingerini jalb qilishdan ko'ra ko'proq moyil. Klub markaziy himoyachilar masalasini yozgi transferlar uchun ustuvor vazifa deb hisoblamaydi, faqat Garri Maguayrga o'rinbosar topish istagi bundan mustasno.
Sky Sports jurnalisti Deniel Xan xabariga ko'ra, «Manchester Yunayted» yarim himoyani kuchaytirish uchun Manu Kone va Karlos Baleba nomzodlarini ko'rib chiqmoqda.
🗣️ Sky Sports jurnalisti Deniel Xan xabariga ko'ra:
Manu Kone va Karlos Baleba «Manchester Yunayted» tarkibiga qo'shib olinishi mumkin bo'lgan asosiy nomzodlar qatorida turibdi.
Klub Baleba bilan bog'liq qiziqishni yana faollashtirdi, biroq tomonlar o'rtasida hali rasmiy muzokaralar boshlangani yo'q.
«Manchester Yunayted» yakuniy qarorga kelishga shoshilmayapti, chunki jamoa boshqa pozitsiyalarni ham kuchaytirish variantlarini ko'rib chiqmoqda.
«Al-Ahli» «Roma» yarim himoyachisi Manu Konega qiziqish bildirmoqda. Futbolchi uchun «Manchester Yunayted» ham da'vogarlik qilmoqda.
Sky Sport CH xabariga ko'ra, Saudiya Arabistoni klubi «Roma» bilan bog'lanib, futbolchining transfer shartlari va narxi bilan qiziqdi. Bu qiziqish Kone Fransiya terma jamoasi safida ko'rsatgan o'yinlaridan so'ng paydo bo'ldi.
Biroq raqobat juda yuqori. «Manchester Yunayted» hamon yarim himoyachi uchun kurashmoqda. Ayni damda Kone Premer-liga loyihasini afzal ko'rmoqda, ammo Saudiya Arabistoniga o'tish variantini ham butunlay inkor etmayapti. Shu bois, vaziyat ochiq qolmoqda va tez orada o'zgarishi mumkin. «Al-Ahli» dastlabki aloqalarni o'rnatdi, «Roma» esa takliflarni ko'rib chiqishga tayyor.
FR12 xabariga ko'ra, "Komo", "Parij" va "Sanderlend" klublari "Feyenoord" vingeri Anis Xoj Mussaga qiziqish bildirmoqda.
FR12 xabariga ko'ra, "Komo", "Parij" va "Sanderlend" klublari yaqinda "Feyenoord"ga Anis Xoj Mussa borasida murojaat qilishgan.
Hozircha ushbu uchta klubdan hech biri 24 yoshli vinger uchun rasmiy taklif bilan chiqmagan. "Feyenoord" futbolchini taxminan 37 million yevroga baholamoqda.
Yagiz Sabunjuo'g'li ma'lumotiga ko'ra, Leandro Trossard "Beshiktosh" bilan 3 yillik shartnoma shartlarini kelishib oldi.
Yagiz Sabunjuo'g'li xabariga ko'ra, "Beshiktosh" Leandro Trossard bilan 3 yillik shartnoma borasida kelishuvga erishdi. Kelishuv yana 1 yilga uzaytirish imkoniyati bilan tuzilgan.
Futbolchining yillik maoshi 8 million yevroni tashkil etadi va bunga bonuslar ham qo'shiladi. U kelasi hafta Istanbulga yetib keladi.
"Nyukasl" "Marsel" yarim himoyachisi Pyer-Emil Xoybyergga qiziqish bildirmoqda. Daniyalik futbolchi klubning qisqa ro'yxatiga kiritilgan.
🚨 "Nyukasl" "Marsel" yarim himoyachisi Pyer-Emil Xoybyergga qiziqish bildirmoqda.
Daniyalik futbolchi "qarg'alar"ning qisqa ro'yxatidan joy olgan. Sport direktori Ross Uilson Bruno Gimarays ketganidan so'ng, maydon markazini tajribali futbolchi bilan kuchaytirmoqchi.
«Nyukasl» «Al-Ahli» bosh murabbiyi Mattias Yayssleni o'z safiga qo'shib olmoqchi. Ben Jacobs xabariga ko'ra, tomonlar o'rtasida og'zaki kelishuv bor.
🚨 «Nyukasl» «Al-Ahli» bosh murabbiyi Mattias Yayssleni o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirmoqda. Klub bu borada Saudiya Arabistoni jamoasini yozma ravishda xabardor qildi.
Saudiya klubi ushbu transfer evaziga taxminan 10 million yevro miqdorida kompensatsiya oladi.
«Al-Ahli» rahbariyati mutaxassisning qaroridan hayratda qoldi, chunki yoz davomida yangi mavsum uchun barcha rejalar aynan Yayssle bilan bog'liq holda tuzilgandi. Nemis murabbiyi yozgi transferlar kampaniyasida faol ishtirok etgan, shuningdek, Riyod Mahrez va Frenk Kessie bilan xayrlashish borasida qarorlar qabul qilgan edi.
Yayssle «Nyukasl» bilan og'zaki kelishuvga erishgan va «Al-Ahli» rahbariyatiga klubdan ketish istagi borligini ma'lum qilgan.
Bitim yaqin kunlar ichida rasmiylashtirilishi kutilmoqda. Shu bilan birga, «Al-Ahli» Yayssle boshlab bergan loyihani davom ettirish uchun yangi bosh murabbiy nomzodlarini ko'rib chiqishni boshlab yubordi.
Arne Slot "Al-Ahli" taklifini rad etdi. Niderlandiyalik murabbiy Yevropada ishlashni afzal ko'rmoqda.
Lewis Steele xabariga ko'ra, "Al-Ahli" "Nyukasl" bilan muzokaralar olib borayotgan Mattias Yayssle fonida Arne Slotga murojaat qildi, ammo niderlandiyalik murabbiy taklifni rad etdi.
Mutaxassisning ustuvor maqsadi Yevropada klub darajasidagi faoliyatini davom ettirish hisoblanadi.
Eddi Xou "Nyukasl"dan ketishga qaror qildi. Klub uning o'rniga Mattias Yaysl nomzodini ko'rib chiqmoqda.
Ben Jacobs xabariga ko'ra, Eddi Xou bir necha hafta avval "Nyukasl" rahbariyatiga ketish istagi borligini ma'lum qilgan, biroq o'rniga yangi murabbiy topilgunga qadar ishlashga rozi bo'lgan.
Xou bu qarorni osonlikcha qabul qilmadi. Bu qisman klubdagi shov-shuvli ketishlar bilan bog'liq. Xou Entoni Gordon va Sandro Tonali jamoani tark etishidan oldin ham sotuvlar bo'lishini bilar edi.
Xou o'rniga "Al-Ahli" bosh murabbiyi Mattias Yaysl nomzodi ko'rib chiqilmoqda.
Shuningdek, Bruno Gimaraysning "Arsenal"ga o'tishi bo'yicha muzokaralar tezlashishi ehtimoli mavjud.
Sporting Feyenoord vingeri Anis Xoj-Mussani o'z safiga qo'shib olmoqchi. Santi Auna xabariga ko'ra, klub transfer bo'yicha dastlabki qadamlarni tashladi.
Sportingning Anis Xoj-Mussaga bo'lgan qiziqishi tahmin qilinganidan ham jiddiyroq.
Santi Auna xabariga ko'ra, Portugaliya klubi Feyenoord vingerini asosiy nishon deb biladi va transfer bo'yicha dastlabki qadamlarni tashlab ulgurgan.
Avvalroq, Al-Ahli Feyenoord futbolchi uchun 37 million yevro talab qilayotganini bilganidan so'ng, ushbu kelishuvdan voz kechgan edi.
Roma Tresoldi transferi bo'yicha Bryugge bilan muzokaralar olib bormoqda. Belgiya klubi 35 million yevrolik taklifni rad etdi.
Il Tempo nashri jurnalistlari Filippo Biafora va Lorentso Pes xabariga ko'ra, Roma Tresoldi transferi bo'yicha Bryugge bilan muzokaralar olib bormoqda.
Tresoldi Italiya klubiga o'tish istagini bildirgan, biroq Bryugge yuqori moliyaviy talablar qo'yishda davom etmoqda.
Sacha Tavolieri ma'lumotiga ko'ra, Roma Tresoldini qo'lga kiritishga intilmoqda va Bryugge bilan muzokaralarni davom ettirmoqda. Biroq Belgiya klubi futbolchiga katta umid bog'lagan: ular allaqachon 35 million yevrolik taklifni rad etishgan va o'yinchini sotilmaydigan deb hisoblashmoqda.
Corriere dello Sport nashrining yozishicha, «Manchester Yunayted» Manu Kone transferi bo'yicha muzokaralarda yetakchilik qilmoqda.
Corriere dello Sport xabariga ko'ra, «Manchester Yunayted» Manu Kone transferi bo'yicha muzokaralarda ancha ilgarilab ketgan. Klub futbolchining vakillari bilan doimiy aloqada bo'lib turibdi va taxminan 50 million yevro taklif qilishi mumkin. Biroq «Roma» ko'proq mablag' ishlab olishni ko'zlamoqda va auksion uyushtirishga umid qilmoqda.
Shuningdek, «Al-Ahli» ham fransiyalik futbolchini o'z safiga qo'shib olishga urinmoqda. Klub allaqachon «Roma» va o'yinchi agentlari bilan dastlabki aloqalarni o'rnatgan. «Chelsi» va «Atletiko Madrid» esa hozircha vaziyatni kuzatishda davom etmoqda.
Fabrisio Romanoning xabar berishicha, Manchester United hali uchinchi yarim himoyachini transfer qilish uchun byudjetni tasdiqlamadi.
Fabrisio Romano xabariga ko'ra:
Manchester United hozircha uchinchi yarim himoyachini sotib olish uchun qancha mablag' ajratishga tayyorligini aniqlab olgani yo'q.
Klubda byudjet bo'yicha yakuniy qaror qabul qilingach va asosiy transfer maqsadi tasdiqlangach, rahbariyat darhol uni tarkibga qo'shib olish ustida ishlashni boshlaydi.
Ben Jeykobs xabariga ko'ra, «Al-Ahli» «Fenerbaxche» bilan kelishuvga erishgan Meyson Grinvudni o'z safiga qo'shib olish uchun muzokaralar olib bormoqda.
Ben Jeykobs xabariga ko'ra, «Al-Ahli» kecha Meyson Grinvudning Turkiyaga o'tishiga to'sqinlik qilishga urindi.
«Fenerbaxche» allaqachon «Marsel» bilan prinsipial kelishuvga erishgan va futbolchining o'zi ham rozi bo'lgan deb hisoblamoqda.
Biroq, kecha «Al-Ahli» va Grinvud o'rtasida muzokaralar bo'lib o'tdi. Xabar qilinishicha, murabbiy Matias Yaysle futbolchi bilan bevosita gaplashgan.
Saudiya klubi «Fenerbaxche» bilan bitim yakuniy bosqichda ekanligini biladi, ammo baribir muzokaralarni davom ettirmoqda.